Tramp janjal bilan ketmoqda. AQSh Eronga zarba beradimi?

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishAmerikanskiy bombardirovshik B-52
Amerikanskiy bombardirovshik B-52  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Donald Tramp Eronga zarba berishni buyurishi mumkin. Shu sababli Isroil armiyasi ham tayyor turishi kerak. Yaqin Sharqdagi vaziyat tahlilchilari nima deydi.

TOShKENT, 30 noya —Sputnik. Donald Tramp, agar saylovchilar kollegiyasi Jo Bayden g‘alabasini tan olsa, hukumatni topshirishga tayyor ekanini bildirdi. Lekin ba’zi OAVlar xulosaisga ko‘ra, Tramp ketishidan oldin Eronga urush ochishi mumkin. Bahona – Eronning “yadroviy dasturi”.  Tehronga bosim o‘tkazishda amerikaliklar Tel-Aviv yordamidan ham foydalanishmoqchi. Bularning hammasi Yaqin Sharqdagi vazatga qanday ta’sir qiladi, RIA Novosti tahlil qildi.

Tramning ortiqcha qiziqqonligi

Donald Tramp Eronga zarba berishni buyurishi mumkin. Shu sababli Isroil armiyasi ham tayyor turishi kerak. Isroil hukumati Jo Bayden Oq uyga kelganiga qadar vaziyat murakkabligini tushunishi kerak. Tramp bir necha bor Natanzedagi uranni boyitish zavodini yo‘q qilish masalasini ko‘targan edi, deb yozadi AQShning Axios nashri.

Amerikalik milliarder Donald Tramp. - Sputnik O‘zbekiston
Tramp: AQSh Iroqda urush boshlab, Yaqin Sharqdagi ahvolni zaiflashtirdi

MAGATEning Eron yadroviy dasturi rivojlanayotgani to‘g‘risidagi hisobotidan so‘ng, Tramp Tehronga zarba berishga qaror qilgan edi. Eron SVPD (Yadroviy qurol to‘g‘risidagi shartnoma) shartnomasidan voz kechganidan so‘ng, mamlakatda yuqori boyitilgan (qurol uchun) uran miqdori oshgan. AQSh prezidenti bundan juda g‘azabga kelgan, lekin Mayk Pens va Mayk Pompeo prezidentni “hovuridan tushirishgan” deb yozadi The New York Times gazetasi. Eronga zarba berish ortiqcha zo‘ravonlikka olib keladi.

Bu borada amerikaning aniq rejalari haqida hech qanday ma’lumot yo‘q, lekin Isroil ehtimoliy qarama-qarshilik tayyor turish haqida ko‘rsatma olganini tasdiqladi. “Javob to‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmasdan Eronning Suriya hududidagi qo‘shinlari tomonidan “G‘azo sektorida yoki Livanda amalga oshirilishi mumkin”, - deyilgan xabarda.  

Urush haqidagi xabarlar qanchalik haqiqatga yaqin ekanini muhokama qilib turgan bir vaqtda, Eronda fizik-olim Moxsen Faxrizadega suiqasd uyushtirildi. G‘arbda uni Eron atom bombasining otasi deyishardi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra aynan ushbu olim Eron yadroviy dasturini boshqargan.  Tehron ushbu o‘limda darhol Isroilni aybladi va qasos olishni va’da berdi. Binyamin Netanyaxu eronliklar bayonotiga munosabat bildirmadi.

Urushdan oldingi yugur-yugur

Eronga zarba berish haqida ma’lumotlar tarqalishiga hech kim e’tibor bermagan bo‘lardi, lekin bundan oldin sodir bo‘lgan voqealar barchaning vaziyatga jiddiy qarashga chorladi. AQSh Yaqin Sharq hududiga B-52H Stratofortress strategik bombardimonchilarni olib keldi. AQSh Markaziy qo‘mondonligi CENTCOM bayonotiga ko‘ra, ular ushbu hududga agressiyani jilovlash va ittifoqdoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun olib kelingan.

Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Eron juda katta xato qildi – Tramp

Necha bombardimonchi samolyot olib kelingani va ular qayerda joylashtirilgani haqida Vashington hech narsa xabar qilmagan. Ayrim xabarlarga ko‘ra, samolyotlar Hind okeanidagi Diyego-Garsiya aviabazasida joylashtirilgan.

