Trampni bo‘lisholmadi. AQShda prezident tarafdorlari va qarshi tomon o‘rtasida jang yuz berdi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishAksiya protesta storonnikov Trampa v Vashingtone
Aksiya protesta storonnikov Trampa v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hodisa 6-yanvar kuni Kapitoliyda amaldagi prezident tarafdorlari tomonidan uyushtirilgan tartibsizliklar tufayli AQSh prezidenti Donald Trampga impichment e’lon qilinishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida yuz bergan.
TOShKENT, 10 yanv - Sputnik. Kaliforniya shtatining San-Diyego shahrida AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp tarafdorlari va unga qarshilar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi, deb xabar qilmoqda amerikaning Fox5 telekanali.
Shturm Kapitoliya, strelba i pogibshie: glavnoe o sobitiyax v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
AQShdagi tartibsizliklar, otishma va qurbonlar – voqea joyidan video
Mojaro qirg‘oqdan boshlangan, Tramp tarafdorlari mitingi aynan shu joydan prezidentni qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘lga chiqqanlar. Shu paytda miting qatnashchilari yonida amaldagi prezidentni yoqtirmaydiganlar paydo bo‘lgan, oqibatda ikki guruh o‘rtasida to‘qnashuv yuzaga kelgan.
Tramp raqiblari orasida shuningdek, antifashist guruhlar ham kuzatilgan, deya xabar qilgan telekanal.
Ayni vaqtda barcha guruhlar hududni tark etishgan, tomonlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar politsiyachilar tomonidan to‘xtatilgan.
Vzriv u zdaniya kongressa v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Kongress Jo Baydenning AQSh prezidenti etib saylanganligini tasdiqladi
Hodisa 6-yanvar kuni Kapitoliyda amaldagi prezident tarafdorlari tomonidan uyushtirilgan tartibsizliklar tufayli AQSh prezidenti Donald Trampga impichment e’lon qilinishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida yuz bergan.
OAVlar to‘qnashuvlar oqibatida besh kishi, shu jumladan, bir nafar politsiyachi halok bo‘lgani haqida xabar berishgan edi.
Sal oldin Kongressda prezident saylovlarida demokratlar partiyasi vakili Jo Bayden g‘alaba qozonganini tasdiqlashgan edi. Bayden inauguratsiyasi 20-yanvarga rejalashtirilgan. Tramp saylovlar natijalarini tan olmayapti va ularni soxtalashtirilgan, deb hisoblaydi.
Yangiliklar lentasi
0