https://oz.sputniknews.uz/20210204/Vaktsina-alolmi-Turli-din-vakillari-COVID-vaktsinasini-anday-abul-ilmoda-15932855.html
Har qanday vaksina halolmi? Dindorlar nega vaksinaga qarshi chiqmoqda?
Har qanday vaksina halolmi? Dindorlar nega vaksinaga qarshi chiqmoqda?
Sputnik O‘zbekiston
Inson hayotini saqlab olish uchun har qanday vaksina halolmi? Tarkibida cho‘chqa jelatini yoki inson embrioni hujayralari bo‘lsachi? Turli dinlar COVID vaksinasini... 04.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-04T14:53+0500
2021-02-04T14:53+0500
2021-02-04T20:12+0500
jamiyat
analitika
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/04/15933545_0:312:3070:2048_1920x0_80_0_0_48ad6ccede3d48f818aea90d11a57005.jpg
TOShKENT, 4 fev — Sputnik, Anton Skripunov. Ommaviy vaksinatsiya ayrim mamlakatlarda din ulamolarining keskin qarshiligiga duch keldi.Ayrim din vakillari, tarkibidan cho‘chqa jelatini yoki odam embrionidan olingan hujayralar bo‘lishi mumkinligi tufayli - vaksinalardan mutlaq voz kechishni talab qilmoqda. Boshqalar esa inson hayotini saqlab olish uchun har qanday vaksinani qabul qilish mumkin degan bayonotlar bilan chiqmoqda. Ortodoksal yahudiylarIsroilda yashaydigan ultraortodoksal yahudiylar koronavirus epidemiyasi boshida o‘z urf odatlarini o‘zgartirish, o‘z-o‘zini yakklash tartibidan bosh tortgan edi. Buning oqibatida Iyerusalimning (Al-Quds) ular zich yashaydigan qismida koronavirus epidemiyasi o‘ta kuchli avj olib, ushbu hudud qizil zona deb e’lon qilingan edi.Vaksinalar paydo bo‘lganidan so‘ng, iudaizm diniy vakillari ularni qabul qilib bo‘lish bo‘lmasligini aniqlash maqsadida ularni jiddiy o‘rganishga kirishdi. Dastlabki bosqichlarda ushbu din vakillari orasida vaksinalar haqida ko‘plab yolg‘on va vahimali mish-mishlar tarqalgan edi va aksariyat ultraortodoksal yahudiylar ommaviy ravishdan vaksinalashdan voz kechgan edi.Xususan, Daniel Asor ismli ortodoksal ravvin vaksina ularni “besoqolbozga aylantirib qo‘yishi mumkinligi” bilan aholini qo‘rqitib yuborgan edi.I xotya vedushie iudeyskie lideri, osudiv Asora, ofitsialno prizvali privivatsya, prostie veruyushie vse ravno somnevayutsya. Naprimer, nekotorix yevreyev bespokoit koshernost inyeksiy: vdrug v nix yest zapreshennie iudaizmom komponenti, prejde vsego — svinoy jelatin, kotoriy obichno vxodit v sostav razlichnix vaksin.Musulmonlar: vaksina – halolmi? Musulmon dini vakillari ham vaksinalarni ushbu nuqtayi nazardan o‘rganishni davom ettirishmoqda. Yanvar boshida Xitoyning Sinovac vaksinasi Indoneziyada qo‘llanilishi xavf ostiga tushib qolgan edi. Ma’lumki Indoneziyada 202 million musulmon yashaydi. Xitoy vaksinasi mumsulmon hamjamiyati tomonidan sinchiklab o‘rganshga kirishdi. Keyinroq Indoneziya musulmonlar ulamosi uni “halol” deb e’lon qildi va ommaviy emlash kompaniyasining boshlanishiga yo‘l ochib berdi.Hindistonda eska, vaziyat boshqacha rivojlandi. Ushbu davlatdagi musulmon Ulamolari Kengashi Hukumatni tarkibida cho‘chqa jelatini bo‘lgan vaksinalarni sotib olmaslikka chaqirdi. Ularning fikriga ko‘ra Xitoyda ishlab chiqilgan vaksinalar shular jumalasidan.G‘arbdagi vaksina ishlab chiqaruvchilar ushbu mojarodan tezda foydalanib