O‘zgaga choh qazima: AQSh o‘z sanksiyalari tufayli dollarni mavqeyidan mahrum qilishi mumkin

CC0 / Intellectual / PixabaySjiganie dolllara SShA
Sjiganie dolllara SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2021
Obuna bo‘lish
AQSh sayyorani sanksiyalar bilan o‘rab tashladi. U sanksiyalarga shunday qiziqib ketdiki, bu bilan o‘z valyutasining ustuvorlik mavqeyiga putur yetkazishi mumkin.
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Vashington sanksiyalarga shunday qiziqib ketdiki, o‘z valyutasining ustuvorlik mavqeyiga putur yetkazishishi mumkin. Kongressda bunga e’tibor qaratishdi. Dunyo faol ravishda dollarga tobelikni susaytirmoqda. Hisob-kitoblarning muqobil pul birliklariga o‘tishi Amerika iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Flagi stran-uchastnis ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2020
ShHT dollardan voz kechishga jiddiy kirishdi

Dunyo zolimi

AQSh sayyorani sanksiyalar bilan o‘rab tashladi – hozir boshqa mamlakatlarga qarshi sakkiz ming atrofida iqtisodiy cheklovlar amal qilmoqda, ro‘yxat esa muntazam to‘ldirib borilmoqda. Vashington o‘z shartlarini  xohlagan kishi bajartirish mumkin, zero dollar – dunyo iqtisodiyotining asosiy valyutasi.
Amerika pul birligiga tranzaksiyalarning 70 foizdan ortig‘i to‘g‘ri keladi. Dollar erkin sotilib, konversiya qilinmoqda. Hukumat buni hech qanday tartib solmayapti, boz ustiga Qo‘shma Shtatlar iqtisodiyoti avvalgidek dunyodagi barqaror, shaffof va eng yirigi sanaladi.
Dollari SShA. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2020
Dollar uchun gilotina qayerda tayyorlanmoqda va u qachon ishga tushadi
Bu Oq uyga jismoniy shaxslar va amerika kompaniyalariga Vashingtonga xush kelmaganlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri biznes yuritishni taqiqlash va bozorning boshqa ishtirokchilariga eksterritorial sanksiyalar bilan tahdid qilishiga imkon beradi.

Qaytarilgan javob

Ammo bu uzluksiz davom etishi mumkin emas. Dunyoning dollarga bo‘lgan tobelikni susaytirish uchun barcha zaruriy vositalari bor, deya ta’kidladi AQSh Kongressi tadqiqot xizmati yaqinda chop qilgan hujjatida.
Hujjatda sanksiyalar AQShning o‘zi uchun iqtisodiy chiqim bo‘lib qaytishi ta’kidlangan, chunki amerikalik jismoniy shaxslar va kompaniyalar ishtirok etishi mumkin bo‘lgan tijoriy bitimni cheklaydi. Qolaversa, tahqirlangan davlatlar tomonidan javob bildirilishi istisno qilinmagan. Misol tariqasida Rossiyaning qishloq xo‘jaliklari mahsulotlariga qo‘ygan taqiqi keltirilgan.
Mualliflarning yozishicha, amerika valyutasi ko‘p o‘n yillar davomida xalqaro iqtisodiy tranzaksiyalarda keng ishlatiladi. Bu AQShga foydali. Bundan tashqari, Oq uy tashqi siyosiy maqsadlariga erishish uchun ko‘pincha dollarga ishonadi. Xususan, Rossiya, Eron va Venesuelaning moliya bozorlariga kirishidagi qiyinchilik uchun.

