Kallakesarlar uchun prezident marhamati: xususiy harbiy biznes kelajagi

© AP Photo/Khalid MohammedSoldati chastnoy voyennoy kompanii "Blekuoter"
Soldati chastnoy voyennoy kompanii Blekuoter - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ketayotgan Donald Tramp oldida ilgari avf to‘g‘risida churq eta olmagan saralangan tovlamachilar turnaqator bo‘lib navbatga turdi.

TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Veronika Krasheninnikova. Ketayotgan prezident uchun so‘nggi oy – avf tarqatish vaqti. Bu safar Donald Tramp oldida ilgari avf to‘g‘risida churq eta olmagan saralangan tovlamachilar turnaqator bo‘lib navbatga turdi.

“Avf etilganlar” orasida “Blekuoter” xususiy harbiy kompaniyasining to‘rt nafar yollanmalari bor. 2007-yilning sentabr yakshanbasida kunduz kuni Bog‘doddagi Nisur maydonida Davlat departamenti xodimlarining qo‘riqchilari tarkibida ular palapartish o‘t ochib, 17 nafar tinch aholini o‘ldirishdi va 20 nafarini yarador qilishdi. Qayd etish joizki, 2016-yilda Obama prezidentlikdan ketayotgan vaqtda mahkumlar avf imkoniyatidan foydalanishga hatto umid qilishmagandi.

AQSh o‘z dengizdagi gegemoniyasida Rossiyani asosiy xavf deb biladi

O‘rni kelganda aytish kerakki, jazo jinoyatchilarni uzoq izladi. Amerika xususiy harbiy kompaniyalari uchun qonunlar mamlakatda harbiy operatsiya yuritishga umuman yo‘q: Vashington harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolayotib, yollanmalar tomonidan bu mamlakat hududida jinoyat sodir etilgan taqdirda ularni javobgarlikdan ozod qilishni albatta qo‘shadi.

Amerikaning o‘zida ham xususiy harbiy sektorning lobbistik say’-harakatlari keng. Yollanmalarga ayblov bir yildan ortiq vaqt o‘tib e’lon qilingan edi, 2008-yil dekabrida, yana bir yil o‘tib, 2009-yilda, ishning noto‘g‘ri yuritilishi... asosida  - olib tashlangan! 2011-yil aprelida ish qayta ochildi, sudning ilgari qarori xato deb topilgan. 2012-yili “Blekuoter” olti nafar hodisa qurbonlarining oilasiga tovon puli to‘lab, qutilishga urindi. Faqat 2014-yili (jinoyatdan so‘ng yetti yil o‘tib) yollanmalar qamaldi: birinchi bo‘lib o‘t ochgani – bir umrga, uch nafari 30-yilga ozodlikdan mahrum qilindi. 2019-yil avgustida apellyatsiya sudi bir umrlik jazoni tasdiqladi.

Lekin, tasdiqlangan ayblov hukmiga qaramasdan mahkumlar bilishardi: Donald Tramp bilan imkoniyatlar ular tomonda. 2019-yil noyabrida prezident AQSh Harbiy dengiz kuchlari maxsus xodimi Eddi Gallagerni avf etdi. U iyul oyida asir IShID* o‘smirini sababsiz ov pichog‘i bilan o‘ldirgani va murda oldida turib suratga tushgani uchun mahkum qilingan edi. Xizmatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, o‘ziga Blade (Tig‘) laqabini tanlagan “o‘ta shayton” ("freaking evil") Gallager “qimirlagan har bir narsani o‘ldirishga hozir” bo‘lgan. Gallagerga qarshi maktab o‘quvchi qizini va snayper pistirmasidan qariyani otib tashlash ayblovlari kiritilgan. Jinoyatlarning barchasi Iroqda sodir etilgan. Ustiga ustak Tramp uni – “buyuk jangchi”ni oqlashda qattiq turib oldi, uning so‘zlariga ko‘ra, HDK qo‘mondoni Richard Spenserni hatto iste’foga chiqargan! Chunki Richard oqlashga qarshi chiqqan. Qanday qadrlashini tasdiqlash uchun Gallagerni xotini bilan uyiga Mar-a-Lagoga taklif qilgan. Gallager telefon xotirasini ayamasdan ko‘plab suratga tushdi va ijtimoiy tarmoqlarda oliy qabul bilan maqtandi.

Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik O‘zbekiston
Javob hujumi. AQSh toliblarning Qandahordagi pozitsiyalari bo‘ylab aviazarba berdi

Biroq, kallakesarlarga bo‘lgan o‘zgacha xayrixohlikdan tashqari Donald Trampning “Blekuoter” asoschisi Erik Prinsga nisbatan ayrim majburiyatlari ham bor. Prins oilasi hamisha kommunizmga qarshi ruh bilan singgan: Erik o‘z avtobiografiyasida yozgandiki, yoshligidan “o‘zi Sovet Ittifoqiga qarshi kurashishni xohlagan”. Hozirgacha u Moskva bilan raqobatchilik tarixiga shunchalik cho‘mganki, o‘zining kichik, yettinchi farzandi Charlz Donovan Prinsga Markaziy razvedka boshqarmasi asoschisi Uilyam Yovvoyi Bill Donovan sharafiga nom bergan.

