Pompeo Rossiyani AQSh dushmani deb atadi

© AFP / KEVIN LAMARQUEVizit gossekretarya SShA Maykla Pompeo v Uzbekistan
Vizit gossekretarya SShA Maykla Pompeo v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Odatda amerika rasmiylari Rossiyani dushman emas, raqib deya atardilar. Pompeoning o‘zi shu haftada Rossiyani AQSh uchun "real tahdid", deb atagan edi.

TOShKENT, 19 dek - Sputnik. AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Rossiya Amerika dushmanlari ro‘yxatiga kirishini ma’lum qildi. RIA Novosti xabari asosida.

Rabota za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston
AQSh 100 million o‘g‘irlagan xakerlar tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi

"Menga hamma bizning dushmanimiz kim, deya savol beradi, javobim shunday: bizning hayot tarzimiz, respublikamiz, asosiy demokratik tamoyillarimizga putur yetkazishni istaguvchilar bisyor. Rossiya bu ro‘yxatga kirishi aniq", - degan Pompeo Mark Levin radioshousida bergan intervyusida.

Odatda amerika rasmiylari Rossiyani dushman emas, raqib deya atardilar. Pompeoning o‘zi shu haftada Rossiyani AQSh uchun "real tahdid", deb atagan edi.

Davlat kotibi amerika OAVlarida paydo bo‘lgan va go‘yoki Rossiyaning yaqindagi kiberhujumlarga aloqadorligi haqida aytilgan xabarlarni eslatib o‘tdi.

Rossiya elchixonasi AQShda olti rossiyalikka qo‘yilgan ayblovga munosabat bildirdi >>>

Pompeo Rossiya rahbriyati haqida gapirar ekan "ular ozodlikni sevadiganlar uchun real tahdid", deya qo‘shimcha qilgan. U shuningdek, Rossiya tomonidan bo‘layotgan xavfni mutlaqo kamaytirishni istamagan holda, Xitoy ham AQSh uchun undanda kattaroq "ekzistensial" xavfligini qayd etgan.

Xillari Klinton - Sputnik O‘zbekiston
Xakerlar Xillari Klintonning "Vikipediya"dagi sahifasi o‘rniga porno suratlarni joyladi

Sal oldin Reyter agentligi o‘z manbalariga tayangan holda, chet el davlati hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlangan bir guruh xakerlar AQSh moliya vazirligi hamda telekommunikatsiya va axborot bo‘yicha milliy boshqarmasi tizimlarini buzib kirgani va barcha ma’lumotlarni o‘g‘irlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek, xabarda, AQSh ichki xavfsizligi vazirligi tizimi ham xakerlar tomonidan buzilgan bo‘lishi mumkinligi aytilgandi.

Xakerlar hujumi ko‘lami shu qadar jiddiy edi-ki, manbalarning birini so‘zlariga ko‘ra, bu masala bo‘yicha shanba kuni AQSh milliy xavfsizligi kengashi uchrashuvi o‘tkazilgan. Washington Post nashrining o‘z manbasiga tayanib yozishicha, ushbu hujumda rossiyalik xakerlar ayblangan, ammo buni isbotlovchi biror dalil keltirilmagan.

Rossiyaning AQShdagi elchixonasi amerika OAVlarining Moskva nomiga yog‘dirgan ayblovlarni asossiz deb atadi. Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov AQSh moliya vazirligiga bo‘lgan xakerlik hujumlariga izoh berar ekan, bunda Rossiya mutlaqo aloqador emasligini aytgan.

Yangiliklar lentasi
0