Xitoycha variant

Bu mamlakatlarning muqobil valyuta hisob-kitoblariga o‘tishi oxir-oqibat Amerika iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va dollar mavqeyiga putur yetkazadi, deyilgan hujjatda. Mundoq olib qaraganda, bu allaqachon ro‘y bermoqda.
So‘nggi yillarda yuan dollar mavqeyini muntazam zaiflashtirib kelmoqda. 2016-yildan boshlab Xitoy pul birligi XVJning zaxira valyutasi. Rivojlanib borayotgan mamlakat ilk bor bunday sharafga muyassar bo‘ldi. Keyin Pekin Shanxay savdo birjasida neft fucherslariga yuanni yo‘lga qo‘ydi – “Bir makon, bir yo‘l” keng integratsion loyihasi doirasida.
Amerikanskiy dlllar i yuan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2020
Rossiya va Xitoy dollardan yuz o‘girmoqda
Shunga qaramasdan dunyo tranzaksiyalarida yuanning hissasi avvalgidek uncha katta emas. Ekspansiya uchun to‘siqlar ravshan – erkin konvertatsiya yo‘q, beqarorlik, ham davlat, ham xususiy qarzda moliyaviy tizimning shaffof emasligi.
Biroq raqamli yuan paydo bo‘ldi. Aksariyat iqtisodchilar davlat kriptovalyutasi dollar bilan raqobat qilishga qodir degan fikrda, chunki eskirayotgan SWIFT va CHIPS (aynan ular orqali amerikaliklar xalqaro tranzaksiyalarni nazorat qilishadi) qaraganda savdo-sotiqni tezkor o‘tkazishga imkon beradi. Kriptoyuan “Bir makon, bir yo‘q” loyihasida ham qo‘l keladi. Raqamli valyutadagi o‘zaro hisob-kitob Vashington sanksiyalaridan himoyalaydi.

Dollardan yuz o‘girish

Rossiyaga to‘xtaladigan bo‘lsak, 2019-yilda BRIKS mamlakatlari bilan dollarli tranzaksiyalar 73 foizdan 49 foizgacha qisqardi. Avvalo yevro (23 foiz) tufayli. Rubl hissasi ham oshdi: 8 foizdan 14 foizgacha. Ustiga ustak Hindiston bilan – Moskvaning BRIKSdagi Xitoydan keyingi ikkichi hamkori – bu ko‘rsatgich 50 foizdan oshib ketdi.
Xitoy bilan hisob-kitoblar milliy pul birliklarida – 25 foiz, yetti yil ichida o‘n karra oshdi. Bu mahalliy iqtisodiyotni dollardan voz kechishi va sanksiyalarga bo‘lgan barqarorlikni oshirish strategiyasining bir qismi.
Kupura yevro - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2021
Jonga tegdi: Yevropa Ittifoqi dollardan voz kechmoqda
Moskva va Pekin asta-sekin dollarni ikki tomonlama savdodan chiqarib tashlamoqda. 2014-yilda tomonlar 150 milliardlik (24,5 milliard dollar) uch yillik svop-bitim imzolashdi. 2015-yilda deyarli barcha savdo-sotiq dollarda bo‘lgan. 2019-yilga kelib esa yarmi, xolos.
O‘xshash vaziyat yevrozona bilan: 2019-yilda yevro birinchi marta dollardan o‘zib ketdi (44  foiz, dollar esa 38). Bu umumiy tendensiya va Amerikaning eksterritorial sanksiyalariga qarshilik ko‘rsatayotgan Yevropa ittifoqining xizmati.

Tizim o‘zgarmoqda

2019 yilda Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya INSTEX tizimini yaratishdi. “Yevropa iqtisodiy o‘yinchilari va Eron o‘rtasida qonuniy tijoriy tranzaksiyalarni soddalashtirishga” qaratilgan maxsus mexanizm. Keyinchalik unga Belgiya, Daniya, Niderlandiya, Norvegiya, Finlyandiya va Shvetsiya qo‘shildi.
Aslini olganda, bu Yevropa mamlakatlariga AQSh moliya tizimidan xalos bo‘lib, shu tariqa Vashingtonning javob reaksiyasini qo‘zg‘atmay, Tehron bilan savdo qilishiga imkoniyat yaratadi.
Kitayskie banknoti nominalom v 100, 50, 20,10 i 5 yuaney. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2020
Xitoy dollarga muqobil suveren kibervalyuta kiritish arafasida turibdi
Dollarga bog‘liklikni kamaytirish uchun yevrokomissiya dastlabki rejani hozirlagan. Turli tovarlarni yetkazib berish shartnomasiga yevroni ilgari surish hamda  qayta ko‘rib chiqish va zarur vaqtda asosiy moliyaviy mo‘ljal bilan bog‘liq normalarni o‘zgartirish. Bundan tashqari, tartibga soluvchilarga Yevropa kompaniyalarining chet el firmalari tomonidan yutib yuborilishini bloklash huquqi beriladi.
Ommaboplik bo‘yicha ikkinchi valyuta, yevro, dollarni siqib chiqarishda davom etmoqda. Jahon banki prognozlariga ko‘ra, natijada Amerika pul birligi dunyo moliyaviy tizimida maxsus maqomidan mahrum bo‘ladi. Uning o‘rnini yevro, dollar, katta ehtimol bilan, yuan tizimi egallaydi.
Yangiliklar lentasi
0