https://oz.sputniknews.uz/20210210/Markaziy-Osida-eng-yirik-USM-va-MegaFon-zbekistonda-yangi-shma-korkhona-ochishmoda-15975399.html
Markaziy Osiyoda eng yirik: USM, MegaFon va Ucell O‘zbekistonda yangi qo‘shma korxona ochmoqda
Markaziy Osiyoda eng yirik: USM, MegaFon va Ucell O‘zbekistonda yangi qo‘shma korxona ochmoqda
Sputnik O‘zbekiston
“YueSeM Telekom” va MegaFon o‘zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda Markaziy Osiyodagi eng yirik telekommunikatsiya bozorining texnologik ilg‘ori bo‘lishi kutilgan... 10.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-10T18:20+0500
2021-02-10T18:20+0500
2021-02-10T18:40+0500
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/603/22/6032262_1:0:1199:674_1920x0_80_0_0_145b43e41e64b92aa2b12d72713679e2.jpg
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. “YueSeM Telekom” va MegaFon o‘zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda Markaziy Osiyodagi eng yirik telekommunikatsiya bozorining texnologik ilg‘ori bo‘lishi kutilgan yangi qo‘shma korxona – Digital Holding’ni tashkil etishdi. Yangi QK tarkibidan mamlakatning telekommunikatsiya bozori ilg‘ori bo‘lgan Ucell kompaniyasi hamda USM’ning O‘zbekistondagi aktivlari – CRPT Turon va ICS Holding Uzbekistan o‘rin olishdi.O‘zbekiston xukumati Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) orqali QKga Ucell telekom-operatorining 100% ulushini topshirmoqda. Rossiya tomoni Digital Holding rivojlanishi uchun 100 mln dollar miqdorida investitsiya, shu bilan birga USM’ning sho‘’ba korxonalari – CRPT Turon va ICS Holding Uzbekistan kiritmoqda.QK tarkibiga kirish uchun “YueSeM Telekom” va MegaFon “Didjital Invest” kompaniyasiga asos solishdi, unda ikki kompaniyaning ulushi 50%dan taqsimlandi. Yangi QKda «Didjital Invest” ulushi 51%, DABA ulushi 49%ga teng.Bitim doirasidagi jarayonlar 2021−yil davomida yakuniga yetadi. Digital Holding e’tiborini O‘zbekiston Respublikasida aloqa xizmatlaridan foydalanishni yanada qulayroq qilish hamda sifatini oshirish uchun xalqaro standartlarga mos keluvchi telekommunikatsiya infrastrukturasini shakllantirishga, axborot xavfsizligi va ma’lumotlarni saqlash, ba’zi turdagi tovarlar harakatini markirovkalash va kuzatib borish sohalaridagi ilg‘or texnologiya va tizimlarni tatbiq etishga qaratadi.“O‘zbekistonning raqamli xizmatlar bozorida yetakchi ishtirokchini yaratish ham MegaFon, ham MDH va Sharqiy Yevropa hududi texnologik liderni barpo etayotgan “YueSeM Telekom” strategiyalariga mos keladi. Ishonchimiz komilki, MegaFon, Salohiyatli texnologiyalarni rivojlantirish markazi va «IKS Xolding”ning raqamli loyihalarni amalga oshirishdagi ko‘p yillik ekspertizasi O‘zbekistondagi sohaning eng yirik ishtirokchisini rivojlantirishga ko‘maklashadi”, – deydi “YueSeM Telekom” bosh direktori Ivan Streshinskiy.