Parchalangan AQSh tashqi dunyo uchun xavfliroq bo‘ladimi?

© REUTERS / Shannon StapletonStoronniki Donalda Trampa u zdaniya Kongressa SShA v Vashingtone
Storonniki Donalda Trampa u zdaniya Kongressa SShA v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi paytlarda chuqurlashib borayotgan ichki sisosiy inqiroz AQShni tashqi dunyo uchun yanada xavfliroq qiladi degan fikrlar yangramoqda.
Chuqurlashib borayotgan ichki sisosiy inqiroz AQShni tashqi dunyo uchun yanada xavfliroq qiladi – millatchi Trampdan revansh olgan, ruhlangan siyosiy elita dunyo maydonida qo‘ldan boy berilganlar o‘rnini to‘ldiradi, amerikaliklarning diqqatini ichki muammolardan tashqilarga qaratishga urinadi, umuman olganda yaralangan yirtqich harakatlari oldindan kutilmagan bo‘ladi. Shunga o‘xshash prognozlarni so‘nggi paytlarda Rossiyada tez-tez eshitish mumkin. Ularning hammasi Shtatlar shunchaki superderjava emas, balki hozircha raqobatchisi bo‘lmagan dunyo gegemoni degan fikrdan kelib chiqishmoqda. Shu bois, AQShdagi inqiroz bizga foydali bo‘lsa-da, bu yerda xursand bo‘larli hech vaqo yo‘q, aksincha, yangi sinovlarga hozirlanmoq zarur – ular barcha frontlarda bizga qarshi hujumga o‘tishlarigacha.
Kubinskiy flag nad naberejnoy Malikon - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Kubani terrorizm homiysi deb e’lon qildi
Bu pozitsiya (qarama-qarshi belgi bilan bo‘lsa ham) Tramp g‘alabasidan keyin, undan so‘ngra esa “Kapitoliy shturmidan” keyin G‘arb elitalarining bir qismi alanga oldirishni boshlagan vahimalarga yaqin: dahshat, Amerika avvaliga global yetakchilik yukidan va butun dunyoda demokratiya himoyachisi rolidan voz kechmoqda, so‘ngra esa o‘zi xaosga cho‘madi! Endilikda kim butun dunyoda tinchlikni qo‘llab-quvvatlaydi va insoniyatni globalizatsiya yo‘lida tezlashtiradi? Kim G‘arb tomonidan o‘rnatilgan tinchlik tartibiga va demokratik yutuqlariga tahdid solayotgan kuchga to‘layotgan Xitoy, Rossiya va boshqa mamlakatlarni to‘xtatadi?
Shubhasiz, AQSh haqiqatdan gegemonizmga da’vogarlik qilgan dunyodagi eng kuchli davlat, faqat bu davlat o‘ta bemor, ustiga ustak, hozirgi hodisalarga qadar ichidan darz ketgan. Uni aynan unga kuch bergan narsa nobud qildi: AQSh milliy davlati va globalizatsiyaning atlantik loyihasini olg‘a siljitish manfaatlari o‘rtasidagi munosabatlar buzilishi. Ya’ni Ikkinchi jahon urushidan keyin global tinchlik quruvchisi rolini o‘ziga olgan Shtatlar ichidan darz ketdi. AQSh yemirilishi ko‘z o‘ngimizda ro‘y bermoqda – biroq hozirgi zamon kishilariga bo‘lib o‘tayotgan hodisalar tezligiga baho berish hamisha mushkul.
Vizit gossekretarya SShA Maykla Pompeo v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Pompeo Rossiyani AQSh dushmani deb atadi
Amerika hamisha agar dunyo yetakchisi bo‘lmasa, unda xaloskor va o‘ta nufuzli davlat bo‘lgani haqidagi tasavvurlar tarix tekshiruvlariga dosh bermaydi. Bu juda yosh davlat – besh yildan keyin 250 yoshga to‘ladi. O‘zining qisqa tarixining yarmida u o‘zining shaxsiy muammolari bilan shug‘ullangan. Qo‘zg‘olon ko‘targan Yevropaning go‘dagi Shtatlar o‘zining Yangi Dunyosi bilan shug‘ullandi. Faqat XIX asrning oxirida o‘sha paytlar eng zaif Yevropaning mustamlakachi davlatlari Ispaniyadan uning Karib va Osiyo mulklarini (Kuba va Filippin) tortib olishga jur’at qildi.
Aksiya protesta storonnikov Trampa v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Trampni bo‘lisholmadi. AQShda prezident tarafdorlari va qarshi tomon o‘rtasida jang yuz berdi
XX asr boshida Amerika dunyo maydoniga chiqdi – ikki Yevropa va jahon urushlarida qatnashgani sabab avvaliga G‘arb dunyosi gegemoniga aylandi, undan keyin global hukmronlikka bel bog‘ladi. So‘nggi yarim asr davomida AQShning milliy davlatdan atlantika elitasining global hukmronlik loyihasini amalga oshirish uchun bazasiga sekinlik bilan qayta tug‘ilishi yuz berdi. Yangi Vavilon qurishdagi yo‘lda Shtatlar (aniqrog‘i, ularning shaklini olgani) dunyo maydoniga hayratlanarli muvaffaqiyatga erishdi. Lekin endi qanday tez erishgan bo‘lsa xuddi shunday – yanada  tezroq - yo‘qotmoqda. Ha, hozir ko‘pchilik uchun buni tasavvur qilish qiyin: hammasi qanchalik tez o‘zgarishini tushunish uchun rus yoki xitoylik bo‘lish kerak.
