Rossiyalik olimlar saraton hujayralarini o‘ldiruvchi DNK-nanorobot yaratishdi

CC0 / Pixabay / Colin Behrens / Delenie kletki
Delenie kletki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sankt-Peterburgda Milliy tadqiqot universiteti olimlari DNK-nanorobot yaratishdi. Kelajakda u saraton hujayralarini aniqlab, o‘ldira olishi aytilmoqda.

TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Bir guruh peterburglik olimlar onkologik kasalliklarni davolashning yangi usulini taklif qilishdi. Sankt-Peterburgda Milliy tadqiqot universiteti (ITMO universiteti) tadqiqotchilari DNK qismlaridan nanorobot yaratishdi. Kelajakda u saraton hujayralarini aniqlab, o‘ldira oladi.

Tadqiqotning ilk natijalari “Chemistry - A European journal” jurnalida chop etilgan. Universitet matbuot xizmati xabarida aytilishicha, zararlangan hujayralar nazoratsiz ko‘paya boshlaydi va bu o‘smaning rivojlanishiga olib keladi. Shu bilan birga saraton hujayralari genomida o‘zgarish ro‘y beradi.

Fastfud - Sputnik O‘zbekiston
Shifokor barvaqt qarishga olib keluvchi mahsulotlarni ma’lum qildi

Olimlarning taxmin qilishicha, agar kasallik bilan bog‘liq oqsillarni ishlab chiqarish jarayoni to‘xtatilsa, saraton hujayralarining o‘zi o‘la boshlaydi. Yangilari esa paydo bo‘la olmaydi.

Qayd etilishicha, yaratilgan DNK-nanorobot ikki qismdan iborat. Birinchi qism kasallik qo‘zg‘atuvchi RNKni kesadi, ikkinchisi esa kasallangan hujayralarni aniqlashda yordam beradi. Gap shundaki, nanorobot kasallangan RNKni qayd etganda, kimyo reaksiyasi vujudga keladi va hujayra yorishib ketadi.

Texnologiyaning murakkabligi va aslligiga qaramasdan uning arzonligi aytilmoqda. Bunday nanorobotni laboratoriya sharotida yaratishga 1000-1500 rubl sarflanadi.

Olimlarning ta’kidlashicha, ularni amalda qo‘llash uchun hali bir talay vazifalarni hal qilish, jumladan, bu kabi nanorobotlarning samaradorligi va xavfsizligini tekshirish, hayvonlarda sinov o‘tkazish zarur.

Yangiliklar lentasi
0