qolishga harakatq qilishdi. Xususan Pfizer, Moderna va AstraZeneca – darhol o‘z vaksinalari tarkibida cho‘chqa jelatini yo‘qligi e’lon qilishdi.Lekin keyinroq Birlashgan Arab Amirligi ulamolari COVID-19ga qarshi har qanday vaksina, tarkibi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar - halol deb hisoblanishini, e’lon qilishdi. Musulmon dunyosida arab ulamolarning nufuzi yuqori bo‘lgani tufayli aksariyat musulmon davlatlari diniy jamoalari ularning fatvosini qabul qildi.25 milliondan ortiq musulmonlar yashaydigan Rossiyada ham “vaksina halolmi?” degan savol o‘z- o‘zidan paydo bo‘ldi.Rossiya Musulmonlar Boshqarmasi Gamaleya nomidagi milliy immunologiya markaziga va “Vektor” virusologiya institutiga murojaat qildi.“Biz jamoaga to‘g‘ri mahsulotni tanlash yordam bermoqchimiz. Agar vaksina tarkibida ta’qiqlangan moddalar bo‘lsa, ulamolar kengashi ularga doir qaror chiqarishi kerak”, - deyilgan Tatariston musulmonlar boshqarmasi huzuridagi edi “Halol” markazining rahbari Irek Ziganshin imzolagan maktubda.Ayni damda ma’lum bo‘lishicha, “Sputnik V” vaksinasi ishlab chiqaruvchisi musulmonlar boshqarmasining ushbu so‘rovga javob bergan.“Vektor” markazi RIA Novostiga ma’lum qilishicha "EpiVakKorona" vaksinasi tarkibida hech qanday tirik hujayralardan foydalanilmagan va kelajakda ham foydalanilmaydi. Moskva muftiysi Ildor Alyautdinov aytishiga ko‘ra, vaksinalar tarkibida hech qanday cho‘chqa yoki odam tanasidan olingan komponentlar yo‘q. Shu sababli Rossiya musulmon ulamolari ularning halolligi haqida fatvo tayyorlamoqda.Shu bilan bir vaqtda, Rossiya musulmonlar ummasi, inson hayoti har narsadan ulug‘ ekanini, agar yagona dori yordamida uni qutqarib qolishning imkoni bo‘lsa, islom undan foydalanishga ruxsat berishini ta’kidlashmoqda.Moskvadagi yahudiylar jamiyati ham xuddi shunday fikrda. Inson hayotini saqlab qolish uchun nafaqat oziq-ovqat balikm “Toraning barcha qonunlarini buzish mumkin”, - deydi moskva bosh ravvini Pinxas Goldshmidt.Boshqa din vakillari, masalan buddistlarda oziq-ovqat borasida hech qanday cheklovlar yo‘q. Ma’lumot uchun, Rossiyada 2 millionga yaqin buddistlar yashaydi.“Agar vaksina xavfsiz bo‘lsa, men shaxsan emlanishni maslahat beraman, chunki ayni damda planetani qamrab olgan epidemiyani va global inqirozni to‘xtatish juda muhim deb hisoblayman”, - deydi Qalmiqiston bosh lamasi Telo Tulku Rinpoche.Nasroniylar "gunohkor" hujayraga qarshiNasroniy dinida ham oziq-ovqat borasida deyarli hech qanday cheklov yo‘q. Lekin aynan nasroniylar butun dunyoda vaksina olishdan ko‘proq xavotirda. O‘tgan yilning bahorida birinchi marotaba AQShda nasroniylar vaksina ishlab chiqarishda HEK 293 liniyasiga mansub hujayradan foydalanishga qarshi chiqqan edi. Chunki ushbu hujayra 1973-yilda abort qilingan embrion hujayrasidan olingan. Ya’ni inson hayoti evaziga, gunohiy yo‘l bilan olingan hujayra va nasroniylar vaksina ishlab chiqishda undan foydalanishga qarshi chiqmoqda.Aytish joizki, ushbu tortishuv o‘tgan bir necha o‘n yillardan beri davom etmoqda. Ushbu g‘oya tarafdorlari va unga qarshilar orasida ko‘plab tortishuvlar bo‘ldi, lekin ular hech narsa o‘zgartirmadi. Barcha o‘z fikricha