TOShKENT, 7 sen — Sputnik. O‘zbekiston jamoasi Xalqaro armiya o‘yinlarida umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egallab, yaxshi natija qayd etdi. Bu haqda respublika mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov ma’lum qildi.
“O‘zbekiston jamoasi bu yil 16 ta tanlovlarda ishtirok etdi va ulardan 14 tasida sovrinli o‘rinlarni egalladi. Yaxshi natija ko‘rsatdi, umumjamoa hisobida u uchinchi o‘rinni egalladi”, - dedi vazir jurnalistlarga. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Rossiya va Belarus birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egalladi.
Qurbonov o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar intilishi va mahoratini oshirishi kerak bo‘lgan narsalar borligini ta’kidladi.
U o‘yin bahslari barcha mamlakat harbiylariga o‘z mahoratini oshirishga imkoniyat tug‘dirishini qayd etdi.
“O‘ylaymanki, birinchi navbatda askarlarimiz hamjihatlik va do‘stlik bilan g‘alaba qozonishmoqda”, - deya qo‘shimcha qildi vazir.
Mutlaq g‘olib: O‘zbekiston ArMI-2020 musobaqasining yana bir yo‘nalishida tengsiz
Shuningdek, Qurbonov o‘yinlar tashabbuskori Rossiya va rossiyalik hamkasbi Sergey Shoyguga musobaqalarga taklif uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Xalqaro armiya o‘yinlari 23-avgustdan 5-sentabrga qadar bo‘lib o‘tdi. Bu yil ular oltinchi marta o‘tkazildi. O‘zbekiston ushbu musobaqalarda 3-marta ishtirok etdi.