https://oz.sputniknews.uz/20210112/Flesh-effekt-Saraton-kasalini-bir-necha-milisoniyada-davolash-uslubi-topildi-15770548.html
Flesh-effekt: Saraton kasalini bir soniyada davolash uslubi topildi
Flesh-effekt: Saraton kasalini bir soniyada davolash uslubi topildi
Sputnik O‘zbekiston
Ayni damda Shveysariya, AQSh va Rossiya olimlari saraton kasalini davolashning yangi revolyutsion uslubini sinovdan o‘tkazishmoqda. 12.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-12T18:50+0500
2021-01-12T18:50+0500
2021-01-12T18:53+0500
kolumnistlar
analitika
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/0b/15762934_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_9c3fcbfcb1cbae3f723cd405f108dc4c.jpg
TOShKENT, 12 yanv — RIA Novosti, Tatyana Pichugina. Bir yil oldin rak kasalini bir soniyada davolashning yangi uslubi – flesh-effekt ilk bor sinab ko‘rilgan edi. Ushbu uslubning mohiyati shundan iboratki, saraton o‘smasiga bir necha millisekund davomida kuchli radiatsiya yo‘naltiriladi. Bunda sog‘lom hujayralar nurlanishga ulgurmaydi, lekin saratonga chalingan hujayralar qurbon bo‘ladi.Birinchi bemor2018 yilning iyun oyida Lozanna umiversitetida Mari-Katrin Vozenin boshchilik qilgan tibbiyot olimlari guruhi limfoma kasaliga chalingan 75 yoshli erkakka ilk bor ushbu eksperimental uslubda davolanishni taklif qilishgan edi. Bemor 10-yil oldin saraton kasaliga chalingan bo‘lib, 110 ta radioterapiya sensi olgan, lekin o‘simtalar rivojlanishdan to‘xtamagan edi.Aytish joizki bunday uslubda davolash uchun fotonlarni liniyali tezlashtirish maxsus moslamasi kerak bo‘ladi. Davolash uchun bemor bilagida joylashgan o‘lchami 3,5sm bo‘lgan shish tanlab olingan. Lozannadagi moslama o‘ta qisqa impuls bilan katta kuchlanishli energiya berishi mumkin. Birinchi patsentga 15 grey kuchlanishga ega bo‘lgan 1ta flesh-effekt seansi o‘tkazilgan.Natijada 10 kundan so‘ng o‘simta kichraya boshlagan, 36 kundan so‘ng tuzalgan va 5 oydan so‘ng mutlaq yo‘qolib ketgan. Uning atrofidagi to‘qimalar odatdagidan ancha tez tuzalib ketgan.Flesh-effekt – bu nima?Ushbu davolash uslubi haqida ilk ma’lumotlar 2014-yilda aynan Lozannada paydo bo‘lgan edi. Science jurnalida saratonga chalingan mushuklarni flesh-effekt uslubida davolash aytib o‘tilgan edi. Dastlabki tajribaning kutilmagan samarali natijalari olimlar oldida yangi imkoniyatlarni ochib berdi.Saraton kasalini odatiy radiatsiya uslubida davolaganda, sog‘lom organlarga zarar yetkazmaslik uchun nurlanish darajasi juda past bo‘ladi – sekundiga 0,03 grey. Bunda saraton o‘simtasini yo‘q qilish uchun bir necha seans kerak bo‘ladi. Aksariyat hollarni uni to‘liq yo‘q qilish uchun yetarli bo‘lmaydi. Bunday uslub ko‘z va bosh miya uchun to‘g‘ri kelmaydi. Yana saratonning ayrim turlariga ham to‘g‘ri kelmaydi.Flesh-effekt uslubida, bir necha millisekund ichida sartonga chalingan hududga katta miqdorda radiatsiya yuboriladi - sekundiga 40 greygacha. Bunda kasal hujayralar