“Suhbat ochiqcha bo‘ldi”: Kozak Ukraina bo‘yicha “normand” uchrashuvi yakunlari haqida

Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Dmitriy Kozak “normand to‘rtligi” ishtirokchilarining muzokaralari qanday o‘tganini ma’lum qildi.
Uchrashuv kuni kecha Berlinda bo‘lib o‘tdi. U olti soatcha davom etdi.
Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Dmitriy Kozak muzokaralar ishtirokchilari ochiq suhbat o‘tkazishganini ta’kidladi, ammo muzokaralarning biror bir bandi bo‘yicha biror bir aniq qarorni ishlab chiqishga muvaffaq bo‘linmagan.
Peregovori liderov Rossii, Germanii, Fransii i Ukraini v Minske - Sputnik O‘zbekiston
Minsk kelishuvlarining 5-yilligi - Ukraina, G‘arb va Rossiya nimalarga erishdi?
“Suhbat ochiqcha bo‘ldi, barcha asosiy masalalar yuzasidan fikr almashdik. Avvalo Minsk kelishuvining siyosiy qismini amalga oshirish yuzasidan”, - dedi Kozak.
Shu bilan birga, “normand to‘rtligi” yetakchilari maslahatchilari ayrim masalalar bo‘yicha kelishuvga erishishgan: ikki hafta davomida yangi tamoyil va yondashuvlarni ishlab chiqish.
“Rossiya hozircha Kiyev mojaroni kuch bilan hal qilish rejasini tuzayotganini his qilmayapti. Umuman olganda sulhga rioya qilinmoqda”, - deya qo‘shimcha qildi Kozak.
Shuningdek, Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari “to‘rtlikning” Yevropa a’zolari – Germaniya va Fransiya nimalarga amal qilishi kerakligi borasida o‘z nuqtayi nazarini aytdi.
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston
"Normand" sammiti bo‘lib o‘tdi. Zelenskiy endi nima qiladi?
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mamlakatlarning Donbassda tinchlikni tartibga solish to‘g‘risidagi Kiyev bilan konstruktiv muloqot borasida jiddiy xavotiri bo‘lishi lozim.
“Normand to‘rtligi” Parijda nimalar haqida kelishib oldi?
Kozak keyingi “normand” uchrashuvi hoynahoy onlayn bo‘lishini ma’lum qildi.
“Normand to‘rtligi” Rossiya, Ukraina, Germaniya va Fransiya mamlakatlari rahbarlarining guruhi. Guruh 2014-yili Normandiyada Ukraina sharqidagi vaziyatni tartibga solish uchun tashkil etilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0