qoldi.Ommaviy vaksinalash kampaniyalari boshlanganidan so‘ng, “vaksina tarkibida odam tanasidan olingan mahsulot bor” degan vahimalar yana avj ola boshladi. Yaqinda Vatikan ham bu borada o‘z fikrini bildirdi.Rossiya nasroniylari ham HEK 293 hujayrasidan foydalanish mavzusini ko‘tarib chiqishdi. Gamaleya markazi bu borada quyidagicha javob berdi – “Sputnik V” vaksinani olish jarayoni ushbu hujayradan foydalanilgan, lekin vaksina tarkibida u yo‘q. “EpiVakKorona” ishlab chiqariuvchilari esa RIA Novostiga vaksina tarkibida hech qanday tirik hujayralar yo‘qligini va bo‘lmasligini tasdiqlashdi.Murakkab qarama – qarshilikRus Pravoslav cherkovi (RPCh) abort va sun’iy urug‘lantirish jarayonlarini dinga xilof deb hisoblaydi. Shu sababli ham “nomaqbul yo‘l bilan” olingan hujayra yordamida ishlab chiqilgan vaksinani ham yoqlab chiqa olmaydi.Cherkov uchun bu juda murakkab masala. RPCh ulamolari orasida ham bu borada hozircha yagona fikr yo‘q. Ayrim rahbarlar vaksina tarafdori va ularning o‘zi ham vaksina olgan, deydi Cherkovning biotexnologiyalardan foydalanishga doir hujjatlar ishlab chiqarishga javobgar ruhoniysi Roman Tarabrin.2009 yilda Rossiya nasroniy shifokorlar jamiyati HEK 293 hujayrasi asosida yaratilgan vaksinalardan foydalanish gunoh emas degan maqola bilan chiqqan edi. Ularning fikriga ko‘ra, ushbu hujayra bundan bir necha o‘n yillar oldin olingan va uni olishda qasddan gunoh qilinmagan. Uchinchidan ushbu harakat qayta-qayta amalga oshirilayotgani yo‘q. Shu sababli ham aksariyat nasroniylar vaksinadan xavotirsiz foydalanishi mumkin, deyilgan edi.Ushbu qarashlar muammoni kichikroq qilsa-da, lekin butunlay hal qilmaydi. Vaksina olayotgan nasroniylar ikki “balo orasida kichikrog‘ini” tanlashga majbur, deydi Tarabarin. Moskva patriarxatidagi manbaaning so‘zlariga ko‘ra, hozircha bu boraday aytilayotgan barcha fikrlarni – xususiy fikr deb qabul qilish kerak. Rossiya Pravoslav cherkovi bu borada o‘z rasmiy xulosasini e’lon qilgani yo‘q.RPCh - Abort yordamida olingan hujayralardan foydalanishni hech qachon to‘liq yoqlay olmaydi. Vaksinalash esa - har doim ko‘ngilli ravishda o‘tkazilishi kerak. Dindorlar o‘z xohishiga qarab vaksina tanlash imkoniga ega bo‘lishi kerak. Shu bilan birga emlanishdan voz kechgan kishilar ham hech qanday diskriminatsiyaga duch kelmasliklari kerak, deydi Moskva patriarxati vakili.
https://oz.sputniknews.uz/20201118/Isroil-va-Vengriya-15431483.html
https://oz.sputniknews.uz/20190130/Malayziyada-dunda-birinchi-alol-internet---brauzer-yaratildi-10673044.html
https://oz.sputniknews.uz/20210126/Biz-solom-turmush-tarafdorimiz---musulmon-katolik-va-pravoslav-ulamolar--15865667.html
https://oz.sputniknews.uz/20200929/Vaktsina-anchalik-khavfli-ASh-zhavob-talab-ilyapti-Evropa-pulni-sanayapti-15078377.html
https://oz.sputniknews.uz/20210122/EpiVakKoronadan-nimani-kutsa-bladi-COVID-19ga-arshi-peptidli-vaktsina-aida-15845004.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/04/15933545_0:118:3070:2048_1920x0_80_0_0_dfaf9917f9d24c6a1ab5a155d3a7e645.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, analitika
Har qanday vaksina halolmi? Dindorlar nega vaksinaga qarshi chiqmoqda?
