AQSh ma’muriyati islohotlar fonida O‘zbekistonga xushomadgo‘ylik qilmoqda

© Sputnik / Aleksandr Natruskin / Mediabankka o‘tishZaveduyushiy otdelom Sredney Azii i Kazaxstana Instituta stran SNG Andrey Grozin
Zaveduyushiy otdelom Sredney Azii i Kazaxstana Instituta stran SNG Andrey Grozin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MDH mamlakatlari O‘rta Osiyo instituti bo‘limi rahbari Andrey Grozinning fikricha, AQSh tomonidan O‘zbekistonning diniy erkinlik bo‘yicha “Maxsus kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarilishi bu Amerika rahbariyatining pragmatizmidan dalolatdir.

Kuni kecha AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo "so‘nggi bir yil ichida erishgan muhim, aniq yutuqlarga asoslanib, O‘zbekiston diniy erkinlik bo‘yicha "Maxsus kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati" (Special Watch List)dan chiqarilgani" e’lon qilgan edi.

Prazdnovanie Namaz xayit v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston AQShning “Maxsus kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi

Ekspert ta’kidiga ko‘ra, hammasi ravshan. Shunchaki, amerika ma’muriyati O‘zbekistonga tilog‘lamalik qilmoqda, bundan ko‘zlangan maqsad esa iqtisodiy islohotlar jarayonida o‘zining siyosiy kun tartibini "o‘tkazib olish". Ya’ni AQSh bunda siyosiy tizimning liberallashuvini ko‘zlamoqda.

Grozinning so‘zlariga ko‘ra, AQShda O‘zbekiston yangi rahbar boshqaruvida amerika ta’siri kengayishi uchun istiqbolli, degan ritorika yangramoqda. Bu borib turgan pragmatizm, boshqa hech vaqomas, deydi ekspert.

Yangiliklar lentasi
0