Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda 2021-yildan boshlab ID-kartalar tizimi joriy etiSh haqida farmon imzoladi. Unga ko‘ra yaqin kelajakda mamlakat ichida shaxsni aniqlash uchun biometrik pasport o‘rniga ID kartalardan foydalanish boshlanadi.
ID-karta ichida shahsiy biografik ma’lumotlar saqlanadigan elektron chip, elektron imzo sertifikatlari bilan jihozlangan bo‘lib, banklar va davlat muassasalarida xizmatlar olishni soddalashtiradi.
ID-kartalar nafaqat O‘zbekiston fuqarolariga, balkim Respublikada doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ham beriladi.
2021 yildan boshlab bosqichma bosqich ID-kartalar tizimga o‘tish boshlanadi. 2031-yilga kelib biometrik pasportlar amal qilishi to‘xtatiladi.
ID-karta olish uchun davlat xizmatlari markaziga yoki migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga murojaat qilish va 198,4 ming so‘m davlat bojini to‘lash kerak bo‘ladi.
ID-karta – faqat O‘zbekiston hududida amal qiladi, xorijga chiqish uchun – biometrik pasport kerak bo‘ladi.