AQSh nega F-35 qiruvchisi seriyali ishlab chiqarilishini yana kechiktirdi

© AFP 2023 / FABRICE COFFRINIIstrebitel F-35 Lightning II
Istrebitel F-35 Lightning II - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh Mudofaa vazirligi F-35 Lightning II seriyali ishlab chiqarilishi boshlanishini yana bir bor bekor qildi. Qiruvchi hali to‘rt yil oldin yengib o‘tilishi kerak bo‘lgan jangovar sinovlarga tayyor emas.
Qo‘shma Shtatlar ko‘rinib turibdiki, o‘zining texnologik imkoniyatlariga juda yuqori baho berib yubordi va 2021-yil yanvarida "qiymati 1,6 trillion dollardan oshgan jahon tarixidagi eng ko‘lamdor qurol-yarog‘ dasturi" bo‘lgan "beshinchi avlod" F-35" qiruvchilari ishlab chiqarilishi katta miqdordagi genetik xatoliklar bilan atigi 615 ta kichik seriyali modifikatsiyada to‘xtab qoldi.
Amerikanskiy istrebitel F-35B  - Sputnik O‘zbekiston
Amerika "ko‘rinmasi"ning yangi fojiasi: F-35 havoda o‘z zapravkachisini taran qildi
AQSh Mudofaa vazirining xaridlar va ta’minot bo‘yicha o‘rinbosari Ellen Lord F-35 Lightning II ning 2021-yil mart oyiga rejalashtirilgan seriyali ishlab chiqarilishini bekor qildi. Asosiy sabab - texnik muammolar. Qiruvchi bir qator jiddiy kamchiliklarga ega va zamonaviy havodan hujumga qarshi mudofaa tizimlariga qarshi kurashda o‘z samaradorligini isbotlamagan.
F-35ning turli modifikatsiyalari 2011-yildan buyon ishlab chiqariladi, qiruvchi 2014-yilda rasman qurol-yarog‘lar safiga qabul qilingan. Bugungi kunda rejadagi 3200 "ko‘rinmas"lardan faqat 600dan ziyodrog‘i ishlab chiqarilgan, ammo Pentagonning F-35ni seriyali ishlab chiqarish to‘g‘risidagi rasmiy qarori - bu jiddiy muammolarni hal qilish uchun mo‘ljallangan qiruvchining jangovar tayyorgarligini kafolatlash, xorijiy buyurtmachilar va amerikalik soliq to‘lovchilar uchun "sifat belgisi", shuningdek ishlab chiqarish samaradorligini tasdiqlash va sotishdan keyingi texnik xizmatdan iborat edi.
Pilot F-35 vo vremya podgotovki k vzletu v Saut-Berlingtone, SShA - Sputnik O‘zbekiston
F-35 modernizatsiyasi - to‘kilgan obro‘ oqibati
AQSh Mudofaa vazirligi qarori yo‘q ekan - yuqori jangovarlik ham, haqiqiy sifat ham va chet eldan talab ham yo‘q, demak.
F-35 istiqbollari unchalik shaffof emas, Pentagonni ijobiy qarori bir necha yildan buyon ortga surilib kelinmoqda. Saylangan prezident Jo Bayden administratsiyasi tomonidan tayinlanadigan yangi jamoa mustaqil texnik ekspertiza uchun barcha kerakli ma’lumotlarni olib, 2046-yilgacha F-35 ni seriyali ishlab chiqarish bo‘yicha qaror qabul qilgunicha bir necha oylab vaqt o‘tib ketadi.
"Ko‘rinmas"larni ekspluatatsiyadan chiqarish 2070-yildan boshlanishi belgilangan. Rejalar fantastik, albatta. Amaliyotdagi ekspluatatsiya esa kundan-kun mutaxassislar ko‘nglini qoldirmoqda. F-35 Lightning II ko‘plab parametrlari bo‘yicha beshinchi avlodga tortmayapti: tovush tezligiga qadar kreyser tezlik, radarlarda ko‘rinishi, avariyaga uchrashi ehtimoli yuqori ekanligi bilan. Yadroviy qurolni tashuvchi samolyotni sertifikatlash ishlari 2023-yilning yanvariga rejalashtirilgan, ammo F-35ning barcha muvaffaqiyatsizliklaridan keyin bu muddatni ham keyinga qoldirishlari mumkin.
Polet istrebitelya F-15 - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Turkiyani F-35 dasturidan chiqarib yuborishga tayyormi? Siyosatshunosning fikri

