Yil oxirigacha barcha hududlarda 4G o‘rnatiladi - Ucell bosh direktori

© FbVladimir Kravchenko
Vladimir Kravchenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ucell kompaniyasi bosh direktori O‘zbekiston hududida qachon 4G aloqa o‘rnatilishi va sinovdan o‘tkazilayotgan 5G tarmoqlari  haqida hikoya qilib berdi.

TOShKENT, 26 sen – Sputnik. Ucell uyali aloqa operatori O‘zbekiston Davlat raqobat qo‘mitasi ixtiyoriga o‘tganiga yaqinda bir yil bo‘ladi. Shu davr ichida biz, davlat kompaniyasi sifatiti o‘zimizga hech qanday imtiyozlar talab qilmasdan, xususiy aloqa operatori sifatida  ishlayapmiz, deydi Ucell kompaniyasi bosh direktori Vladimir Kravchenko. UzA xabariga asosan. 

Bugungi kunda kompaniya abonentlari soni 7,6 million kishiga teng. Ucell ning 2G tarmog‘i O‘zbekiston hududining 97 %ni, 3G tarmog‘i 72,6 %ini qamrab olgan. 4G esa yirik shaharlarda 34,7 %gacha, mamlakat bo‘ylab esa o‘rtacha 9,4 %ni tashkil qiladi.

Yaqinda Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib, ular bilan shartnoma imzoladik. Shu yil oxirigacha mamlakatimizdagi butun aloqa tizimini modernizatsiya qilamiz. Barcha hududlarda 4G o‘rnatiladi, - deydi kompaniya direktori. 

Undan tashqari bir viloyatdan boshqasiga o‘tayotgan magistral yo‘llarning ayrim nuqtalarida aloqa umuman yo‘q. Biz bu kamchilikni ham bartaraf etish ustida ishlayapmiz.

Smartfon, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 4G internet qamrovi bo‘yicha eng so‘nggi o‘rinda qayd etildi

Bugungi kunda lunyoda 5G texnologiyasini tatbiq etayotgan davlatlar soni oshib bormoqda. Bu texnologiya o‘zining yuqori tezlikda ma’lumot uzatish imkoniyatlari bilan chindan ham innovatsion hisoblanadi. Endilikda O‘zbekiston ham ular safidan joy oladi.

Radioto‘lqinlar bo‘yicha Respublika kengashining qaroriga muvofiq, Ucell ga mamlakat hududida 5G texnologiyasi bo‘yicha mobil uyali aloqa tarmog‘ini tashkil etish uchun 3600-3700 MGs radioto‘lqinlar kanali ajratildi.

5G tijoriy tarmog‘ini rivojlantirish uchun Huawei kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan eng yangi qurilmalar xarid qilinib, mamlakatga kiritildi. Dastlab mutaxassislar kompaniyaning Toshkentdagi bosh ofisi – Ucell Plazada birinchi 5G sinovini o‘tkazdi. Real sharoitda qayd etilgan maksimal tezlik 1 Gbit/s.ga yaqin bo‘ldi. SpeedTest servisi yordamida amalga oshirilgan o‘lchovlar 1 376 Mbit/s.gacha yuklash tezligini ko‘rsatdi.

5G set - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 5G texnologiyasi sinov tartibda ishga tushdi

Toshkentda 5G tarmog‘i birinchi bo‘lib  “Tashkent City” xalqaro biznes markazida hududida o‘rnatiladi. Tez orada HD-sifatida bir soatlik filmni yuklab olish uchun sizga bir necha soniya kifoya bo‘ladi.

Ikkinchi bosqichda sinovdan o‘tkazish tartibida foydalanganlik natijasini inobatga olgan holda O‘zbekistonning viloyatlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Bugun kompaniyamiz aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Metrotelekom bilan hamkorlikda Ucell uyali aloqa tarmog‘i sinov tariqasida “Chilonzor” tarmog‘ining “Mustaqillik maydoni” va “Amir Temur xiyoboni” metro bekatlarida abonentlar 3G va 4G texnologiyalarida mobil aloqaning mavjudligi borasidagi yechimidan foydalanish boshlandi. Endilikda Ucell abonentlari bu ikki metro bekati ichida muloqot qilishi, internetdan foydalanishi mumkin.

Ayni paytda poytaxtdagi barcha metro bekatlarida internetga bepul Wi-Fi texnologiyasi orqali ulanish bo‘yicha ishlar bosqichma-bosqich olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0