Alisher Usmonov o‘zbekistonlik shifokorlarga 10 million dollar ajratdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishPrezident Mejdunarodnoy federatsii fextovaniya biznesmen Alisher Usmanov
Prezident Mejdunarodnoy federatsii fextovaniya biznesmen Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Barcha mablag‘lar shifokorlar, tez tibbiy yordam xodimlari va haydovchilarga bir martalik to‘lov ko‘rinishida beriladi.

TOShKENT, 31-iyul - Sputnik. Taniqli tadbirkor va homiy Alisher Usmonov O‘zbekistonga 100 milliard so‘m (10 million dollar) ajratdi, deya xabar beradi O‘zA.

"Ushbu mablag‘lar, shuningdek, davlat budjetidan qo‘shimcha 100 milliard so‘m tez tibbiy yordam xodimlarini rag‘batlantirish uchun ajratiladi", - deyiladi xabarda.

Shu tariqa, shifokorlar 5 million so‘mdan, o‘rta tibbiyot xodimlar 4 milliondan, haydovchilar esa 3 milliondan oladilar.

To‘lovlar bir marotabalik bo‘ladi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, to‘lovlarni amalga oshirish faqat joriy yilning 1-iyunigacha ishga qabul qilingan xodimlarga qo‘llaniladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alisher Usmonov "Saxovat va ko‘mak" milliy harakati jamg‘armasiga 2,5 milliard so‘m o‘tkazib bergan edi. Ushbu mablag‘lar Andijon viloyati Marxamat tumanidagi 48 mahallaning 1000 nafar kam ta’minlangan oilalariga mo‘ljallangan bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0