Dollar uchun gilotina qayerda tayyorlanmoqda va u qachon ishga tushadi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishDollari SShA.
Dollari SShA. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh dollar va SWIFTga asoslanib dunyoga bosim o‘tkazishga urinishi - dollar boshi ustida ko‘tarilgan oyboltaning tezroq zarba berishiga olib keladi.

Okean orti jurnalistlari Pekin ustidan qozonilgan g‘alabani nishonlamoqdalar: Bloomberg ishbilarmonlikka doir ma’lumotlar agentligi xabar berishicha, Xitoy banklari dollarlar bilan ishlash imkoniyatidan mahrum bo‘lishidan qo‘rqib, Xitoy amaldorlariga nisbatan AQSh sanksiyalarini qo‘llamoqchi.

"Qirol-dollar hanuz hukmronlik qilmoqda. Bu shuni anglatadiki, banklar oldida ikkita yo‘l bor: Amerika yo‘li yoki hech qayerga yo‘l", -  deb o‘zgacha shukuh bilan ta’kidlaydi amerikalik targ‘ibotchilar Xitoy va Gonkong amaldorlarining ularga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalarga jasorati Gonkong va Xitoy banklarining harakatiga mos kelmasligini.

Goroda mira. Nyu-York - Sputnik O‘zbekiston
"Kalmar-vampir" vahima qilmoqda: dollar dunyo valyutasi maqomini yo‘qotishi mumkin

Oq uy Gonkongdagi amerikaparast yashirin harakat qilayotganlarni bostirishga imkon bergan milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonuni qabul qilingani uchun sanksiyalarni joriy etganidan keyin, sanksiyalar ro‘yxatidagi o‘n bitta amaldor Vashington bosimiga o‘zlarining daxlsizligini namoyish qilishga harakat qildi.

Garchi ayrim yuqori martabali amaldorlar va ularning oila a’zolari Amerikada mol-mulki, vizalari yoki AQShda joylashgan butun boshli biznesiga ega bo‘lishgani aniqlangan bo‘lsa-da, Xitoy hukumati vertikalining boshqa vakillari bu kabi muammolarga duch kelmaganliklarini va bunday bo‘lmasligini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lishdi.

Masalan, XXR markaziy hukumatining Gonkongdagi vakolatli vakili uning Amerikada hisob raqamlari yo‘qligini va uning barcha pullari va aktivlari Xitoyda ekanligini, ammo agar Donald Tramp sanksiyalarni shunchalar qo‘llamoqchi istagida bo‘lsa, AQSh moliya vazirligiga, ularni muzlatib qo‘yishi uchun, yuz dollar yuborishga tayyor ekanligini ma’lum qildi

Hatto Gonkong bank regulyatori HKMA XXRning maxsus ma’muriy mintaqasidagi barcha moliya institutlari uchun maxsus yo‘riqnomani chiqardi, unda Gonkong banklarining AQSh tomonidan joriy etilgan sanksiyalarni Xitoy va mahalliy amaldorlarga nisbatan qo‘llash majburiyati yo‘qligi aytilgan.

Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston
Dollar muammoga duch keldi: milliarderlar muqobil yo‘l topdi

Bloomberg haqiqat siyosiy bayonotlardan farqli ekanligini ko‘rsatish uchun bank tizimidagi o‘z manbalariga tayanmoqda: "Banklarning xatti-harakatlari aksini ko‘rsatmoqda. Bloomberg News, vaziyatdan xabardor bo‘lgan o‘z manbalariga tayanib, Gokongdagi Xitoyning barcha yirik banklari sanksiyalarga rioya qilish bo‘yicha dastlabki qadamlarni amalga oshirayotganini ma’lum qilmoqda. AQShda operatsiyalarni amalga oshiradigan yirik banklar, shu jumladan Bank of China Ltd., China Construction Bank Corp. va China Merchants Bank Co., sanksiyalar ostidagi mansabdor shaxslar uchun yangi hisob raqamlarini ochishda ehtiyotkorlik ko‘rsatishdi va kamida bittasi bunday harakatga chek qo‘ydi".

Jalb qilingan tashqi manbadan (kamida milliy kelib chiqishi sababli) kelib chiqqan va hali rasmiy tasdiqga ega bo‘lmagan bunday ma’lumotlarga qancha ishonish kerakligi haqida uzoq vaqt bahslashsa bo‘ladi, ammo bu yerda gap hatto ma’lumotning asoslanganligida ham emas, balki amerikaparast targ‘iboti mulohazalarining yo‘nalishida.

Agar biz bu mulohazalarni soddalashtirib qo‘pollashtirsak, unda ular quyidagi zanjir bo‘ylab qurilgani aniq bo‘ladi: Xitoy banklari AQShda va AQSh dollarida faoliyat yuritish imkoniyatidan mahrum bo‘lishdan qo‘rqishadi va shuning uchun Xitoyning yuqori martabali amaldorlariga xizmat ko‘rsatishdan bosh tortishadi, ya’ni "qirol-dollar" aslida barcha yuzaga keladigan geosiyosiy va tashviqot oqibatlari bilan dunyoning hamon hukmdori bo‘lib qolmoqda.

