O‘zbekistonliklar Rossiyaga kiritib qo‘yishni taklif etayotganlardan ogohlantirildi

© Sputnik / Aleksandr Galperin / Mediabankka o‘tishMigranti v Moskve
Migranti v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonliklarni Rossiyaga kirishi uchun ruxsat olib berish bo‘yicha taklif etilayotgan xizmatlar haqida xabarlar tarqalmoqda.

TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Rossiyaga O‘zbekiston fuqarolarining individual tarzda kirishiga ruxsat yo‘q. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma’lum qildi.

Passajiri v aeroportu Domodedovo imeni M. V. Lomonosova - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaga kimlar va qanday qilib kirishlari mumkin?

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonliklarni Rossiyaga kirishi uchun ruxsat olib berish bo‘yicha taklif etilayotgan xizmatlar hamda O‘zbekistondan Rossiyaga borib, mamlakatga kiritilmayotgan fuqarolar haqida xabarlar tarqalmoqda.

Tashkillashtirilgan tartibdagi mehnat migratsiyasining ustuvorliklari nimada?

Koronavirus infeksiyasi tarqalishi munosabati bilan joriy yilning mart-aprel oylaridan boshlab xalqaro qatnovlar, shu jumladan, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar vaqtincha cheklangan. Chet el fuqarolarining Rossiyaga kirishi bo‘yicha Rossiya Hukumatining 2020-yil 16-martdagi N 635-r–sonli farmoyishi bilan qator cheklovlar joriy etilgan.

“Ayni paytda ayrim toifadagi fuqarolardan tashqari yurtdoshlarimizning individual tarzda vaqtincha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish maqsadida Rossiya hududiga kirishiga ruxsat yo‘q. Faqatgina Rossiya Hukumatining koronavirusga qarshi shtabi tomonidan chegara xizmatlariga taqdim etilayotgan ro‘yxat asosida tashkiliy tarzda ishga yuborilayotgan shaxslar ushbu mamlakatga kiritilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Ma’lum qilinishicha, hozirda Rossiya hududida ishlash istagidagi fuqarolarni pandemiya va undan keyingi davrda tashkillashtirilgan holda kirish jarayonlarini soddalashtirish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.

Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni noqonuniylar safidan chiqarish bo‘yicha ish olib borilmoqda

Ushbu vaziyatdan foydalanib, ayrim shaxslar tomonidan fuqarolarni turli asossiz xabarlar bilan chalg‘itish va firibgarlik orqali pul topishga urinish holatlari yuz bermoqda.

“Shu o‘rinda yurtdoshlarimizdan Rossiya Federatsiyasi hududiga olib kirib qo‘yish xizmatlarini taklif etayotgan shaxslarga ishonmasliklarini va turli yo‘llar bilan ushbu mamlakatga noqonuniy kirib borishga urinmasliklarini tavsiya qilamiz”, - deya ogohlantirgan agentlik.

Agentlik turli soxta hujjatlar chegaralarni kesib o‘tishga urinish O‘zbekiston va Rossiya qonunlariga ko‘ra, jinoiy javobgarlikka tortilishga sabab bo‘lishi mumkinligini eslatgan.

Yangiliklar lentasi
0