TOShKENT, 20-iyun – Sputnik. Rossiyada yangi S-350 “Vitaz” zenit-raketa tizimini ishlab chiqarish bo‘yicha ishlar yakunlandi.
Bu haqda Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu mudofaa buyurtmasini bajarish masalalariga bag‘ishlangan hay’at yig‘ilishda ma’lum qildi.
ZRT S-350 “Vitaz” – yangi havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi hisoblanadi. Bu tizim yordamida S-300V raketa tizimini almashitish ko‘zda tutilgan. Raketa majmuasi havo hujum barcha vositalar, shu jumladan kam ko‘ringan nishonlar va uchar raketalarni yo‘q qilish imkoniyatiga ega.
Raketa tizimi “Armiya-2019” xalqaro harbiy-texnika forumida namoyish qilinadi.