“Raqamli xizmatlar iste’moli nuqtayi nazaridan O‘zbekiston MDHning eng salohiyatli bozorlaridan, u so‘nggi 10-yil ichida mobil aloqa abonentlarining uch baravardan ko‘p o‘sishini namoyish etgan bo‘lsada, hali hanuz to‘yinishdan yiroq. Biz 2021−yil davomida Ucell ichida jiddiy tarkibiy o‘zgarishlar qilish rejasidan yiroqmiz, ko‘proq jipslashish va Ucell’da biznes o‘sishi uchun eng yaxshi amaliyotlarni tatbiq etishga e’tiborimizni qaratamiz”, - deydi MegaFon bosh direktori Gevork Vermishan.“Ishonchim komil: yangi qo‘shma korxonaning ishga tushishi O‘zbekistonning so‘nggi yillarda shiddat bilan rivojlanayotgan raqamli xizmatlar bozoriga yangi turtki bo‘ladi va Ucell hamda uning abonentlari uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi”, - ta’kidladi O‘zbekiston vosh vazirining maslahatchisi Olimjon Umarov."YueSeM Telekom" – USM xoldingining raqamli bo‘linmasi. MegaFon telekom operatori va "IKS Xolding" AT guruhining 100 foizini nazorat qiladi. "YueSeM Telekom"ning asosiy mulkdorlari − USM (80% aksiyalar), Ivan Streshinskiy (10%) va Anton Cherepennikov (10%).MegaFon – Rossiyaning telekommunikatsiya bozorida yetakchi o‘rinlarda turuvchi raqamli imkoniyatlar milliy operatori. MegaFon Rossiya telekom bozorining barcha segmentlarida, shu bilan birga Abxaziya, Janubiy Osetiya, va Tojikistonda faoliyat yuritadi, aloqa sifatiga azaldan alohida e’tibor qaratadi va abonentlariga yuqori tezlikdagi internet taqdim etadi."IKS Xolding" – Rossiyaning ko‘ptarmoqli AT-guruhi, u YADRO, Nexign, "Sitadel", "Kriptonit" hamda "Forpost" nomli 5ta subxoldingga birlashgan 30ta kompaniyani o‘z ichiga oladi. "Iks Xolding" faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari – yirik ishlab chiqarish korxonalarini raqamli transformatsiyalash, axborot xavfsizligi, ma’lumotlarni saqlash tizimlari, kriptografiya va kvant hisob-kitoblar, mashinalashtirilgan ta’lim va neyrotarmoqlar, blokcheyn texnologiyalari va sun’iy intellektdan iborat. Xolding aloqa operatorlari uchun eng yirik AT yetkazib beruvchi sanaladi hamda Rossiyaning yirik AT ishlab chiqaruvchilari Top-3taligiga kiradi.Salohiyatli texnologiyalarni rivojlantirish markazi (Sentr razvitiya perspektivnix texnologiy, SRPT) raqamli iqtisodiyotdagi salmoqli loyihalarni amalga oshirish uchun tashkil qilingan. Markaz USM (50%), Rostex davlat korporatsiyasi (25%) va «Elvis-Plyus grupp” (25%)ning qo‘shma loyihasidir. Salohiyatli texnologiyalarni rivojlantirish markazi Rossiyada tovarlarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish davlat axborot tizimini yaratmoqda. Davlat-xususiy sheriklik shaklida tashkil qilingan CRPT Turon eksperiment natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida tovarlarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish tizimi operatori deb tanlangan.Ucell — GSM, UMTS, LTE va 5G standartlaridagi o‘zbek uyali aloqa operatori. 2018-yilning 5-dekabridan OOO "COSCOM" ("Ucel" savdo belgisi) – 100% davlat kompaniyasidir. O‘tgan ikki yil mobaynida 8 million abonentga ega Ucell O‘zbekiston uyali aloqa bozorida yetakchiga aylandi. 2020-yil fevral holatiga aholi punktlaridagi qamrovi 97,6% (GSM); 72,9% (UMTS); 60,8% (LTE)ni tashkil etmoqda. Ucell — O‘zbekistonda 5G standarti bo‘yicha ilk operator.
