O‘zbekistonliklar soxta medspravka bilan Rossiyaga uchib borib, aeroportda qolib ketishdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishPassajiri v aeroportu Sheremetyevo
Passajiri v aeroportu Sheremetyevo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning turli hududlaridan ko‘plab fuqarolar ulardan aviachipta bilan birga soxta tibbiy ma’lumotnomani sotib olib Rossiyaga uchib borgan.

TOShKENT, 31 dek - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi hududiga kirishi rad etilganligi sababli bir guruh o‘zbekistonliklar Sheremetyevo aeroportining tranzit hududida bo‘lib turgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi.

Migranti v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonliklar Rossiyaga kiritib qo‘yishni taklif etayotganlardan ogohlantirildi

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekistondagi ba’zi aviachipta sotuvchilari tomonidan Rossiyada mehnat faoliyatini amalga oshirish istagidagi ko‘plab fuqarolarga soxta tibbiy ma’lumotnomalar bilan Rossiya hududiga olib kirib qo‘yish taklif qilingan. O‘zbekistonning turli hududlaridan ko‘plab fuqarolar ulardan aviachipta bilan birga soxta tibbiy ma’lumotnomani sotib olib Rossiyaga uchib borgan.

Sheremetyevo aeroporti chegara xizmatlari xodimlari tomonidan yo‘lovchilar hujjatlarining haqiqiy emasligi ma’lum bo‘lgach, ularga mamlakat hududiga kirish rad etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi va O‘zbekistonning ushbu davlatdagi elchixonasi mas’ullari fuqarolarni olib kelgan Rossiya aviakompaniyalari bilan uchrashib, mazkur holat yuzasidan izoh so‘ragan. Aviakompaniyalar vakillari Rossiya Federatsiyasi chegarasini kesib o‘tish qoidalari va amaldagi cheklovlar to‘g‘risida fuqarolar xabardor qilinganini hamda yo‘lovchilarning mamlakatga kirishining rad etilishida hech qanday majburiyati yo‘qligini ma’lum qilgan.

Sdacha ekzamenov v sentre testirovaniya migrantov - Sputnik O‘zbekiston
Rus tilini bilmaydigan migrantlarga soxta sertifikat beradiganlar katta jarima to‘laydi

Ayni paytda Rossiyaga soxta hujjatlar bilan noqonuniy borgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarilmoqda.

Ta’kidlash joiz, pandemiya munosabati bilan chet el, shu jumladan O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga kirishi bo‘yicha joriy etilgan cheklovlar hali bekor bo‘lmagan.

Shu o‘rnida, Tashqi migratsiya agentligi Rossiyaning vakolatli rasmiy organlari bilan aloqalari borligi va shu sababli ushbu davlat hududiga olib kirib qo‘yishni va’da qilib, turli soxta hujjatlar tayyorlab berotgan shaxslarga ishonmaslikni tavsiya qilmoqda.

Pandemiya davrida faqat Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan Rossiyaning yirik ish beruvchilari bilan hamkorlikda yurtdoshlarimiz ushbu davlatga tashkillashtirilgan holda ishga jalb etilmoqda.

Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0