Amerikancha orzu

F-35 Lightning II ekspluatatsiyaviy sarflari to‘rtinchi avlod qiruvchilariga nisbatan ancha yuqori, bu esa davlat amaldorlarini ko‘p miqdorda "ko‘rinmas"lar xarid qilish maqsadga muvofiqligi borasida gumonga borishga majbur etmoqda. Ammo F-35 dasturiga investitsiyalar shunchalik ahamiyatliki, undan voz kechishning imkoni yo‘q. AQShdan tashqari bu dasturga Belgiya, Buyuk Britaniya, Polsha, Italiya va boshqa davlatlar pul tikishgan, ammo barchasi - pul, vaqt, sayi-harakatlar bekorga sarflangani ayon bo‘lmoqda. Amerikaning Military Watch jurnali 3-yanvar kuni: g‘arb dunyosidagi yagona beshinchi avlod qiruvchisi bo‘lgan F-35 "to‘liq jangovar tayyorgarlikdan o‘ta yiroqligi va 2025-yilga qadar yuqori jadallikdagi jangovar harakatlar uchun yaroqsiz bo‘lishi mumkin", deya e’lon qildi.
F-35ning ishlab chiqarish dasturi uchun javobgar bo‘lgan rasmiy shaxslar to‘rtinchi yildirki qiruvchilarning jangovar sinovlarga tayyorgarligi sanasini aniqlashtira olishmayapti. "Chaqmoq"ning murakkab qurollanish tizimlarini tekshirish uchun ham simulyatsion markaz hozircha tayyor emas. Ehtiyot qismlarning yetishmovchiligi tufayli 2020-yilda pudratchi ishlab chiqarish jadalligini pasaytirdi. Sal oldin AQSh Mudofaa vazirligi yangi F-35larni texnologik brak (korpusidagi korroziyadan tortib dasturiy ta’minotgacha) tufayli bir necha marotaba qabul qilishdan bosh tortgan, kamchiliklar "beshinchi avlod" mashinalarining ikki yuztasida aniqlangan. O‘z hisobotida Pentagon F-35 xizmat muddati bor-yo‘g‘i 2100 parvoz soatlarini tashkil etishini aytib o‘tgan. Avval boshdan qiruvchi 8000 parvoz soatiga mo‘ljallab ishlab chiqarilgan (ya’ni qirq yilgacha xizmat muddati).
Istrebitel-bombardirovshik patogo pokoleniya F-35 - Sputnik O‘zbekiston
G‘alati “ko‘rinmas”: nima sababdan F-35 dumi tovush tezligidan yuqori tezlikda uzilib tushadi
Kamchiliklarning bunday "buketi"ga qaramay, o‘nlab turli modifikatsiyadagi F-35 qiruvchilari paradoksal holatda xorijiy sheriklarga sotilmoqda va sakkizta davlatda (jumladan, AQShning o‘zida ham) ekspluatatsiya qilinmoqda. Buyuk Britaniya, Gretsiya, Daniya, Isroil, BAA, Qatar, Yaponiya bugungi kunda harbiy-havo kuchlariga o‘zlarining "ko‘rinmaslarini" kutishmoqda. Misol uchun, faqatgina Isroil HHK 50ta F-35 qiruvchisiga buyurtma bergan va yana yigirmata "ko‘rinmas"larni olishni istaydi.
"Chaqmoq"larni boshqarishga 1200dan ortiq uchuvchilar, 10 mingdan ortiq texnik esa – F-35ga xizmat ko‘rsatishga o‘qitilgan. Ushbu fonda Lockheed Martin firmasi F-35A modifikatsiyasi uchun narxni dastlabki $ 250 mln.dan $ dan 80 mln.gacha tushirishga muvaffaq bo‘ldi. Amerika marketingi AQShdagi texnologiyalar darajasini sezilarli ortda qoldirmoqda. Qanotli orzu yoki "Chaqmoq"qa, toki u xaridorgir ekan, yaxshi uchish shart emas.