qurbon bo‘ladi, lekin atrofdagi sog‘lom hujayralar zararlanishga ulgurmaydi. Buni olimlar 20-asr o‘rtalarida aniqlashgan edi, lekin u vaqtda bunday nurlanish hosil qiluvchi uskunalar va texnologiyalar mavjud bo‘lmagan.bunda saraton hujayralari qanday qurbon bo‘ladi? Qisqa vaqtli yuqori nurlanishda yuqori energiyaga ega bo‘lgan zarrachalar — fotonlar, gamma-kvantlar hujayra ichida kimoviy reaksiyalarni ishga tushiradi. Ushbu reaksiya vaqtida saraton hujayrasi ichidagi kislorod bir zumda aktiv radikalga aylanadi. Kislorod yo‘qligi va kimoviy reaksiya oqibatida paydo bo‘lgan chiqindilar tufayli - saraton hujayrasi nobud bo‘ladi. Sog‘lom hujayralarga kam miqdorda zarar yetadi.Lekin saraton shishlarining kislorodsiz shakllari har borku, ularni qanday davolash mumkin? Saratonning kislorodsiz shaklini davolashda – ultraflesh effektdan foydalanish mumkin.Ultraflesh-effektning ochilishiFlesh-effekt – bu albatta juda yaxshi ixtiro, lekin olimlar uning quvvatini sekundiga 100 greygacha oshirishni hamda nurlanish zonasinini aniqroq qilishni orzu qilishmoqda. Buning uchun esa juda quvvatli liniyali tezlashtirish moslamasi kerak.Rossiya Fanlar Akademiyasining Troisk shahrida joylashgan Yadroviy izlanishlar institutida aynan shunday tezlashtirish moslamasi bor. U Sovet Ittifoqa vaqtida qurilgan bo‘lib, uning uzunligi 360 metrni tashkil qiladi. Uning quvvati 1 kilogrammlik nishon uchun sekundiga 300 ming greyni tashkil qiladi.Shu kunlarda ushbu moslamada saraton kasalini davolashda ultraflesh-effektning ta’siri o‘rganilmoqda.Saraton kasalini davolashda, oddiy radiatsion terapiyaga qaraganda protonlar bilan nurlantirish juda katta ustuvorlikka ega. Protonlar og‘irroq bo‘lib, ularni tezlashtirish ancha mushkul, lekin ular o‘z energiyasini tezlashtirish nuqtasining oxirida yo‘qotish xususiyatiga ega. Bu esa – tananing istalgan joyida joylashgan saraton shishiga aniq va kuchli zarba berishi imkonini yaratadi. Proton terapiyasi eng chuqur joylashgan saraton shishlarini davolashda qo‘l kelishi mumkin.Ushbu uslub o‘tgan yilning noyabr oyida AQShning Sinsinnati shtatatidagi klinikalardar birida sinab ko‘rildi. U yerdagi Varian siklotroni yordamida suyak saratoniga chalingan 10 nafar bemorni davolash sinovdan o‘tkazildi. Varianning moslamasining quvvati 100 grammlik nishon uchun sekundiga 70 greyni tashkil qiladi. “Saraton kasalini davolash uchun tezlashtirish moslamasining bir doni impulsi kifoya bo‘ladi. Nishonga boy yo‘g‘i 100 millisekund ichidan 50grey miqdorida nurlanish berilganda saraton hujayralari yanada qattiqroq shikastlanadi. Sog‘lom hujayralar esa kamroq zarar ko‘radi”, , — deydi RFA Yadroviy izlanishlar instituti tibbiyot kafedrasi rahbari Sergey Akulinichev.Ayni damda Rossiya olimlari sun’iy hujayrali to‘qimalarda va o‘simlarda tajriba o‘tkazishmoqda. Agar ultraflesh-effekt o‘z samaradorligini tasdiqlasa – bu saraton kasalini davolash tomon qo‘yilgan ulkan qadam bo‘ladi, deydi olim.
