https://oz.sputniknews.uz/20210109/Kamilov-Adam-Boler-boshchiligidagi-delegatsiyani-abul-ildi-15751537.html
Abdulaziz Kamilov Adam Boler boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi
Abdulaziz Kamilov Adam Boler boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi
Sputnik O‘zbekiston
Uchrashuv chog‘ida ko‘p qirrali O‘zbekiston-AQSh munosabatlarini yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama etilgan 09.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-09T18:20+0500
2021-01-09T18:20+0500
2021-01-09T18:22+0500
siyosat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/17/15461564_0:0:2923:1645_1920x0_80_0_0_8b944c465e36de6f55d48bcc866e139d.jpg
TOShKENT, 9 yanv - Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlari Xalqaro taraqqiyotni moliyalashtirish korporatsiyasi bosh ijrochi direktori Adam Boler boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Delegatsiya tarkibidan AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) administratori yordamchisi vazifasini bajaruvchi Xaver Pedra, Davlat departamentining global ayollar muammolari bo‘yicha idorasi rahbari, alohida topshiriqlar bo‘yicha elchi Kelli Kurri ham o‘rin olgan.Uchrashuv chog‘ida ko‘p qirrali O‘zbekiston-AQSh munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, Markaziy Osiyodagi mintaqaviy integratsiyani mustahkamlashda hamkorlik qilish, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni faollashtirish masalalari muhokama qilingan.Tomonlarning Strategik sheriklik muloqotini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi qarori mamnuniyat bilan qayd etilib, bu O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida barcha yo‘nalishlardagi uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga zamin yaratishi ta’kidlandi.Tomonlar iqtisodiy taraqqiyot, qishloq xo‘jaligi va sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish kabi ustuvor sohalarida birgalikda ishlashga tayyorlik bildirgan.Amerika tomoni O‘zbekistonning gender tenglik ta’minlash, mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotida ayollarning roli va mavqeyini mustahkamlash borasida erishgan yutuqlarini yuqori baholagan.Iqtisodiy aloqalar va savdoni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan mintaqalararo investitsiya va infratuzilma loyihalarini barpo etishning amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratilgan.Uchrashuvda ikki tomon kun tartibining boshqa masalalari yuzasidan ham fikr almashilgan.Muzokaralarda AQSh Elchisi Deniel Rozenblyum ishtirok etdi.
https://oz.sputniknews.uz/20201210/ASh-zbekistonni-diniy-erkinlik-masalasida-boshalarga-rnak-blishga-chairmoda-15571702.html
https://oz.sputniknews.uz/20201209/ASh-administratsiyasi-islootlar-fonida-zbekistonga-khushomadgylik-ilmoda-15570575.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/17/15461564_68:0:2799:2048_1920x0_80_0_0_3c0cc62b0b1f0307465249e3977191cc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat
Abdulaziz Kamilov Adam Boler boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi
18:20 09.01.2021 (yangilandi: 18:22 09.01.2021) Uchrashuv chog‘ida ko‘p qirrali O‘zbekiston-AQSh munosabatlarini yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama etilgan
TOShKENT, 9 yanv - Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlari Xalqaro taraqqiyotni moliyalashtirish korporatsiyasi bosh ijrochi direktori Adam Boler boshchiligidagi delegatsiyani
qabul qildi.
Delegatsiya tarkibidan AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) administratori yordamchisi vazifasini bajaruvchi Xaver Pedra, Davlat departamentining global ayollar muammolari bo‘yicha idorasi rahbari, alohida topshiriqlar bo‘yicha elchi Kelli Kurri ham o‘rin olgan.
Uchrashuv chog‘ida ko‘p qirrali O‘zbekiston-AQSh munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, Markaziy Osiyodagi mintaqaviy integratsiyani mustahkamlashda hamkorlik qilish, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni faollashtirish masalalari muhokama qilingan.
Tomonlarning Strategik sheriklik muloqotini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi qarori mamnuniyat bilan qayd etilib, bu O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida barcha yo‘nalishlardagi uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga zamin yaratishi ta’kidlandi.
Tomonlar iqtisodiy taraqqiyot, qishloq xo‘jaligi va sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish kabi ustuvor sohalarida birgalikda ishlashga tayyorlik bildirgan.
Amerika tomoni O‘zbekistonning gender tenglik ta’minlash, mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotida ayollarning roli va mavqeyini mustahkamlash borasida erishgan yutuqlarini yuqori baholagan.
Iqtisodiy aloqalar va savdoni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan mintaqalararo investitsiya va infratuzilma loyihalarini barpo etishning amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratilgan.
Uchrashuvda ikki tomon kun tartibining boshqa masalalari yuzasidan ham fikr almashilgan.
Muzokaralarda AQSh Elchisi Deniel Rozenblyum ishtirok etdi.