Zararli moslashuvchanlik

F-35 Lightning II bilan sodir bo‘lgan seriya katastrofalar kelgusi yillarda mashina taqdiri oson kechmasligini prognoz qilish mumkin.
Va agar eng yangi amerika viruvchisi tinch ekspluatatsiyada texnologik jihatdan nimjon ekan, u holda jangovar muhitdagi uchrashuv u uchun qayg‘uli tugashi oldindan ma’lum, masalan, Rossiyaning beshinchi avlodga mansub Su-57 qiruvchisi, S-400 zenit raketa-majmuasi yoki radioelektron kurash vositalari bilan. "Ko‘rinmas" o‘ta shafqatsiz reallikka moslashishiga to‘g‘ri kelmoqda.
Amerikalik "beshinchi avlod" qiruvchisining asosiy kamchiliklari sonini beshtagacha qisqartirishga muvaffaq bo‘lindi, garchi bu narxi 80 million dollar (HHK uchun modifikatsiya) dan to 130 million dollargacha (harbiy dengiz kuchlari uchun modifikatsiya) bo‘lgan mashina uchun juda ko‘p bo‘lsada. Tovush tezligidan ham tez uchish xususiyati planer, stels-qoplama va samolyot dum qismidagi antennalarga ularni yo‘q qilish bilan tahdid soladi. Biroq, Pentagon Lockheed Martin dushmani emas va F-35 ekspluatatsiya xususiyatlarini odob saqlagan holatda korreksiya qilib berdi, u hozirda tovush tezligiga qadar va qisqa tezlashishga qodir bo‘lgan qiruvchi hisoblanadi. Maxsus instruksiya Harbiy dengiz kuchlari (F-35B) va Dengiz pexotasi (F-35C) modifikatsiyalari uchun 1,2 Maxga tezlikni olish uchun ruxsat berilgan soniyalar sonini belgilaydi. Ma’lum bo‘lishicha, dizayndagi kamchiliklarni shu tarzda ham bartaraf etsa bo‘lar ekan.
Istrebitel F-35 - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Turkiyaga birinchi F-35 qiruvchi samolyotini topshirdi
Eslatib o‘tamiz, sal ilgariroq amerikaning beshinchi avlod qiruvchisi F-22 Raptorning yaratilishi muvaffaqiyatsiz, deya tan olingan edi. Ishonchsiz radioyutuvchi qoplama, metrli diapazonga ega radarlarda F-22ning ko‘rinishi, 750 km radiusgacha harakat, seriyali mashinaning kosmik narxi ($350 mln) – 2009-yilda dastur reja qilingan qiruvchilarning 25%ni bajarganidan so‘ng to‘xtatilishiga sabab bo‘lgan edi. Jami 187ta qiruvchilar chiqarilgan, xolos. F-22 dasturining bu yashovchanlik qobiliyatini qaysidir ma’noda o‘ta qimmat turuvchi texnik xizmat ko‘rsatilish ham nuqta qo‘yishiga sabab bo‘lgan edi. AQSh hukumati Hisob palatasi ma’lumotlariga ko‘ra (GAO) 2020-yilning 29-noyabrida taqdim etilgan AQSh HHK bosh qiruvchisi beshinchi avlodga mansub bo‘lgan F-22 Raptor – texnik xizmat ko‘rsatishga bo‘lgan favqulodda yuqori talablar va ekspluatatsiyaviy xarajatlar tufayli - o‘zgarishsiz jangovar tayyorgarlik jihatdan eng yomon samolyot bo‘lib qolgan.
Agar tinch vaqtda ishchi holatida ushbu mashinalar parkining yarmi ahvoli shu bo‘lsa, urushda nima bo‘ladi?
Eng so‘nggi F-35 Lightning II qiruvchisi bilan ham xuddi shu yo‘nalishda voqealar rivoji kuzatilmoqda. AQSh hukumati Hisob palatasi ilgariroq F-35ning texnik xizmat ko‘rsatilishi juda muammoli ekani, Pentagonning F-35ni ta’mirlash bo‘yicha imkoniyatlari esa grafikdan olti yilga ortda qolayotganini ma’lum qilgandi. Mudofaa vaziri o‘rinbosari Ellen Lord fikricha, harbiylar F-35 ta’minoti uchun sarf-harajatlarni ko‘tara olmaydi: "Qurolli kuchlarning eng yangi va eng zamonaviy qiruvchi samolyotini saqlash keyingi yillarda eng jiddiy muammo bo‘ladi ... va, ehtimol, jangovar tayyorgarlikka putur yetkazishda davom etadi".
Yangiliklar lentasi
0