https://oz.sputniknews.uz/20200831/Saraton-kasalligining-95-foiz-sabablari-aytildi-14879974.html
https://oz.sputniknews.uz/20200825/Shifokor-insult-infarkt-va-saraton-khavfini-kamaytirishning-oson-ylini-aytdi-14835724.html
https://oz.sputniknews.uz/20200129/Rossiyalik-olimlar-saraton-uzhayralarini-ldiruvchi-DNK-nanorobot-yaratishdi-13331299.html
https://oz.sputniknews.uz/20180213/Rak-saraton-osma-davo-topildi-7499359.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/0b/15762934_172:0:2901:2047_1920x0_80_0_0_7edfb6875759c22e4a0569f1f2398694.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kolumnistlar, analitika
Flesh-effekt: Saraton kasalini bir soniyada davolash uslubi topildi
18:50 12.01.2021 (yangilandi: 18:53 12.01.2021) Ayni damda Shveysariya, AQSh va Rossiya olimlari saraton kasalini davolashning yangi revolyutsion uslubini sinovdan o‘tkazishmoqda.
TOShKENT, 12 yanv — RIA Novosti, Tatyana Pichugina. Bir yil oldin rak kasalini bir soniyada davolashning yangi uslubi – flesh-effekt ilk bor sinab ko‘rilgan edi. Ushbu uslubning mohiyati shundan iboratki, saraton o‘smasiga bir necha millisekund davomida kuchli radiatsiya yo‘naltiriladi. Bunda sog‘lom hujayralar nurlanishga ulgurmaydi, lekin saratonga chalingan hujayralar qurbon bo‘ladi.
2018 yilning iyun oyida Lozanna umiversitetida Mari-Katrin Vozenin boshchilik qilgan tibbiyot olimlari guruhi limfoma kasaliga chalingan 75 yoshli erkakka ilk bor ushbu eksperimental uslubda davolanishni taklif qilishgan edi. Bemor 10-yil oldin saraton kasaliga chalingan bo‘lib, 110 ta radioterapiya sensi olgan, lekin o‘simtalar rivojlanishdan to‘xtamagan edi.
Aytish joizki bunday uslubda davolash uchun fotonlarni liniyali tezlashtirish maxsus moslamasi kerak bo‘ladi. Davolash uchun bemor bilagida joylashgan o‘lchami 3,5sm bo‘lgan shish tanlab olingan. Lozannadagi moslama o‘ta qisqa impuls bilan katta kuchlanishli energiya berishi mumkin. Birinchi patsentga 15 grey kuchlanishga ega bo‘lgan 1ta flesh-effekt seansi o‘tkazilgan.
Natijada 10 kundan so‘ng o‘simta kichraya boshlagan, 36 kundan so‘ng tuzalgan va 5 oydan so‘ng mutlaq yo‘qolib ketgan. Uning atrofidagi to‘qimalar odatdagidan ancha tez tuzalib ketgan.
Ushbu davolash uslubi haqida ilk ma’lumotlar 2014-yilda aynan Lozannada paydo bo‘lgan edi. Science jurnalida saratonga chalingan mushuklarni flesh-effekt uslubida davolash aytib o‘tilgan edi. Dastlabki tajribaning kutilmagan samarali natijalari olimlar oldida yangi imkoniyatlarni ochib berdi.
Saraton kasalini odatiy radiatsiya uslubida davolaganda, sog‘lom organlarga zarar yetkazmaslik uchun nurlanish darajasi juda past bo‘ladi – sekundiga 0,03 grey. Bunda saraton o‘simtasini yo‘q qilish uchun bir necha seans kerak bo‘ladi. Aksariyat hollarni uni to‘liq yo‘q qilish uchun yetarli bo‘lmaydi. Bunday uslub ko‘z va bosh miya uchun to‘g‘ri kelmaydi. Yana saratonning ayrim turlariga ham to‘g‘ri kelmaydi.
