Rasman: O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi-davlat maqomini oldi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishFlag s simvolikoy Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YeAES)
Flag s simvolikoy Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YeAES) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tadbirda YeOIIga a’zo davlatlar – Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston, shuningdek, kuzatuvchi maqomidagi Moldova va taklif etilgan mamlakat sifatida Kuba yetakchilari ishtirok etmoqda.

TOShKENT, 11 dek - Sputnik. O‘zbekiston va Kuba Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomiga ega bo‘ldi, deb e’lon qildi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Oliy Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi kengashi yig‘ilishida.

"Men Kuba va O‘zbekistonga Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqida kuzatuvchi maqomini berish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilishni taklif qilaman. Agar siz rozi bo‘lsangiz, biz hozirda bunday qarorni qabul qilamiz. Ko‘rayapmanki, e’tirozlar yo‘q", - dedi Lukashenko o‘z chiqishida.

Shavkat Mirziyoyev obsudil budjet na 2021 god - Sputnik O‘zbekiston
YeOII bilan ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratamiz - Mirziyoyev

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun bo‘lib o‘tayotgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi kengashi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida "birgalikdagi ishimiz ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlashga yordam beradi", deya ishonch bildirgan va "O‘zbekiston barcha xorijiy sheriklar bilan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni izchil rivojlantirish va mustahkamlash tarafdoridir. Biz Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan yaqin va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat beramiz", deya qayd etgan edi.

Mirziyoyev chiqishidan so‘ng Belarus prezidenti O‘zbekiston rahbariga tabassum aralash "uncha ko‘p kuzatmasligingizga ishonchimiz komil", dedi va tez orada O‘zbekiston ham ushbu ittifoqning to‘laqonli a’zosiga aylanishiga umid bildirdi.

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi - 2015-yil 1-yanvardan beri faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro integratsion iqtisodiy birlashma. Rossiya, Armaniston, Belorussiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston YeOIIga a’zo. 2020-yilda Belarus Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi organlariga raislik qilmoqda. Moldova 2018-yil may oyidan boshlab YeOII qoshida kuzatuvchi hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0