14:53 04.02.2021 (yangilandi: 20:12 04.02.2021) Inson hayotini saqlab olish uchun har qanday vaksina halolmi? Tarkibida cho‘chqa jelatini yoki inson embrioni hujayralari bo‘lsachi? Turli dinlar COVID vaksinasini qanday qabul qilotgani haqida maqolamizda tanishing.
TOShKENT, 4 fev — Sputnik, Anton Skripunov. Ommaviy vaksinatsiya ayrim mamlakatlarda din ulamolarining keskin qarshiligiga duch keldi.Ayrim din vakillari, tarkibidan cho‘chqa jelatini yoki odam embrionidan olingan hujayralar bo‘lishi mumkinligi tufayli - vaksinalardan mutlaq voz kechishni talab qilmoqda. Boshqalar esa inson hayotini saqlab olish uchun har qanday vaksinani qabul qilish mumkin degan bayonotlar bilan chiqmoqda.
Isroilda yashaydigan ultraortodoksal yahudiylar koronavirus epidemiyasi boshida o‘z urf odatlarini o‘zgartirish, o‘z-o‘zini yakklash tartibidan bosh tortgan edi. Buning oqibatida Iyerusalimning (Al-Quds) ular zich yashaydigan qismida koronavirus epidemiyasi o‘ta kuchli avj olib, ushbu hudud qizil zona deb e’lon qilingan edi.
Vaksinalar paydo bo‘lganidan so‘ng, iudaizm diniy vakillari ularni qabul qilib bo‘lish bo‘lmasligini aniqlash maqsadida ularni jiddiy o‘rganishga kirishdi. Dastlabki bosqichlarda ushbu din vakillari orasida vaksinalar haqida ko‘plab yolg‘on va vahimali mish-mishlar tarqalgan edi va aksariyat ultraortodoksal yahudiylar ommaviy ravishdan vaksinalashdan voz kechgan edi.
Xususan, Daniel Asor ismli ortodoksal ravvin vaksina ularni “besoqolbozga aylantirib qo‘yishi mumkinligi” bilan aholini qo‘rqitib yuborgan edi.
I xotya vedushie iudeyskie lideri, osudiv Asora, ofitsialno prizvali privivatsya, prostie veruyushie vse ravno somnevayutsya. Naprimer, nekotorix yevreyev bespokoit koshernost inyeksiy: vdrug v nix yest zapreshennie iudaizmom komponenti, prejde vsego — svinoy jelatin, kotoriy obichno vxodit v sostav razlichnix vaksin.
Musulmonlar: vaksina – halolmi?
Musulmon dini vakillari ham vaksinalarni ushbu nuqtayi nazardan o‘rganishni davom ettirishmoqda. Yanvar boshida Xitoyning Sinovac vaksinasi Indoneziyada qo‘llanilishi xavf ostiga tushib qolgan edi.
Ma’lumki Indoneziyada 202 million musulmon yashaydi. Xitoy vaksinasi mumsulmon hamjamiyati tomonidan sinchiklab o‘rganshga kirishdi. Keyinroq Indoneziya musulmonlar ulamosi uni “halol” deb e’lon qildi va ommaviy emlash kompaniyasining boshlanishiga yo‘l ochib berdi.
Hindistonda eska, vaziyat boshqacha rivojlandi. Ushbu davlatdagi musulmon Ulamolari Kengashi Hukumatni tarkibida cho‘chqa jelatini bo‘lgan vaksinalarni sotib olmaslikka chaqirdi. Ularning fikriga ko‘ra Xitoyda ishlab chiqilgan vaksinalar shular jumalasidan.
