Malayziyada dunyoda birinchi "halol" internet - brauzer yaratildi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishMusulmanka
Musulmanka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
SalamWeb nomli yangi brauzer “harom” saytlardan himoyalash, namoz vaqti haqida ogohlantirish hamda qibla tomonni ko‘rsatish funksiyalariga ega.

TOShKENT, 30 yanv – Sputnik. Malayziyaning Salam Web Technologies nomli startapi dunyoda birinchi musulmonlar brauzerini yaratdi, deb yozmoqda Bloomberg.

X Mejdunarodniy ekonomicheskiy sammit Rossiya — Islamskiy mir: KazanSummit. Den perviy - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston jamoasi Butunjahon "Halol sammitida" g‘olib bo‘ldi

SalamWeb nomli yangi internet brauzer pornografik, zararli yoki haqoratli mazmunli, qimor o‘yinlari taklif qilayotgan, alkogol mahsulotlari reklamasi bor saytlarni aniqlab, ular haqida foydalanuvchini ogohlantiradi va saytni tark etishni yoki ishlashda davom etishni taklif qiladi.  

Brauzer tarkibiga, shuningdek, musulmonlar uchun yangiliklarga obuna bo‘lish, namoz vaqti haqida ogohlantirish va “Qibla” tomonni tanlash uchun kompas funksiyalari kiritilgan.

"Biz internetni yanada yaxshiroq qilmoqchimiz. Biz u yerda ham yaxshi ham yomon narsalar borlishigini bilamiz, shuning uchun ham SalamWeb brauzerini yaratdik. U sizga Internetda faqat yaxshi narsalarni ko‘rish imkonini beradi", - deydi Zarina Xasni - kompaniya direktori. 

SalamWeb Technologies yaratuvchilari ushbu brauzer nafaqat musulmonlarga balkim boshqa din vakillariga ham manzur bo‘lishiga ishonchlari komil, chunki ushbu qadriyatlar barcha insonlar uchun muhimdir.

“Halol” brauzer Windows, Mac, iOS, Android kabi barcha kompyuter va mobil platformalarda ishlashi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0