2016 yili esa Prins oilasi Tramp kampaniyasini moliyalashtirdi. Natijada Erikning opasi Betsi Devos ta’lim vaziri lavozimini oldi. Tramp uni o‘z muddati davomida oxirigacha qo‘llab-quvvatlagan ba’zilardan biridir. Betsi Devos ta’lim masalalari bilan hech qachon shug‘ullanamagan, ammo (yaxshi oilaviy an’analar bilan) maktablardagi barcha o‘qituvchilarni qurollantirishni taklif qilgan.

Erik Prins shu bilan birga Tramp uchun Afg‘onistonga oid yangi strategiyani ishlab chiqqan: muntazam harbiylarning o‘rnini yollanmalar bilan to‘ldirish va faqat tabiiy resurslarni qazish bilan shug‘ullanish. Afg‘onistondagi resurslar trillion dollarga baholangan. Prins Britaniya Sharq-hind kompaniyasidan o‘rnak olishga chaqirdi. Aynan o‘sha kompaniya XVIII-XIX-asrlarda Xitoyga qator afun urushini uyushtirgan edi. G‘oya, shubhasiz, Trampga juda ma’qul tushgan.  Ammo avvaliga butun Pentagonni taslim qilish kerak edi – bu, albatta, ro‘y bermadi.

Harbiylarning xususiy harbiy kompaniyalar bilan janjallari muntazam bo‘lib turadi. Kongressdagi eshituvlarda brigada generali Karl Xorst aytgandi: “Bu yigitlar mamlakat bo‘ylab umuman tormozsiz harakat qilishadi va bema’nigarchiliklar sodir etishadi. Ular ustida rahbar yo‘q, hatto murojaat qilish mumkin bo‘lgan kishi yo‘q. <...> Ular odamlarni o‘ldirishadi, uning oqibatlariga javob berish boshqa kishilarga to‘g‘ri keladi”.

Amerikanskiy bombardirovshik B-52  - Sputnik O‘zbekiston
Tramp janjal bilan ketmoqda. AQSh Eronga zarba beradimi?

Xususiylashtirish urushi faqat xususiylashtiruvchilar uchun foydali: “Blekuoter”ning har bir yollanmasi amerika soliq to‘lovchisiga kuniga 1222 dollarga to‘g‘ri kelgan – AQSh QKdagi askarlarga qaragandan taxminan olti marta ko‘proq.

“Blekuoter”ning faqat MRB bilan unchalik qarama-qarshilishi kuzatilmagan. “Munosabatlarimiz chuqur barodarona bo‘ldi. “Blekuoter” Boshqarmaning davomi bo‘ldi degan tuyg‘u vujudga keldi”, - degandi 2009-yili MRBning yuqori lavozimli zobiti.

Prinsning o‘zi 2010-yili Abu-Dabiga jo‘nab ketdi – amerika odil sudidan uzoqroqqa. Va u yerda “Reflex Responses” kompaniyasiga asos soldi, xususan, mahalliy shayx uchun bir necha ming kommandosni tayyorlash uchun. Gongongda unga “Frontier Services Group” tegishli. U Xitoyning Afrikadagi manfaatlariga xizmat ko‘rsatadi.

Xitoyning eng asosiy loyihasi “Bir makon – bir yo‘l” xavfsizligini ta’minlash uchun Erik Prins kompaniyasi yollangani haqiqiy sensatsiya bo‘ldi. Prinsning Xitoydagi faoliyati haqidagi keng maqolada “Vashington post” 2018-yil 4-may kuni Prinsning sobiq hamkorlaridan birining so‘zlarini keltiradi: “Hozirda Frontier Services Group” 100 foiz diqqatini Bir makon – bir yo‘l” xavfsizligi va ko‘magiga qaratgan. <…> Erik Xitoyning kuchini global yiriklashtirish uchun harbiy uslubda xavfsizlikka oid xizmatlarini taklif qilmoqda”.

Vid na telebashnyu Bordj-e Milad v Tegerane - Sputnik O‘zbekiston
Eronda yuqori martabali yadroshunos-fizik olim o‘ldirildi. Hukumat AQSh va Isroilni ayblamoqda

Xususiy harbiy biznesning Pandora quttisini ochib, AQSh dunyo bozorida harbiy mojarolarni keltirib chiqardi. Xususiy armiyalar kuch ishlatishdashi an’anaviy davlat mononoliyasiga zarar yetkazapti. Xususiy harbiy kompaniyalar mojarolardan foyda oladi: ular o‘zlarining foydasi uchun bunday mojarolarni yaratishi va kengaytirishi mumkin, har ikki tomondan turib jang qilishi mumkin – va shunday qilishmoqda.

Rossiya bu yo‘ldagi ko‘p sonli xatarlarni obdon o‘rganishi darkor.

* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Yangiliklar lentasi
0