AQSh O‘zbekistonni diniy erkinlik masalasida boshqalarga o‘rnak bo‘lishga chaqirmoqda

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovPrazdnovanie Namaz xayit v Tashkente
Prazdnovanie Namaz xayit v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh din erkinligi sohasida erishilgan yutuqlar hamda maxsus kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxatidan chiqarilganligi munosabati bilan O‘zbekistonni tabriklamoqda

TOShKENT, 10 dek - Sputnik. AQSh O‘zbekistonni diniy huquqlarni hurmat qilish masalasida namuna bo‘lishga chaqirmoqda, bu haqda AQSh Milliy Xavfsizlik kengashining Twitterdagi sahifasida ma’lum qilingan.

Zaveduyushiy otdelom Sredney Azii i Kazaxstana Instituta stran SNG Andrey Grozin - Sputnik O‘zbekiston
AQSh ma’muriyati islohotlar fonida O‘zbekistonga xushomadgo‘ylik qilmoqda

"Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonni diniy erkinligimasalasida erishilgan yutug‘i va maxsus kuzatuvdagi ro‘yxatdan chiqarilganligi bilan tabriklaydi. Biz fundamental huquqni himoya qilish maqsadida hukumatni keyingi islohotlarni o‘tkazib, boshqalar uchun namuna bo‘lishga chaqiramiz", - deyiladi xabarda.

Sal oldin AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo "so‘nggi bir yil ichida erishgan muhim, aniq yutuqlarga asoslanib, O‘zbekiston diniy erkinlik bo‘yicha "Maxsus kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati" (Special Watch List)dan chiqarilgani" e’lon qilgan edi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasida so‘zlagan nutqida mamlakatda din erkinligi bilan bog‘liq vaziyat keskin yaxshilanganini va millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikni yanada mustahkamlash mamlakat uchun muhim vazifa ekanligini ta’kidlagan edi.

2018 yilning dekabrida Oq uy O‘zbekistonni diniy erkinlig predmetiga kuzatuv o‘rnatish kerak bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga kiritgan edi. 2019-yilning oxirida mamlakat ushbu ro‘yxatda qoldirilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0