Agar bundan bir yuz ellik yil ilgari biror kishiga 2021-yilda yagona Yevropa hukumatining rahbari nemis bo‘ladi, Kiyev Rossiyada bo‘lmaydi deb hikoya qilib berilganda, xulosa bir xil bo‘lgan bo‘lardi – endigina tashkil etilgan Ikkinchi Germaniya reyxi (u 1871-yil 18-yanvar kuni e’lon qilingan) shu qadar muvaffaqiyatli ediki, butun Yevropani birlashtiribgina qolmasdan, Rossiyani yakson qildi va undan Polsha va Malorossiyani ajratdi. Agar shunday kuzatuvchiga yana dunyoning siyosiy xaritasini ko‘rsatishganda edi, uning xayoliga AQShni dunyo gegemoni deb atash kelmasdi – axir uning hududi o‘tgan bir yuz elik yil davomida deyarli kengaymadi, aniqku, natijada dunyoni kim boshqaradi. Nemislar! U Germaniya Yevropani boshqarishiga qaramasdan ikkita jahon urushida mag‘lub bo‘lgani va geosiyosiy va harbiy jihatdan AQShga qaramligini bilib, juda hayron qolgan bo‘lardi.
Aksiya protesta storonnikov D. Trampa v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Vashingtondagi tartibsizliklarda 4 kishi halok bo‘ldi
Xitoy ham hududiy jihatdan kengaymadi – lekin ichidan bo‘lingan va tobe mamlakatdan dunyoning eng kuchli iqtisodiyotiga aylandi. Ya’ni u ming yillarcha bo‘lgan mavqeyini o‘ziga qaytardi. Ammo dunyoning globalizatsiyalashayotgan sharoitida u o‘z qobig‘iga o‘ralmaydi – u dunyo maydoniga chiqdi va uni to‘xtatib bo‘lmaydi.
AQSh nazariy jihatdan hozirgi inqirozdan keyin ham saqlanib qolishi mumkin edi. Shunchaki globalizatsiyani bir tomonlama boshqarishning imkoni yo‘qligini tan olish, gegemon rolidan voz kechish va dunyo davlatlari konsertlariga o‘tishi kerak edi. Bir paytning o‘zida o‘zining infratuzilmalari va iqtisodiyotini tiklash, ya’ni milliy davlatini mustahkamlash bilan shug‘ullanish kerak.
Vzriv u zdaniya kongressa v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Kongress Jo Baydenning AQSh prezidenti etib saylanganligini tasdiqladi
Tramp aynan shu yo‘ldan olib borayotgandi – ko‘pincha ichki his bilan sezib, biroq to‘g‘ri. Ammo globalcha kayfiyatdagi Amerika elitasining AQShning davlat singari ishi bilan yo‘q. Aniqrog‘i, ular uni irqsiz va jinssiz yagona insoniyat timsoliga aylantirishga tayyorlar. Lekin bunday jamiyatni barpo qilish – xomxayol g‘oya. Xitoy, Rossiya, Germaniya va boshqa davlatlardan farqli o‘laroq Shtatlarning nafaqat ildizi yo‘q, balki uni davlat sifatida shakllantiruvchi xalqi ham yo‘q. O‘zaksiz hech qanday mustaham davlat bo‘lishi mumkin emas, dunyo gegemoni haqida gapirish uyoqda tursin.
Gegemon, shunday bo‘lsa ham, dunyo hukmroligini qo‘llashga bo‘lgan kuch shundoq ham yo‘q. Vashingtonda hukumat tepasiga qaytgan globalchilar buni yaxshi tushunishadi. Obama davridayoq ular globalizatsiya uchun majburiyatlarni taqsimlashga urinishni boshlashgan – ittifoqchilar va hamkorlar bilan “liderlikni” bo‘lib olishgan. Biroq banket uchun pul to‘lashni xohlovchilar topilmadi.
Shturm Kapitoliya, strelba i pogibshie: glavnoe o sobitiyax v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
AQShdagi tartibsizliklar, otishma va qurbonlar – voqea joyidan video
Hozir Bayden ma’muriyati tashqi maydonda juda ehtiyotkor bo‘ladi – hech qanday keskinlashuv, hech qanday janjal, bu AQSh vaziyatini faqat yomonlashtirish uchungina emas, balki yangi hukumatning haqiqatdan ham keskinlashayotgan ichki muammolariga ko‘p e’tibor qaratib, say’-harakatlarni amalga oshirishiga to‘ri keladi. Buning ustiga yangi hukumat “telbanoma Tramp” hukumatidan tubdan farq qilishini ko‘rsatishi kerak bo‘ladi – aynan o‘sha “aqldan oshgan” biror bir yangi urushni boshlamagani va hatto shu bahor oxiriga kelib Afg‘onistondan qo‘shinlarni to‘liq olib chiqish majburiyatini olganiga qaramasdan.
Ustiga ustak Bayden ma’muriyati, albatta, og‘izda optimizm va xaloskorlikni namoyish etadi. “Demokratiya sammitini” o‘tkazadi, “atlantika birdamligini” mustahkamlaydi, Xitoyga qarshi, Rossiyaga bosim o‘tkazish uchun yagona frontni to‘playdi. Lekin bu choralarning natijalari juda past bo‘ladi, dunyoda AQShga bo‘lgan munosabat yanada xotirjamroq bo‘ladi. Dunyo uzil-kesil “Amerika asri” bitib borayotganiga ishonch hosil qiladi, nafaqat xalqaro maydonda, balki AQShning o‘zida.
Yangiliklar lentasi
0