Saraton kasalligining 95 foiz sabablari aytildi

Obuna bo‘lish
Rossiyalik onkologning so‘zlariga ko‘ra, 95 foiz hollarda onkologik kasalliklarning sababi surunkali yallig‘lanishdir.

TOShKENT, 31 avg - Sputnik. 95 foiz hollarda onkologik kasalliklarning sababi surunkali yallig‘lanishdir, dedi jarroh-onkolog Ivan Karasev.

"Surunkali yallig‘lanishda hujayralar bir-biriga ustma-ust qatlamlanib qoladi. Keyin hujayra ichida buzilish vujudga kelib, o‘simta paydo bo‘ladi", - dedi u.

Devushka yedet na velosipede po Krimskoy naberejnoy v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston
Shifokor insult, infarkt va saraton xavfini kamaytirishning oson yo‘lini aytdi

Saratonni qo‘zg‘atadigan yana bir muhim omil - bu qizil go‘sht, kolbasa, dudlangan go‘sht va boshqa qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini muntazam iste’moli, deb eslatdi mutaxassis.

"Aniqlanishicha, ularni qayta ishlash paytida yo‘g‘on ichak devoriga ta’sir qiluvchi ikkilamchi safro kislotalari ajralib chiqadi", - deb Karasevning so‘zlaridan iqtibos keltiradi "MedikForum" portali.

Shifokor tushuntirishicha, bu kislotalar ichakning yallig‘lanishiga olib keladigan qo‘zg‘atuvchi sifatida chiqadi, natijada o‘simta paydo bo‘lish xavfi sezilarli darajada oshadi.

Yangiliklar lentasi
0