https://oz.sputniknews.uz/20210112/IIV-zbekiston-fuarolari-ikkinchi-davlat-pasportini-olishi-olatida-onunbuzarlik-krmadi-15770715.html
IIV O‘zbekiston fuqarolari ikkinchi davlat pasportini olishi holatida qonunbuzarlik ko‘rmadi
IIV O‘zbekiston fuqarolari ikkinchi davlat pasportini olishi holatida qonunbuzarlik ko‘rmadi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunga asosan, chet elga chiqib ketgan O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga fuqarolikdan chiqmagan holda Rossiya yoki... 12.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-12T19:02+0500
2021-01-12T19:02+0500
2021-04-01T13:12+0500
migratsiya
pasport
rossiya pasporti
migrantlar
fuqaro
fuqarolik
chet el fuqarolari
rossiya fuqaroligi
o‘zbekiston fuqarosi
o‘zbekiston fuqaroligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/496/26/4962645_0:177:3015:1872_1920x0_80_0_0_0579b4f2e8dca3b1923ca48f1b1aa631.jpg
TOShKENT, 12 yanv - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. O‘zbekiston IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilshodbek Murodbekov O‘zbekistondan chet davlatga vaqtinchalik yoki doimiy yashashga chiqib ketgan va O‘zbekiston pasportidan voz kechmagan holda chet davlat pasportini olgan fuqarolar borasida izoh berdi.Murodbekov ushbu holatga to‘xtalar ekan, O‘zbekiston fuqarolari ichida chet elga vaqtincha yoki doimiy yashashga ketganlar juda ko‘pligini ta’kidlab, ular orasida chet davlat fuqaroligini qabul qilganlar ham bor, deya qo‘shimcha qildi.Aniqlik kiritilishicha, bunday fuqarolar nafaqat Rossiya Federatsiyasi, balki Qozog‘iston, Isroil, Germaniya singari davlatlarda ham ko‘p.IIV vakili statistik ma’lumotlarni keltirmadi. Ammo O‘zbekistonda bitta fuqarolik tan olinishini qayd etdi."O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunga asosan chet elga chiqib ketgan O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga fuqarolikdan chiqmagan holda Rossiya pasporti bilan kirib kelsa yoki boshqa chet el pasporti bilan kirib kelsa u O‘zbekiston fuqarosi sifatida tan olinadi. Ya’ni ro‘yxatga olishda ham xorijga ketgan fuqaroning pasporti amal qilish muddati tugagan yoki yo‘qolgan bo‘lsa unga yangi O‘zbekiston fuqarosi pasporti, hozirgi kunda esa ID-karta rasmiylashtirib beriladi. Fuqaro xohishiga ko‘ra xorijga chiqish pasporti ham rasmiylashtiriladi", - deya tushuntirdi Murodbekov.Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarining aytishicha, bu yerda hech qanaqa qonunbuzarlik yoki bir salbiy holat yo‘q."Agar O‘zbekiston fuqaroligidan chiqqan bo‘lsa u vaqtincha ro‘yxatga olinib, kelgusida doimiy yashashga ruxsatnoma ham berilishi mumkin", - dedi u.
https://oz.sputniknews.uz/20210112/Ozbekistonda-identifikatsiya-ID-kartasini-anday-olsa-bladi-15769655.html
https://oz.sputniknews.uz/20200924/Pasport-rniga-ID-karta-15045567.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/496/26/4962645_141:0:2872:2048_1920x0_80_0_0_6ed9f466f7b21b2aa55df28f2b9c4e7b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, pasport, rossiya pasporti, migrantlar, fuqaro, fuqarolik, chet el fuqarolari, rossiya fuqaroligi, o‘zbekiston fuqarosi, o‘zbekiston fuqaroligi
migratsiya, pasport, rossiya pasporti, migrantlar, fuqaro, fuqarolik, chet el fuqarolari, rossiya fuqaroligi, o‘zbekiston fuqarosi, o‘zbekiston fuqaroligi
IIV O‘zbekiston fuqarolari ikkinchi davlat pasportini olishi holatida qonunbuzarlik ko‘rmadi
19:02 12.01.2021 (yangilandi: 13:12 01.04.2021) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunga asosan, chet elga chiqib ketgan O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga fuqarolikdan chiqmagan holda Rossiya yoki boshqa davlat pasporti bilan kirib kelsa, u O‘zbekiston fuqarosi sifatida tan olinadi
TOShKENT, 12 yanv - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. O‘zbekiston IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilshodbek Murodbekov O‘zbekistondan chet davlatga vaqtinchalik yoki doimiy yashashga chiqib ketgan va O‘zbekiston pasportidan voz kechmagan holda chet davlat pasportini olgan fuqarolar borasida izoh berdi.
Murodbekov ushbu holatga to‘xtalar ekan, O‘zbekiston fuqarolari ichida chet elga vaqtincha yoki doimiy yashashga ketganlar juda ko‘pligini ta’kidlab, ular orasida chet davlat fuqaroligini qabul qilganlar ham bor, deya qo‘shimcha qildi.
Aniqlik kiritilishicha, bunday fuqarolar nafaqat Rossiya Federatsiyasi, balki Qozog‘iston, Isroil, Germaniya singari davlatlarda ham ko‘p.
IIV vakili statistik ma’lumotlarni keltirmadi. Ammo O‘zbekistonda bitta fuqarolik tan olinishini qayd etdi.
"O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunga asosan chet elga chiqib ketgan O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga fuqarolikdan chiqmagan holda Rossiya pasporti bilan kirib kelsa yoki boshqa chet el pasporti bilan kirib kelsa u O‘zbekiston fuqarosi sifatida tan olinadi. Ya’ni ro‘yxatga olishda ham xorijga ketgan fuqaroning pasporti amal qilish muddati tugagan yoki yo‘qolgan bo‘lsa unga yangi O‘zbekiston fuqarosi pasporti, hozirgi kunda esa ID-karta rasmiylashtirib beriladi. Fuqaro xohishiga ko‘ra xorijga chiqish pasporti ham rasmiylashtiriladi", - deya tushuntirdi Murodbekov.
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarining aytishicha, bu yerda hech qanaqa qonunbuzarlik yoki bir salbiy holat yo‘q.
"Agar O‘zbekiston fuqaroligidan chiqqan bo‘lsa u vaqtincha ro‘yxatga olinib, kelgusida doimiy yashashga ruxsatnoma ham berilishi mumkin", - dedi u.