Jamiyat

Oʻzbekistonda identifikatsiya ID-kartasini qanday olsa boʻladi

© Press-slujba MVDS 1 yanvarya 2021 goda vmesto biometricheskogo pasporta budut vыdavatsya ID-kartы
S 1 yanvarya 2021 goda vmesto biometricheskogo pasporta budut vыdavatsya ID-kartы  - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Brifingda identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish va berish tartibi tushuntirildi. Identifikatsiya ID-kartalarini rasmiylashtirish va berish ikki bosqichda amalga oshirilishi belgilangan
TOSHKENT, 12 yanv — Sputnik. Bugun, 12 yanvar kuni ommaviy axborot vositalari bilan oʻtkaziladigan brifingda identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish va berish tartibi tushuntirildi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.
ID-karta uzb - Sputnik Oʻzbekiston
Infografika
Pasport oʻrniga ID-karta
2021 yil 1 yanvardan boshlab amaldagi biometrik pasport oʻrniga identifikatsiya ID-kartasini joriy etildi. Identifikatsiya ID-kartasini joriy etishda bir qator xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasi oʻrganib chiqildi.
Identifikatsiya ID-kartalarini rasmiylashtirish va berish ikki bosqichda amalga oshirilishi belgilangan. Jumladan, 1-bosqich 2021 yil 1 yanvardan 2022 yil 31 dekabrgacha boʻlgan davrni tashkil etadi.
Ushbu davrda identifikatsiya ID-kartalari 16 yoshga toʻlgan hamda qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa sabablar, yaʼni shaxsni tasdiqlovchi hujjatini yoʻqotgan, yaroqsiz holga kelgan, biografik maʼlumotlari oʻzgargan shaxslarga hamda ixtiyoriylik asosida shaxsni tasdiqlovchi hujjatini almashtirish istagini bildirib murojaat qilgan shaxslarga rasmiylashtirib beriladi.
2-bosqich 2023 yil 1 yanvardan 2029 yil 31 dekabrgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Bunda identifikatsiya ID-kartalari shaxsni tasdiqlovchi hujjatining amal qilish muddati tugaganligi yuzasidan murojaat qilgan shaxslarga rasmiylashtirib berish nazarda tutilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti 2030 yil 1 yanvardan haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Pasport Rossii - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Rossiyada chet elliklarning ishga joylashishi va pasport olishi soddalashtiriladi
Bundan tashqari, identifikatsiya ID-kartalarini rasmiylashtirib berishda, belgilangan hujjatlar qabul qilib olinganidan soʻng 1 ish kuni mobaynida, oʻzgalar yordamiga muhtoj qariyalar va nogironligi boʻlgan shaxslardan identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish uchun murojaat kelib tushganida masʼul xodim tomonidan 15 kun muddatda ushbu shaxslarning yashash manziliga borgan holda identifikatsiya ID-kartasi rasmiylashtirish va koʻrsatilgan xizmat uchun qoʻshimcha toʻlov undirmaslik tartibi belgilangan.
Shuningdek, identifikatsiya ID-kartasini olish uchun murojaat etilganda tugʻilganlik haqidagi guvohnoma haqidagi maʼlumotlar "Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining yagona elektron arxivi" axborot tizimi orqali olish tizimi ham joriy etilgan.
Yil boshidan shu kunga qadar mamlakat hududida 16 ming 471 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolar, 62 nafar doimiy yashovchi chet el fuqarolari hamda 21 nafar doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ID-karta bilan hujjatlashtirildi.
Yangiliklar lentasi
0