“Sputnik V” vaksinasining yakuniy narxi belgilandi

© Sputnik / Mixail Golenkov / Mediabankka o‘tishVaksina "EpiVakKorona"
Vaksina EpiVakKorona - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasining ishlab chiqaruvchidan sotuvga chiqariladigan yakuniy narxi tasdiqlandi.

TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasining ishlab chiqaruvchidan sotuvga chiqariladigan yakuniy narxini tasdiqladi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Vaksinatsiya  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston qaysi vaksinani xarid qiladi - SSV javobi

Rossiya SSV rahbarining yordamchisi Aleksey Kuznetsovning so‘zlariga ko‘ra, vaksinaning narxi ikkita komponent uchun 1942 rublni (26,1 dollar) tashkil etadi.

Besh dona ikki komponentli to‘plamdan iborat qadoq narxi 9710 rubl atrofida (130,7dollar) bo‘ladi. U rossiyaliklar bepul va ixtiyoriy ravishda emlanishini ta’kidladi. Vaksina chakana savdoga chiqarilmaydi.

Rossiyada koronavirusga qarshi ikkita vaksina ro‘yxatga olingan. Bu Gamaleya markazining “Sputnik V” va “Vektor”markazining “EpiVakKorona” vaksinasi. Yaqin kunlarda Chumakov nomidagi Ilmiy markaz vaksinasi ham ro‘yxatga olinishi kutilmoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyada kelgusi haftadan COVID-19ga qarshi  ommaviy emlashni boshlashni topshirgan edi. Moskvada 5-dekabrdan fuqarolarni koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlab yuborildi. Birinchi navbatda ta’lim, sog‘liqni saqlash hamda ijtimoiy xizmat xodimlari emlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 4-dekabr kuni Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov O‘zbekistonga shaxsan COVID-19ga qarshi "Cputnik V" vaksinasi namunalarini olib keldi. Namunalar ular sinovlardan o‘tkazilishi uchun O‘zbekiston tomoniga topshirilgan. Shundan so‘ng vaksina ro‘yxatdan o‘tkaziladi va O‘zbekiston hududida ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Yangiliklar lentasi
0