https://oz.sputniknews.uz/20190926/Yil-okhirigacha-barcha-ududlarda-4G-rnatiladi---Ucell-bosh-direktori-12496043.html
https://oz.sputniknews.uz/20200731/Alisher-Usmonov-zbekistonlik-shifokorlarga-10-million-dollar-azhratdi-14668544.html
https://oz.sputniknews.uz/20200508/Alisher-Usmonov-Sardoba-odisasi-oibatlarini-bartaraf-etish-uchun-10-mln--azhratdi-14082272.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/603/22/6032262_150:0:1049:674_1920x0_80_0_0_b74bb75fdfadec9827ae4c805b282bb2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat
Markaziy Osiyoda eng yirik: USM, MegaFon va Ucell O‘zbekistonda yangi qo‘shma korxona ochmoqda
18:20 10.02.2021 (yangilandi: 18:40 10.02.2021) “YueSeM Telekom” va MegaFon o‘zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda Markaziy Osiyodagi eng yirik telekommunikatsiya bozorining texnologik ilg‘ori bo‘lishi kutilgan yangi qo‘shma korxona – Digital Holding’ni tashkil etishdi.
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. “YueSeM Telekom” va MegaFon o‘zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda Markaziy Osiyodagi eng yirik telekommunikatsiya bozorining texnologik ilg‘ori bo‘lishi kutilgan yangi qo‘shma korxona – Digital Holding’ni tashkil etishdi. Yangi QK tarkibidan mamlakatning telekommunikatsiya bozori ilg‘ori bo‘lgan Ucell kompaniyasi hamda USM’ning O‘zbekistondagi aktivlari – CRPT Turon va ICS Holding Uzbekistan o‘rin olishdi.
O‘zbekiston xukumati Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) orqali QKga Ucell telekom-operatorining 100% ulushini topshirmoqda. Rossiya tomoni Digital Holding rivojlanishi uchun 100 mln dollar miqdorida investitsiya, shu bilan birga USM’ning sho‘’ba korxonalari – CRPT Turon va ICS Holding Uzbekistan kiritmoqda.
QK tarkibiga kirish uchun “YueSeM Telekom” va MegaFon “Didjital Invest” kompaniyasiga asos solishdi, unda ikki kompaniyaning ulushi 50%dan taqsimlandi. Yangi QKda «Didjital Invest” ulushi 51%, DABA ulushi 49%ga teng.
Bitim doirasidagi jarayonlar 2021−yil davomida yakuniga yetadi. Digital Holding e’tiborini O‘zbekiston Respublikasida aloqa xizmatlaridan foydalanishni yanada qulayroq qilish hamda sifatini oshirish uchun xalqaro standartlarga mos keluvchi telekommunikatsiya infrastrukturasini shakllantirishga, axborot xavfsizligi va ma’lumotlarni saqlash, ba’zi turdagi tovarlar harakatini markirovkalash va kuzatib borish sohalaridagi ilg‘or texnologiya va tizimlarni tatbiq etishga qaratadi.
“O‘zbekistonning raqamli xizmatlar bozorida yetakchi ishtirokchini yaratish ham MegaFon, ham MDH va Sharqiy Yevropa hududi texnologik liderni barpo etayotgan “YueSeM Telekom” strategiyalariga mos keladi. Ishonchimiz komilki, MegaFon, Salohiyatli texnologiyalarni rivojlantirish markazi va «IKS Xolding”ning raqamli loyihalarni amalga oshirishdagi ko‘p yillik ekspertizasi O‘zbekistondagi sohaning eng yirik ishtirokchisini rivojlantirishga ko‘maklashadi”, – deydi “YueSeM Telekom” bosh direktori Ivan Streshinskiy.