Harbiy bazada Eron bilan ehtimoliy urushda foydalanish uchun 6ta bombardimonchi joylashtirilgan. Bir necha oy oldin, eronlik general Qosim Sulaymon o‘ldirilganda ham AQSh xuddi shunday qilgan edi.

O‘sha qotillikdan keyin yil davomida hududdagi amerika obyektlariga hujum uyushtirildi, lekin AQSh va Eron orasida to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuv sodir bo‘lmadi. Amerikaliklar hatto o‘z qo‘shinlari sonini kamaytira boshlashdi. Lekin  ayrim Eronga qo‘shni bo‘lgan davlatlar bundan xavotirga tushdi. Ularning fikricha AQSh kuchlari hududda xavfsizlikni saqlab turishgan edi.

Muzokaralar – ochiq va yashirin  

Eronning Yaqin Sharqda o‘sib borayotgan nufuzi birinchi nafbatda Isroilni xavotirga solmoqda. Qishdagi AQSh-Eron mojarosidan so‘ng Isroilni vahima bosdi. Bosh vazir Binyamin Netanyaxu xulosasiga ko‘ra, Tehron nafaqat Amerikadan balkim Isroildan ham qasos olmoqchi. Bunday vaziyatda u oldindan zarba berishini ma’lum qildi.

Vid goroda Er-Riyad - stolisi Saudovskoy Aravii - Sputnik O‘zbekiston
OAV: amerikalik diplomatlar Saudiya Arabistonini tark etadi

Eronning Yaqin Sharqdagi ta’sirini kamaytirishga Arab davlatlari podshohlari ham harakat qilishmoqda. Saddam Xusayinning o‘limidan so‘ng Eron hududda  yetakchilikni qo‘lga kiritishga harakat qildi. Arablar bundan xavotirga tushib qolishdi, shiyalar rejimi sunniylar an’analariga mos kelmas edi.

Eronning huddudagi mavqeyini ushlab turish uchun arablar 2000-yillar o‘rtasida Isroil bilan norasmiy kelishuvlar olib borishdi. Falastin muammosi xalal bersada, tomonlar Eronga nisbatan o‘z harakatlarini muvofiqlashtirishga kelishib olishdi.

Bunday kelishuv mavjudligini Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Iordaniya Isroil samolyotlari uchun o‘z osmonini ochishga tayyorligidan bilib olsa bo‘ladi.

Donald Tramp  va uning Eronga qarshi bo‘lgan siyosati arab-isroil aloqalarini kuchaytirgan. Tramp hukumat tepasiga kelganda Yaqin Sharqning barcha muammolarini “Asr bitimi” yordamida hal qilishini va’da bergan edi. Bitim asosida “ikki xalq uchun ikki alohida davlat tashkil qilish” g‘oyasi yotardi. Dunyo xaritalarida Isroil bilan birga Falastin davlati ham paydo bo‘lardi.

Vizit gossekretarya SShA M. Pompeo v Minsk - Sputnik O‘zbekiston
Maxfiy tashrif: Mayk Pompeo Afg‘onistonga keldi - OAV

Bu tashabbus arab dunyosida ko‘pchillik tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi, lekin fors ko‘rfazi hukumdorlari hulosasiga ko‘ra, “Yaqin Sharqni” qayta yuklash imkonini berdi. Sentabr oyida BAA va Bahrayn AQSh ko‘magida Isroil bilan diplomatik munosabatlarni tiklashga muvaffaq bo‘lishdi. Bunda ushbu hamkorlik Eronga qarshi qaratilganini hech kim yashirib ham o‘tirmadi.

Saudiya Arabistoni o‘zini arab dunyosining yetakchisi sifatida namoyish qilib Isroil bilan masofa saqlab kelardi. Ikki davlat orasida norasmiy munosabatlar borligi haqida barcha bilardi, lekin oliy darajadagi muloqotni hech kim kutmagan edi. Ar-Riyod har doimgidek Falastin muammosi hal bo‘lmagunicha Tel-Aviv bilan munosabatlar haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas deb bayonot berib kelardi. Lekin bu safar boshqacha bo‘ldi.

Yaqinda Netanyaxu Saudiyaning Neom shahriga xufiya safar amalga oshirib voris shahzoda Muxammad bin Salman bilan muzokaralar o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi. Yangilik bir zumda sensatsiyaga aylandi, lekin muzokara mavzulari haqida hech narsa e’lon qilinmadi.  Ekspertlar Eron – markaziy mavzu bo‘lganini xulosa qilishdi.