Flesh-effekt uslubida, bir necha millisekund ichida sartonga chalingan hududga katta miqdorda radiatsiya yuboriladi - sekundiga 40 greygacha. Bunda kasal hujayralar qurbon bo‘ladi, lekin atrofdagi sog‘lom hujayralar zararlanishga ulgurmaydi. Buni olimlar 20-asr o‘rtalarida aniqlashgan edi, lekin u vaqtda bunday nurlanish hosil qiluvchi uskunalar va texnologiyalar mavjud bo‘lmagan.
bunda saraton hujayralari qanday qurbon bo‘ladi? Qisqa vaqtli yuqori nurlanishda yuqori energiyaga ega bo‘lgan zarrachalar — fotonlar, gamma-kvantlar hujayra ichida kimoviy reaksiyalarni ishga tushiradi. Ushbu reaksiya vaqtida saraton hujayrasi ichidagi kislorod bir zumda aktiv radikalga aylanadi. Kislorod yo‘qligi va kimoviy reaksiya oqibatida paydo bo‘lgan chiqindilar tufayli - saraton hujayrasi nobud bo‘ladi. Sog‘lom hujayralarga kam miqdorda zarar yetadi.
Lekin saraton shishlarining kislorodsiz shakllari har borku, ularni qanday davolash mumkin? Saratonning kislorodsiz shaklini davolashda – ultraflesh effektdan foydalanish mumkin.
Ultraflesh-effektning ochilishi
Flesh-effekt – bu albatta juda yaxshi ixtiro, lekin olimlar uning quvvatini sekundiga 100 greygacha oshirishni hamda nurlanish zonasinini aniqroq qilishni orzu qilishmoqda. Buning uchun esa juda quvvatli liniyali tezlashtirish moslamasi kerak.
Rossiya Fanlar Akademiyasining Troisk shahrida joylashgan Yadroviy izlanishlar institutida aynan shunday tezlashtirish moslamasi bor. U Sovet Ittifoqa vaqtida qurilgan bo‘lib, uning uzunligi 360 metrni tashkil qiladi. Uning quvvati 1 kilogrammlik nishon uchun sekundiga 300 ming greyni tashkil qiladi.
Shu kunlarda ushbu moslamada saraton kasalini davolashda ultraflesh-effektning ta’siri o‘rganilmoqda.
Saraton kasalini davolashda, oddiy radiatsion terapiyaga qaraganda protonlar bilan nurlantirish juda katta ustuvorlikka ega. Protonlar og‘irroq bo‘lib, ularni tezlashtirish ancha mushkul, lekin ular o‘z energiyasini tezlashtirish nuqtasining oxirida yo‘qotish xususiyatiga ega. Bu esa – tananing istalgan joyida joylashgan saraton shishiga aniq va kuchli zarba berishi imkonini yaratadi. Proton terapiyasi eng chuqur joylashgan saraton shishlarini davolashda qo‘l kelishi mumkin.
Ushbu uslub o‘tgan yilning noyabr oyida AQShning Sinsinnati shtatatidagi klinikalardar birida sinab ko‘rildi. U yerdagi Varian siklotroni yordamida suyak saratoniga chalingan 10 nafar bemorni davolash sinovdan o‘tkazildi. Varianning moslamasining quvvati 100 grammlik nishon uchun sekundiga 70 greyni tashkil qiladi.
“Saraton kasalini davolash uchun tezlashtirish moslamasining bir doni impulsi kifoya bo‘ladi. Nishonga boy yo‘g‘i 100 millisekund ichidan 50grey miqdorida nurlanish berilganda saraton hujayralari yanada qattiqroq shikastlanadi. Sog‘lom hujayralar esa kamroq zarar ko‘radi”, , — deydi RFA Yadroviy izlanishlar instituti tibbiyot kafedrasi rahbari Sergey Akulinichev.
Ayni damda Rossiya olimlari sun’iy hujayrali to‘qimalarda va o‘simlarda tajriba o‘tkazishmoqda. Agar ultraflesh-effekt o‘z samaradorligini tasdiqlasa – bu saraton kasalini davolash tomon qo‘yilgan ulkan qadam bo‘ladi, deydi olim.