Rus tilini bilmaydigan migrantlarga soxta sertifikat beradiganlar katta jarima to‘laydi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishSdacha ekzamenov v sentre testirovaniya migrantov
Sdacha ekzamenov v sentre testirovaniya migrantov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eng katta jarima - materialni bilmaydigan migrantga rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi asoslarini muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risida sertifikat topshiradiganlarga belgilangan.

TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin chet elliklar zarur testlardan o‘tganlaridan so‘ng adolatsiz tarzda ularga "avtomat" qo‘yadigan tashkilotlar va imtihon oluvchilarga nisbatan jarimani nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.

Trudovie migranti vozvrashayutsya domoy - Sputnik O‘zbekiston
Tashkillashtirilgan tartibdagi mehnat migratsiyasining ustuvorliklari nimada?

Hujjat huquqiy-axborot rasmiy internet-portalida e’lon qilingan.

Eng katta jarima - materialni bilmaydigan migrantga rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi asoslarini muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risida sertifikat topshiradiganlarga belgilangan.

"Ekzamen oluvchiga bu uchun 30 mingdan 50 ming rublgacha jarima solinishi mumkin, yuridik shaxslar esa 300 mingdan 500 minggacha jarima to‘laydi", - deb qayd etilgan hujjatda.

Bundan tashqari, endilikda, tasdiqlangan hujjatga ko‘ra, imtihonni o‘tkazish shakli, sertifikattni topshirish tartibi, imtihon uchun fiktiv narx o‘rnatganlik va natijalarni saqlash tartibini buzganlik uchun ham jarima to‘lattiriladi.

Posadka na vivoznoy poyezd iz Rostova-na-Donu v Uzbekistan  - Sputnik O‘zbekiston
Ikki ming nafar o‘zbek migrantlari Rossiyaga ishga jo‘nab ketadi

Imtihon natijalarini federal reyestrga noto‘g‘ri kiritganlik uchun ham amaldorlar uchun 15 ming rubldan boshlanadigan, yuridik shaxslar uchun esa 150 ming rublgacha jarimalar ko‘zda tutilgan.

Bu singari ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish va ish qo‘zg‘atish bo‘yicha vakolatlar Rosobrnadzorga beriladi.

Eslatib o‘tamiz, rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi asoslari bo‘yicha kompleks imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlik bo‘yicha sertifikat migrantlarga ishga joylashish, vid na jitelstvo va vaqtinchalik yashash huquqini beruvchi hujjatlarni olish uchun zarur.

Chet elliklar imtihonlarni ta’lim tashkilotlarida va Rossiya oliygohlarida topshiradilar.

Yangiliklar lentasi
0