G‘arbdagi vaksina ishlab chiqaruvchilar ushbu mojarodan tezda foydalanib qolishga harakatq qilishdi. Xususan Pfizer, Moderna va AstraZeneca – darhol o‘z vaksinalari tarkibida cho‘chqa jelatini yo‘qligi e’lon qilishdi.
Lekin keyinroq Birlashgan Arab Amirligi ulamolari COVID-19ga qarshi har qanday vaksina, tarkibi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar - halol deb hisoblanishini, e’lon qilishdi. Musulmon dunyosida arab ulamolarning nufuzi yuqori bo‘lgani tufayli aksariyat musulmon davlatlari diniy jamoalari ularning fatvosini qabul qildi.
25 milliondan ortiq musulmonlar yashaydigan Rossiyada ham “vaksina halolmi?” degan savol o‘z- o‘zidan paydo bo‘ldi.
Rossiya Musulmonlar Boshqarmasi Gamaleya nomidagi milliy immunologiya markaziga va “Vektor” virusologiya institutiga murojaat qildi.
“Biz jamoaga to‘g‘ri mahsulotni tanlash yordam bermoqchimiz. Agar vaksina tarkibida ta’qiqlangan moddalar bo‘lsa, ulamolar kengashi ularga doir qaror chiqarishi kerak”, - deyilgan Tatariston musulmonlar boshqarmasi huzuridagi edi “Halol” markazining rahbari Irek Ziganshin imzolagan maktubda.
Ayni damda ma’lum bo‘lishicha, “Sputnik V” vaksinasi ishlab chiqaruvchisi musulmonlar boshqarmasining ushbu so‘rovga javob bergan.
“Vektor” markazi RIA Novostiga ma’lum qilishicha "EpiVakKorona" vaksinasi tarkibida hech qanday tirik hujayralardan foydalanilmagan va kelajakda ham foydalanilmaydi.
Moskva muftiysi Ildor Alyautdinov aytishiga ko‘ra, vaksinalar tarkibida hech qanday cho‘chqa yoki odam tanasidan olingan komponentlar yo‘q. Shu sababli Rossiya musulmon ulamolari ularning halolligi haqida fatvo tayyorlamoqda.
Shu bilan bir vaqtda, Rossiya musulmonlar ummasi, inson hayoti har narsadan ulug‘ ekanini, agar yagona dori yordamida uni qutqarib qolishning imkoni bo‘lsa, islom undan foydalanishga ruxsat berishini ta’kidlashmoqda.
“Shunday sabablarga ko‘ra, spirtli dorilardan foydalanish mumkin. Vaksina ham shular doirasidan, biz hozircha pandemiyani to‘xtatib qolishning qoshqa chorasi haqida eshitmadik”, - deydi Rossiya Musulmonlar boshqarmasi raisining birinchi o‘rinbosari muftiy Damir Muxetdinov.
Moskvadagi yahudiylar jamiyati ham xuddi shunday fikrda. Inson hayotini saqlab qolish uchun nafaqat oziq-ovqat balikm “Toraning barcha qonunlarini buzish mumkin”, - deydi moskva bosh ravvini Pinxas Goldshmidt.
Boshqa din vakillari, masalan buddistlarda oziq-ovqat borasida hech qanday cheklovlar yo‘q. Ma’lumot uchun, Rossiyada 2 millionga yaqin buddistlar yashaydi.
“Agar vaksina xavfsiz bo‘lsa, men shaxsan emlanishni maslahat beraman, chunki ayni damda planetani qamrab olgan epidemiyani va global inqirozni to‘xtatish juda muhim deb hisoblayman”, - deydi Qalmiqiston bosh lamasi Telo Tulku Rinpoche.
Nasroniylar "gunohkor" hujayraga qarshi
Nasroniy dinida ham oziq-ovqat borasida deyarli hech qanday cheklov yo‘q. Lekin aynan nasroniylar butun dunyoda vaksina olishdan ko‘proq xavotirda.
O‘tgan yilning bahorida birinchi marotaba AQShda nasroniylar vaksina ishlab chiqarishda HEK 293 liniyasiga mansub hujayradan foydalanishga qarshi chiqqan edi. Chunki ushbu hujayra 1973-yilda abort qilingan embrion hujayrasidan olingan. Ya’ni inson hayoti evaziga, gunohiy yo‘l bilan olingan hujayra va nasroniylar vaksina ishlab chiqishda undan foydalanishga qarshi chiqmoqda.
