"Burevestnik" – yadroviy dvigatelli revolyutsion raketa

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishIspitaniya krilatoy raketi s yadernim dvigatelem «Burevestnik”
Ispitaniya krilatoy raketi s yadernim dvigatelem «Burevestnik” - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Burevestnik" - uchish uzoqligi cheklanmagan yadroviy dvigatelli qanotli raketa navbatdagi sinovlarga tayyor.
Rossiyaning yangi, cheklanmagan masofaga uchish imkoniga ega bo‘lgan "Burevestnik" (Bo‘ron qushi) raketasi haqida birinchi marotaba prezident Vladimir Putin 2017-yilda xabar qilgan edi.
So skorostyu sveta: v RF ispitali novuyu giperzvukovuyu raketu Sirkon - Sputnik O‘zbekiston
Aniq va tez: Rossiyada “Sirkon” gipertovushli raketa sinovdan o‘tkazildi
2019 yilning yanvar oyida Rossiya raketa sanoati “Bo‘ron qushi” yadroviy dvigatelining sinovlari yakunlanganini va uning cheklanmagan masofaga uchish imkonini tasdiqlanganini xabar qilgan edi.
2020 yilning avgust oyida CNN Novaya Zemlya orolida faollik jadallashganini qayd etgan va raketaning sputnik orqali olingan suratlarni tarqatgan edi.
2021 yilning birinchi yarmida Novaya Zemlya orolida "Burevestnik" raketa majmuasining sinovi bo‘lib o‘tadi. Orolning materiklardan uzoqda joylashishi “9M730 mahsulotini” uzoq masofalarda sinab ko‘rish imkonini beradi.
© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishIspitaniya krilatoy raketi s yadernim dvigatelem "Burevestnik". Skrinshot video, predostavlennogo Minoboroni RF
Ispitaniya krilatoy raketi s yadernim dvigatelem Burevestnik. Skrinshot video, predostavlennogo Minoboroni RF - Sputnik O‘zbekiston
Yaponiyaning The Diplomat nashri xabariga ko‘ra, "Burevestnik" raketasi 2016-yildan buyon Astraxan viloyatidagi "Kapustin Yar" poligonida sinovdan o‘tmoqda. U yerdan 10dan ortiq raketa uchirilgan. Burevestnik NATO klassifikatsiyasi bo‘yicha SSC-X-9 Skyfall (osmon qahri) deb ataladi.
Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, “Burevestnik” 2027-yilda Rossiya armiyasiga qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Aytish joizki ushbu raketa AQSh va Rossiya orasida imzolangan, 2026-yilning 5-fevraliga qadar amal qilayotgan, qurol-yarog‘ni cheklashga doir SNV-3 shartnomasi ta’siriga tushmaydi.

Bo‘ron qushi nimalarga qodir

Odatda raketa jangovar bosh (yadroviy yoki boshqa) va suyuq yonilg‘ili dvigatelga ega bo‘ladi. Masalan, “Tomogavk” raketasi 2500 km masofagacha zarba berishi mumkin.
Yadroviy dvigatelga ega bo‘lgan “Burevestnik” raketasi esa – bir necha o‘n ming kilometr kilometr masofaga uchishi, ekvatorni bir necha bor aylanib chiqishi mumkin.
Kompleks PVO - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya harbiylariga birinchi S-500 raketa tizimlari taqdim etiladi
Undan tashqari “Bo‘ron qushi” parvoz davomida u hech qanday iz qoldirmaydi va shu sababli dushman havo mudofaa kuchlari tomonidan uni uni aniqlash va to‘xtatib qolishning iloji yo‘q. Raketani faqat uchirilish vaqti, parvozning dastlabki soniyalarida aniqlash mumkin, xolos.
Yadroviy jangovar bosh o‘rnatilgan “Burevestnik” reketasi planetaning istalgan nuqtasidagi obyektga zarba berishi mumkin. Bundan oldin esa u uzoq vaqt davomida atmosferaning qalin qatlamlarida sayr qilib yurishi va nishonga har qanday trayektoriya ostida yetib kelishi mumkin.
Raketa sputnik inersial navigatsiya tizimi yoki joy relyefi asosida nishonga olishi mumkin.
© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishIspitaniya krilatoy raketi s yadernim dvigatelem "Burevestnik"
Ispitaniya krilatoy raketi s yadernim dvigatelem Burevestnik - Sputnik O‘zbekiston
Ochiq manbaalarda aytilishiga ko‘ra, "Burevestnik" – yerda joylashtiriladigan qanotli raketa bo‘lib, u havo va suvdagi vositalarda joylashtirish uchun mo‘ljallangan barcha qanotli raketalardan kattaroq (uzunligi 10 metrga yaqin). Uchish tezligi haqida aniq ma’lumot keltirilmagan, lekin mutaxassislar 800-1000 km deyishmoqda. Parvoz davomiyligi esa sutkalar va oylarga yetishi mumkin.

