TOShKENT, 6 dek – Sputnik. AQSh Moliya vazirligi Rossiya va ukrainalik xakerlar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan 17 nafar fuqarolarga sanksiyalar kiritdi, RIA Novosti xabariga asosan.
Ushbu shaxslar orasida asosan Rossiya fuqarolari, shuningdek Ukraina va Moldova fuqarolari bor. Sanksiyaga tushgan shaxslarning AQSh tassarufidagi mulklari muzlatib qo‘yilishi kerak, shuningdek AQSh fuqarolari va Amerika kompaniyalariga ular bilan biznes yuritish ta’qiqlanadi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra ular butun dunyo bo‘ylab xakerlik guruhi (Evil Corp) tashkil qilishgan, virus dastur yordamida bank hisob raqamlaridan 100 milliondan ortiq mablag‘ o‘g‘irlashgan. Bu tarixda internet orqali amalga oshirilgan eng yirik o‘g‘irlik bo‘lishi mumkin.
Guruh rahbari asli ukrainalik Maksim Yakubes deyilmoqda. Maksim Yakubesni Ukrainada ham Rossiyada ham ko‘rishgan. U Lamborghini huracan avtomobilida yuradi. AQSh hukumati Yakubes haqida ma’lumot uchun 5 million dollar mukofot va’da qilgan.