Aytish joizki, ushbu tortishuv o‘tgan bir necha o‘n yillardan beri davom etmoqda. Ushbu g‘oya tarafdorlari va unga qarshilar orasida ko‘plab tortishuvlar bo‘ldi, lekin ular hech narsa o‘zgartirmadi. Barcha o‘z fikricha qoldi.
Ommaviy vaksinalash kampaniyalari boshlanganidan so‘ng, “vaksina tarkibida odam tanasidan olingan mahsulot bor” degan vahimalar yana avj ola boshladi. Yaqinda Vatikan ham bu borada o‘z fikrini bildirdi.
“Agar odamlarda ushbu nomaqbul yo‘l bilan olingan vaksinadan boshqa yo‘l yo‘q bo‘lsa, axloqiy jihatdan undan foydalanish mumkin”, - dedi Rim-katolik cherkovi papasi Fransisk. Shundan so‘ng tortishuvlar yana qizib ketdi.
Rossiya nasroniylari ham HEK 293 hujayrasidan foydalanish mavzusini ko‘tarib chiqishdi. Gamaleya markazi bu borada quyidagicha javob berdi – “Sputnik V” vaksinani olish jarayoni ushbu hujayradan foydalanilgan, lekin vaksina tarkibida u yo‘q. “EpiVakKorona” ishlab chiqariuvchilari esa RIA Novostiga vaksina tarkibida hech qanday tirik hujayralar yo‘qligini va bo‘lmasligini tasdiqlashdi.
Murakkab qarama – qarshilik
Rus Pravoslav cherkovi (RPCh) abort va sun’iy urug‘lantirish jarayonlarini dinga xilof deb hisoblaydi. Shu sababli ham “nomaqbul yo‘l bilan” olingan hujayra yordamida ishlab chiqilgan vaksinani ham yoqlab chiqa olmaydi.
Cherkov uchun bu juda murakkab masala. RPCh ulamolari orasida ham bu borada hozircha yagona fikr yo‘q. Ayrim rahbarlar vaksina tarafdori va ularning o‘zi ham vaksina olgan, deydi Cherkovning biotexnologiyalardan foydalanishga doir hujjatlar ishlab chiqarishga javobgar ruhoniysi Roman Tarabrin.
2009 yilda Rossiya nasroniy shifokorlar jamiyati HEK 293 hujayrasi asosida yaratilgan vaksinalardan foydalanish gunoh emas degan maqola bilan chiqqan edi. Ularning fikriga ko‘ra, ushbu hujayra bundan bir necha o‘n yillar oldin olingan va uni olishda qasddan gunoh qilinmagan. Uchinchidan ushbu harakat qayta-qayta amalga oshirilayotgani yo‘q. Shu sababli ham aksariyat nasroniylar vaksinadan xavotirsiz foydalanishi mumkin, deyilgan edi.
Ushbu qarashlar muammoni kichikroq qilsa-da, lekin butunlay hal qilmaydi. Vaksina olayotgan nasroniylar ikki “balo orasida kichikrog‘ini” tanlashga majbur, deydi Tarabarin.
Moskva patriarxatidagi manbaaning so‘zlariga ko‘ra, hozircha bu boraday aytilayotgan barcha fikrlarni – xususiy fikr deb qabul qilish kerak. Rossiya Pravoslav cherkovi bu borada o‘z rasmiy xulosasini e’lon qilgani yo‘q.
RPCh - Abort yordamida olingan hujayralardan foydalanishni hech qachon to‘liq yoqlay olmaydi. Vaksinalash esa - har doim ko‘ngilli ravishda o‘tkazilishi kerak. Dindorlar o‘z xohishiga qarab vaksina tanlash imkoniga ega bo‘lishi kerak. Shu bilan birga emlanishdan voz kechgan kishilar ham hech qanday diskriminatsiyaga duch kelmasliklari kerak, deydi Moskva patriarxati vakili.