Yadroviy dvigatel

“Bo‘ron qushi”ning to‘g‘ri oqimli havo-reaktiv dvigateli o‘ta kichik o‘lchamli yadroviy reaktor asosida qurilgan.  
Perviy kompleks S-350 Vitaz razmestat v Leningradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya yangi zenit-raketa tizimini tayyorladi
Raketa oddiy yonilg‘ili dvigatel yordamida start oladi ma’lum vaqtdan so‘ng yadroviy dvigatel ishga tushadi. Raketa yon tomonidagi tuynuklardan havo so‘rib oladi, yadroviy reaktorda uning harorati keskin oshib, katta bosim ostida reaktiv dvigatel soplosida tashqariga otiladi.
Parvoz davomida raketa ekologiyaga zarar yetkazmaydi.
Aytish joizki, AQSh va dunyoning boshqa davlatlarida ham kichik yadroviy reaktor yaratishga urinishlar bo‘lgan, lekin hozircha ularning barchasi muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Masalan Nuclear Energy for the Propulsion of Aircraft, Atomic Energy Commission, Aircraft Nuclear Propulsion loyihalari.

Xavfsizlik kafolati

Qo‘lga tushmas “Burevestnik”ni aniqlashning iloji yo‘q. Dushman uning qo‘llanilganini faqat biror bir obyekt yer yuzidan yo‘q qilinganidan so‘ng bilishi mumkin.
Shu sababli, Rossiya Bo‘ron qushidan faqat himoya, ushlab turish vositasi sifatida foydalanishni maqsad qilgan.
Rossiya va AQSh SNV 3ni uzaytirishga kelishib oldi - Sputnik O‘zbekiston
"Yaxshi muhim qadam": Rossiya va AQSh SNV-3'ni uzaytirishga kelishib oldi - video
Vashington, albatta, Rossiyada bunday vositalar paydo bo‘layotganidan xavotirda. AQSh yangi administratsisi ishgan tushgan kunidanoq Rossiya bilan SNV-3 shartnomasini uzaytirishga kelishib oldi.
SNV-3 shartnomasi ikkala tomondan ham kontinentlararo ballistik yadroviy raketalar sonini 700ta bilan cheklashni nazarda tutadi. Shuningdek, SNV-3 boshqa strategik qurollar miqdorini 1150ta jangovar bosh va 800ta uchirish moslamalari miqdorida  cheklaydi. Shartnoma 2026-yilning 5-fevraliga qadar uzaytirilgan.
Rossiya Davlat Dumasining Mudofaa qo‘mitasi rahbari Vladimir Shamanov aytishiga ko‘ra, bo‘lajak muzokaralar chog‘ida Rossiyada yaratilayotgan yangi strategik qurollar SNV-3 shartnomasiga kiritilishi mumkin.
Trenirovka k Paradu Pobedi - Sputnik O‘zbekiston
"Masala yopildi": harbiy siyosatshunos RF va AQShning SNV-3 bo‘yicha kelishuvi haqida
Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, Rossiya ayrimqurollarini ushbu shartnomaga kiritsa-da, eng zamonaviy "Burevestnik" raketasini u yerga kiritilishi ehtimoldan uzoq.
Ikkinchi tomondan, AQSh ham istalgan vaqti SNV-3dan chiqish ehtimoli yo‘q emas. Ustiga ustak Vashington turli strategik bayonotlarda Rossiyani – birinchi raqamli harbiy dushman deb atamoqda.
NATO o‘quv mashg‘ulotlari ham “Rossiyaning agressiv harakatlariga” qarshi qaratilgan. Bunday vaziyatda “poroxni quruq” va “Burevestnik”ni parvozga shay saqlash kerak.
Yangiliklar lentasi
0