Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Muhim qadam: Putin YeOIIda O‘zbekistonga kuzatuvchi-davlat maqomi berilishi haqida

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v zasedanii VEES
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v zasedanii VEES - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin fikriga ko‘ra, O‘zbekistonga YeOIIda kuzatuvchi-davlat maqomi berilishi ittifoqning an’anaviy sheriklar bilan aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi muhim va sifatli qadamdir.

TOShKENT, 11 dek — Sputnik. O‘zbekistonga YeOIIda kuzatuvchi-davlat maqomi berilishi ittifoqning an’anaviy sheriklar bilan aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi muhim va sifatli qadamdir, deya ishonch bildirdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

Flag s simvolikoy Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YeAES) - Sputnik O‘zbekiston
Rasman: O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi-davlat maqomini oldi

"Shuni ta’kidlashni istardimki, YevrAzES doirasida rivojlanayotgan integratsiya qator xorijiy davlatlarning qiziqishini uyg‘otmoqda. Bugun Oliy Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Kengashi O‘zbekiston Respublikasiga ... va Kuba Respublikasiga ... qaror qabul qiladi, – biz ularga kuzatuvchi maqomini beramiz", - dedi Putin YeOII sammitida.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun bo‘lib o‘tayotgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Oliy kengashi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida "birgalikdagi ishimiz ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlashga yordam beradi", deya ishonch bildirdi.

"Biz O‘zbekistonda YeOII faoliyatini, integrallashuv jarayonlarining rivojlanishini  katta qiziqish bilan kuzatib boramiz. Tashkilotning dunyo miqyosida tobora obro‘si oshib borayotganini alohida qayd etamiz. Biz bugun ochiq iqtisodiy siyosatni amalga oshirmoqdamiz, savdo sohasini liberallashtirish bo‘yicha o‘z boshlagan ishlarimizni davom ettirmoqdamiz", - dedi Mirziyoyev va tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish borasida muhim bosqichda turganini eslatib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev obsudil budjet na 2021 god - Sputnik O‘zbekiston
YeOII bilan ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratamiz - Mirziyoyev

Mirziyoyev shuningdek, O‘zbekiston BSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralar jarayonini qayta yangilaganini ham qo‘shimcha qildi.

O‘zbekiston rahbarining aytishicha, ayni vaqtda sanoat va infratuzilmalarni modernizatsiyalash bo‘yicha ishlar faol olib borilmoqda. Shuningdek, biznes muhit va investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

"O‘zbekiston barcha xorijiy sheriklar bilan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni izchil rivojlantirish va mustahkamlash tarafdoridir. Biz Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan yaqin va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat beramiz", - deb ta’kidladi O‘zbekiston prezidenti o‘z chiqishida. 

Yangiliklar lentasi
0