TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Eronda terrorchilar yadroshunos-fizik olim, mamlakat mudofaa vazirligi huzuridagi tadqiqot va innovatsiyalar tashkiloti rahbari Muhsin Faxrizodani o‘ldirishdi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Mudofaa vazirligining xabar berishicha, qurollangan odamlar kecha kunning ikkinchi yarmida olimga hujum qilishgan, uning soqchilari va terrorchilari o‘rtasidagi otishma paytida Faxrizoda og‘ir jarohat olgan va kasalxonada vafot etgan. Mamlakat hukumati bu hodisani terakt deb atab, AQSh va Isroil qotillikka aloqador, deb aytdi.
"Amerikaning jinoiy qo‘li, sionistik rejimi... ko‘rinmoqda" - ISNA agentligi, Eron armiyasi qo‘mondoni Abdulrahim Musaviyning so‘zlaridan iqtibos keltiradi, u olimning o‘limi uchun qasos olish niyatini e’lon qildi.
Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif xalqaro hamjamiyatni, xususan Yevropa Ittifoqini ikki tomonlama standartlar siyosatiga barham berishga va "davlat terrorizmi" aktini qoralashga chaqirdi.
Eron hukumati BMTga xat yubordi, unda AQSh va Isroilni har qanday avanturalardan ogohlantirdi va o‘z manfaatlari va xalqlarini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish huquqini o‘zida saqlab qolishlarini bildirdilar. Vashington va Quddus hozircha vaziyatga izoh berishmadi.
BMT mintaqadagi vaziyatni keskinlashtirishi mumkin bo‘lgan qadamlardan qochishga va vazminlikka chaqirdi.