Bu mantiqiy ko‘rinadi, lekin faqatgina birinchi qarashda.

Amerikalik tahlilchilar dollarning Xitoy bank tizimi ustidan qozongan g‘alabasini nishonlash emas, balki Tramp ma’muriyatining xatti-harakatlari shunchaki to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki bilvosita, dollarsizlantirishni tezlashtirayotgani haqida o‘ylashi kerak.

Denejnie kupuri SShA. - Sputnik O‘zbekiston
Iqtisodchilar dollar kuzda keskin arzonlashishini prognoz qilishdi

Darhaqiqat, Bloomberg jurnalistlari to‘g‘ri ta’kidlaganidek, bitimlarni amalga oshirishda boshqa valyutalardan foydalanish bu muammo yechimi emas, chunki Xitoyning bir banki o‘zining achchiq tajribasi orqali AQShning KXDRga qarshi sanksiyalarini buzib, bu operatsiyalarni boshqa valyutalarda hisob-kitob qilish orqali yashirishga uringani aniqlangan.

AQSh 2001-yildan keyin terrorizmga qarshi kurash bahonasida xalqaro SWIFT tizimi orqali amalga oshirilgan barcha pul o‘tkazmalarini kuzatib borish imkoniyatini olgan holda, baribir ushbu bitimlarni ko‘rib, qonunbuzarlarni jazolay oladi. Muammo shundaki, ushbu faktura asosida ikkita qarama-qarshi xulosa chiqarishimiz mumkin - va ulardan biri mutlaqo noto‘g‘ri bo‘ladi.

Amerikalik jurnalistlar o‘quvchini dunyoning qolgan qismi (shu jumladan, Xitoy) dollarsiz va SWIFTsiz yashay olmasligini anglab, AQSh oldida tiz cho‘kadi va shuning uchun Vashingtonning har qanday istaklariga bo‘ysunishga majbur bo‘ladi degan hulosaga undamoqda.

Bu noto‘g‘ri xulosa.

To‘g‘ri hulosa shundan iboratki, AQShning bunday harakatlari tom ma’noda Pekin, Moskva, Brussel va boshqalarni o‘zlarining to‘lovlarini amalga oshirish uchun shoshilinch ravishda (avvalgidan ancha tezroq) SWIFT o‘rnini bosadigan tizimlarini ishlab chiqish va tadbiq etish uchun majburligini tushunishga majbur qiladi, yoki, bu amalga oshmasa, Vashington oldida albatta tiz cho‘kishga to‘g‘ri keladi.

Bu kabi harakatlar "Gonkong sanksiyalari" joriy etilishidan oldin ham amalga oshirilgan, ammo moliya tizimini bunday chuqur o‘zgartirishlar har doim ham qimmat, uzoq vaqtni talab qiladi va juda qiyin, ehtimol faqat endi Pekinda Vashingtonning muzokaralar olib borish layoqati masalasida yakuniy umidsizlik vujudga keldi.

Zolotie slitki - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya aholisiga dollar o‘rniga oltin taklif qilindi

Amerikalik jurnalistlar yozgan "qirol-dollar"ning ehtimoliy g‘alabasi boshqa, dollarsiz kelajakni bashorat qilayotgan muhim voqealar fonida ro‘y bermoqda. Masalan, RT xabar berishicha, Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi tovar ayirboshlashda 2020-yilning birinchi choragida AQSh dollari 2018-yildagi 75% darajadan tushib, 50% dan kamroqni tashkil etdi.

Iyul oyida “Reyter” agentligi xalqaro neft savdosining dollarsizlantirishida yangi yutuqqa erishilgani haqida xabar berdi: "Ushbu oyda BP (Buyuk Britaniyaning neft kompaniyasi – tahr.) Shanxay xalqaro energetika birjasiga (INE) Iroq neftining uch million barrelini yetkazib berdi, bu bilan u Xitoy 2018-yilda fyucherslar bozorini ishga tushirganidan beri haqiqiy yetkazib berishni amalga oshirgan eng yirik global sotuvchisi bo‘ldi, deb xabar beradi seshanba kuni soha manbalari".

Shanxay energetika birjasida neft savdosi yuanda olib boriladi va ushbu savdo mexanizmining muvaffaqiyati AQShning savdo maydonchalari va energiya tashuvchilari uchun dollarda to‘lovlar sxemalaridan mustaqil bo‘lishiga yordam beradi.

Shuningdek, SWIFT-ni chetlab o‘tib “raqamli yuan”, “raqamli yevro” va hatto ixtisoslashtirilgan kriptovalyutalardan foydalangan holda banklararo va tijorat to‘lovlarining alternativ sxemalarini ilgari surish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda va bunday dasturlar ustida ish nafaqat Xitoyda, balki Yevropa Ittifoqida ham olib borilmoqda.

Dollar hozircha moliyaviy dunyo qiroli. Ammo bu qirol uchun Vashingtonning harakatlari tufayli gilotina tayyorlanishi tezlashmoqda.

Yangiliklar lentasi
0