Ar-Riyod dastlab ushbu suhbatni to‘liq inkor qilib keldi. Lekin Tel-Aviva ham izoh berishdan bosh tortganidan so‘ng, - aksariyat uchun uchrashuv aslida bo‘lib o‘tgani aniq bo‘ldi. Kuzatuvchilar, shuningdek, muzokaralar aynan AQSh davlat kotibi turnesidan so‘ng bo‘lib o‘tganiga ham e’tibor qaratishdi. Bu Mayk Pompeoning hududdagi hamkorlarini birlashtirish va Eron xavfiga birgalikda qarshi turishga bo‘lgan navbatdagi urinishi edi.

“O‘zingizdan keyin alyans qoldiring”

Isroil Eron bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvni istamaydi. Lekin yashirin dushmanlik ikki tarafdan ham davom etmoqda. Islom Respublikasi Suriyada, Isroil chegarasi atrofida o‘z kuchlari sonini oshirib borayotgan bir vaqtda, yana bir qo‘shni – Livan – deyarli Eronning  vassaliga aylangan. Tehron G‘azo sektoriga jiddiy ta’sir o‘tkazmoqda. XAMASni moliyalashtirmoqda. Xullas, Eron Isroilning barcha muxolifatlarida ishtirok etmoqda, deydi Isroil knesseti sobiq deputati Kseniya Svetlova.

Tramp o peredannix SRU razveddannix RF dlya predotvrasheniya terakta v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston
"Yuqori darajadagi" telbalik: Tramp Eron bilan kelishuvni bekor qilib nimaga erishdi

Netanyaxuning Saudiya Arabistoniga bo‘lgan tashrifini AQShda hukumat almashishi negizida ham tahlil qilish mumkin.

“Amerikada hukumat boshiga kelayotgan har qanday yangi ma’muriyat Yaqin Sharqqa munosabatini korrektirovka qiladi. Netanyaxu va bin Salman, ehtimol, AQSh Bayden davrida Eronga qarshi harakatlar muvofiqligini qanday saqlab qolish maslasini muhokama qilishgandir. Demokrat-prezident bunday hamkorlikka qarshi bo‘lmaydi, albatta. AQSh Obama davridan boshlab hududdan ketishga taraddud ko‘rmoqda. Ular o‘zlaridan so‘ng Eronga qarshi hech bo‘lmasa arab-isroil alyansini qoldirib ketishmoqchi", — deydi Svetlova.

Tramp xatosining belgilari

MGIMO Xalqaro izlanishlar instituti tahlilchisi Adlan Margoyev fikricha, Tehron arab-isroil hamkorligidan xabardor va bu Falastinning sotqinligi sababli  sodir bo‘lgan. Eron hukumati bir tomondan Saudiya Arabistoni, BAA va Bahraynning Isroil bilan aloqalarini qoralasa-da, lekin qarama-qarshilikni keskinlashtirishdan manfaatdor emas.

Margoyev xulosasiga ko‘ra, Tehron AQShda hukumat o‘zgarganidan so‘ng, Eronga qarshi munosabati  yumashishdan umidvor. “Eron hukumati Baydendan Tramp xatolarini tan olishni va SVPDni qayta jonlantirishni so‘ramoqda. Demokratlar buni ekspertlar darajasida muhokama qilshmoqda, lekin amalda bu juda mushkul. Buni qanday amalga oshirishni hech kim bilmaydi.

Flag Irana - Sputnik O‘zbekiston
Eron Tramp ketgandan so‘ng qo‘shni mamlakatlarga hamkorlik qilishni taklif qildi

Masalan, Eron sanksiyalarni bekor qilishni so‘ramoqda, lekin u holda Tehron SVPD shartlariga amal qilayotganini tasdiqlash kerak bo‘ladi. Tehron ta’kidlashishga ko‘ra – AQSh undan chiqqani tufayli yadroviy bitim to‘liq bajarilayotgani yo‘q. U paralel ravishda ishlashi uchun SVPDni qandaydir yo‘l bilan amalga qaytarish kerak – hozircha bu ochiq masala”, - deydi ekspert.

Magoyev xulosasiga ko‘ra, Baydenga Tramp qarorlarini bekor qilish oson bo‘lmaydi. Ketayotgan ma’muriyat Eron siyosatini faqat qoralab, tuzilgan yadroviy bitimni chipakka chiqargan edi, lekin vaziyat qurolli to‘qnashuvga qadar yetib bormasligiga – ekspertning ishonchi komil.

Yangiliklar lentasi
0