Xakerlar Xillari Klintonning "Vikipediya"dagi sahifasi o‘rniga porno suratlarni joyladi

© REUTERS / MIKE SEGARXillari Klinton
Xillari Klinton - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vikipediya sahifasida AQSh sobiq Davlat kotibi sahifasi o‘rniga behayo surat hamda Klintonga ovoz berish bu "yadro urushi muqarrar degan mazmunda ogohlantirish paydo bo‘ldi

TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Kopyuter "daho"lari internet-ensiklopediya hisoblanmish "Vikipediya"dagi Xillari Klintonning sahifasiga hujum uyushtirdilar, deb xabar qilmoqda CNN telekanalidan olingan ma’lumot asosida RIA Novosti.

AQSh prezidentligiga nomzod Xillari Klinton - Sputnik O‘zbekiston
Xillari Klinton: Rossiya “Yevropa xaritasini boshqatdan chizmoqchi”
Ma’lum bo‘lishicha, "Vikipediya"dagi Xillari Klintonga bag‘ishlangan sahifada siyosatchi haqidagi ma’lumotlar o‘rnida behayo (pornografik) surat paydo bo‘lgan. Shu yerning o‘zida saylovchilarning Klinton foydasiga ovoz berishi bu "yadro urushi muqarrar" degani mazmunida ogohlantirish paydo bo‘lgan.

Bundan tashqari, sahifada AQShning sobiq prezidenti Bill Klintonni "ayollar va bolalar" zo‘ravonligida ayblovchi yozuv ham bo‘lgan.

Xakerlar hujumi tezda bartaraf etilgan, ayni vaqtda "Vikipediya"dagi Xillari Klintonga bag‘ishlangan sahifa to‘liq tiklangan, deyiladi xabarda.

Klintonning "Vikipediya"dagi sahifasiga bundan oldin ham bir necha marotaba hujumlar uyushtirilgan.

Ilgariroq bir yo‘la to‘rt nafar ayol Bill Klintonni jinsiy zo‘ravonlikda ayblashgan edi.

Yangiliklar lentasi
0