Ekspert G‘arbning "Sputnik V" vaksinasiga negativ qarashlarini tushuntirdi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishVaksini protiv COVID-19 "Sputnik V"
Vaksini protiv COVID-19 Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Korotchenkoning so‘zlariga ko‘ra, "Sputnik V"ga qarshi qaratilgan axborot kampaniyasi "G‘arbning Rossiyani jilovlash bo‘yicha harbiy urinishlari" bilan parallel ravishda olib borilmoqda.

TOShKENT, 11 dek – Sputnik. Harbiy ekspert Igor Korotchenko RIA Novosti bilan bo‘lgan suhbatda G‘arbning koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasi obro‘sizlantirish (diskreditatsiya)ga urinish va NATOning Rossiyani "jilovlab turish" bo‘yicha harbiy harakatlari o‘rtasida bog‘liqlik borligini ma’lum qildi.

Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
“Sputnik V”: 50tadan ortiq davlat vaksinani sotib olish uchun buyurtma berdi

Sal avval RF Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov chet elda Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasi diskreditatsiyasi uchun mablag‘ ajratilgani hamda tez orada soxta "surishtiruv"larga asoslangan tahlillar va Rossiya vaksinasi "xavfliligi" haqida "guvoh"larning yolg‘on guvohliklari yoki yoppasiga "vaksina olishdan "bosh tortishlar" haqidagi soxta ta’kidlar paydo bo‘lishi haqida ogohlantirgan edi.

Ekspert ta’kidiga ko‘ra, vaksinaning yaratilishi katta siyosiy va milliy xavfsizlik masalasidir.

Umuman olganda, Korotchenkoning so‘zlariga ko‘ra, "Sputnik V"ga qarshi qaratilgan axborot kampaniyasi "G‘arbning Rossiyani jilovlash bo‘yicha harbiy urinishlari" bilan parallel ravishda olib borilmoqda.

Ministr zdravooxraneniya RUz Abduxakim Xadjibayev - Sputnik O‘zbekiston
COVID ikkinchi to‘lqini, vaksina va islohotlar: SSV yangi rahbari bilan intervyu

"Bu rus vaksinasini obro‘sizlantirish, uning xalqaro bozorga chiqishini qiyinlashtirish uchun qilinayotgan ish. Axir vaksinaga o‘nlab davlatlar qiziqish bildirmoqda. Vaksina bilan bog‘liq masala - bu buzg‘unchilik harakatlarini anglatadi, ular harbiy fonda yuz bermoqda, shu bois, bu NATO davlatlari, eng avvalo - AQSh tomonidan Rossiya Federatsiyasiga qarshilik ko‘rsatish bo‘yicha kompleks siyosatdir", - dedi ekspert.

Rossiya Sog‘liqni saqlash tashkiloti avgust oyida Gamaleya nomidagi NITSEMda ishlab chiqilgan COVID-19 ga qarshi dunyodagi birinchi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazgan edi. Vaksina "Sputnik V" nomini oldi. 

Vaksina yaxshi o‘rganilgan va tasdiqlangan inson adenovirus vektorlari platformasi asosida yaratilgan bo‘lib, uning muhim jihatlari bu xavfsizlik, samaradorlik va uzoq muddatli nojo‘ya ta’sirlarning yo‘qligidir.

Yangiliklar lentasi
0