“Raqamli xizmatlar iste’moli nuqtayi nazaridan O‘zbekiston MDHning eng salohiyatli bozorlaridan, u so‘nggi 10-yil ichida mobil aloqa abonentlarining uch baravardan ko‘p o‘sishini namoyish etgan bo‘lsada, hali hanuz to‘yinishdan yiroq. Biz 2021−yil davomida Ucell ichida jiddiy tarkibiy o‘zgarishlar qilish rejasidan yiroqmiz, ko‘proq jipslashish va Ucell’da biznes o‘sishi uchun eng yaxshi amaliyotlarni tatbiq etishga e’tiborimizni qaratamiz”, - deydi MegaFon bosh direktori Gevork Vermishan.
“Ishonchim komil: yangi qo‘shma korxonaning ishga tushishi O‘zbekistonning so‘nggi yillarda shiddat bilan rivojlanayotgan raqamli xizmatlar bozoriga yangi turtki bo‘ladi va Ucell hamda uning abonentlari uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi”, - ta’kidladi O‘zbekiston vosh vazirining maslahatchisi Olimjon Umarov.
"YueSeM Telekom" – USM xoldingining raqamli bo‘linmasi. MegaFon telekom operatori va "IKS Xolding" AT guruhining 100 foizini nazorat qiladi. "YueSeM Telekom"ning asosiy mulkdorlari − USM (80% aksiyalar), Ivan Streshinskiy (10%) va Anton Cherepennikov (10%).
MegaFon – Rossiyaning telekommunikatsiya bozorida yetakchi o‘rinlarda turuvchi raqamli imkoniyatlar milliy operatori. MegaFon Rossiya telekom bozorining barcha segmentlarida, shu bilan birga Abxaziya, Janubiy Osetiya, va Tojikistonda faoliyat yuritadi, aloqa sifatiga azaldan alohida e’tibor qaratadi va abonentlariga yuqori tezlikdagi internet taqdim etadi.
"IKS Xolding" – Rossiyaning ko‘ptarmoqli AT-guruhi, u YADRO, Nexign, "Sitadel", "Kriptonit" hamda "Forpost" nomli 5ta subxoldingga birlashgan 30ta kompaniyani o‘z ichiga oladi. "Iks Xolding" faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari – yirik ishlab chiqarish korxonalarini raqamli transformatsiyalash, axborot xavfsizligi, ma’lumotlarni saqlash tizimlari, kriptografiya va kvant hisob-kitoblar, mashinalashtirilgan ta’lim va neyrotarmoqlar, blokcheyn texnologiyalari va sun’iy intellektdan iborat. Xolding aloqa operatorlari uchun eng yirik AT yetkazib beruvchi sanaladi hamda Rossiyaning yirik AT ishlab chiqaruvchilari Top-3taligiga kiradi.
Salohiyatli texnologiyalarni rivojlantirish markazi (Sentr razvitiya perspektivnix texnologiy, SRPT) raqamli iqtisodiyotdagi salmoqli loyihalarni amalga oshirish uchun tashkil qilingan. Markaz USM (50%), Rostex davlat korporatsiyasi (25%) va «Elvis-Plyus grupp” (25%)ning qo‘shma loyihasidir. Salohiyatli texnologiyalarni rivojlantirish markazi Rossiyada tovarlarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish davlat axborot tizimini yaratmoqda. Davlat-xususiy sheriklik shaklida tashkil qilingan CRPT Turon eksperiment natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida tovarlarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish tizimi operatori deb tanlangan.
Ucell — GSM, UMTS, LTE va 5G standartlaridagi o‘zbek uyali aloqa operatori. 2018-yilning 5-dekabridan OOO "COSCOM" ("Ucel" savdo belgisi) – 100% davlat kompaniyasidir. O‘tgan ikki yil mobaynida 8 million abonentga ega Ucell O‘zbekiston uyali aloqa bozorida yetakchiga aylandi. 2020-yil fevral holatiga aholi punktlaridagi qamrovi 97,6% (GSM); 72,9% (UMTS); 60,8% (LTE)ni tashkil etmoqda. Ucell — O‘zbekistonda 5G standarti bo‘yicha ilk operator.