17 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasida ixtisoslashtirilgan harbiy-vatanparvarlik sinflariga qabul qilish tartibi belgilandi. Hukumat tomonidan qabul qilingan “Umimiy o‘rta ta’lim maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarda harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sinflar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori davlatning yosh avlod to‘g‘risida tizimli va rejali g‘amxo‘rligidan dalolat beradi.
Avvalroq, Xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mamlakat uchun alohida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlagan edi: “Armiya moddiy tomondan barcha eng zamonaviy va zarur narsalar bilan ta’minlangan bo‘lishi mumkin, ammo zaif axloqiy tarkibiy qism, jangovar ruh, sadoqat, vatanga muhabbat hissi yo‘qligi, uning taqdiri uchun javobgarlik, befarqlik qaytarib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin”.
Respublikaning 56 ta maktabidagi harbiy-vatanparvarlik sinflariga olti sinfni muvaffaqiyatli tamomlagan va ilg‘or fanlar bo‘yicha o‘z qobiliyatlarini namoyish etgan o‘g‘il-qizlar tanlov asosida kirishi mumkin. Kelgusi o‘quv yilidan boshlab hujjatlarni qabul qilish 1-iyuldan 20-iyulgacha amalga oshiriladi. Hukumat tomonidan harbiy-vatanparvarlik sinflariga kirish uchun belgilangan “chegarasi” juda yuqori - jismoniy tayyorgarlik sinovida 100 balldan 70 ball (21 iyun - 5-avgust). Shundan keyingina - fanlar bo‘yicha testlar (15-25 avgust).
Ustuvorliklar to‘g‘ri belgilangan, chunki umumta’lim maktablarda ixtisoslashtirilgan sinflar umumta’lim fanlarni o‘zlashtirishga rivojlantirishga xalaqit bermasdan vatanparvarlik tarbiyani ta’minlashi va harbiy tayyorgarlik asoslarini ta’minlashi kerak. O‘quv dasturi murakkablashmoqda, maktabda chiroyli harbiy formani kiyishni istaganlarning hammasi ham buni o‘zlashtira olmaydi. Eng muhimi, qiyinchiliklarni yengishga jismoniy va ruhiy tayyorlik - harbiy xizmatning asosidir.
Maxsus harbiy-vatanparvarlik tayyorgarligi muddati besh yil bo‘lib, 7 sinfdan 11 sinfgacha davom etadi. Bu balog‘at hayotni boshlash uchun yaxshi tayyorgarlikdir. Shubhasiz, davlat ham bundan manfaat topadi - yaqin kelajakda O‘zbekiston armiyasi munosib yosh tarkibga ega bo‘ladi.
To‘g‘ri yo‘l sari
Respublika rahbariyati harbiy ta’lim sohasidagi ilg‘or tendensiyalarni diqqat bilan kuzatib bormoqda. O‘rta maktabda ixtisoslashtirilgan o‘qitishning rivojlanishi o‘g‘il va qizlarga yashash tarzida yaxshiroq yo‘l tutishga, kasbni ertaroq ongli ravishda tanlash va bu yo‘lda yanada ko‘proq mavaffaqqiyat qozonish imkoniyatini beradi.
Xizmatga maqbul bo‘lish uchun bir qator fazilatlarga ega bo‘lish kerak. Ko‘pincha tajriba vaqt o‘tishi bilan oshib boradi, ammo 7-sinfga kelib, maktab o‘quvchilarida xarakterning asoslari, psixologik barqarorlik va jismoniy chidamlilik hususiyatlari shakllanib bo‘ladi. Harbiy-vatanparvarlik sinfi shaxsiy intizom, kuchli iroda va mehnatsevarlikni rivojlantirishga yordam beradi, bu o‘z yo‘lida, kelajakda harbiy kundalik hayotning qiyinchiliklari va mahrumliklariga dosh berishni osonlashtiradi. Umumta’lim fanlari bekor qilinmaydi, balki ularga bir qator maxsus fanlar qo‘shiladi – saflanib yurish va o‘q otish qurolini o‘zlashtirishdan tortib, to radio ishi va harbiy texnikani o‘zlashtirishgacha.
Hatto o‘rta maktabdagi besh yillik ixtisoslashtirilgan kursdan so‘ng fuqarolik kasbini tanlagan yoshlar uchun ham foydasi shubhasiz. Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi - bu butun hayotga yaxshi o‘zakdir.
Maktab o‘quvchilari uchun fanga yo‘naltirishning ahamiyatini tushungan holda, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yilda “Yoshlarni vatanparvarlik va jismoniy tarbiyalash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar va chaqiriluvchilarning harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Armiyada xizmatga qabul qilinayotgan zamonaviy harbiy texnika darajasi chaqiriluvchi yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash tizimini takomillashtirishni talab qiladi. 2019-yildan boshlab Moliya vazirligi ushbu strategiyani amalga oshirish uchun davlat budjetida mablag‘larni hisobga olgan.
Mamlakatda ommaviy harbiy-sport tadbirlarining ma’lum tajribasi mavjud. Hususan, yaqinda Namanganda 2000ga yaqin harbiy va chaqiriluvchilarni birlashtirgan harbiy vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi. Avvalroq Toshkentda Qurolli Kuchlar faxriylari, amaldagi harbiy xizmatchilar va o‘quv yurtlari talabalari ishtirokida besh kilometrdan ko‘proq masofaga “uch avlod poygasi” bo‘lib o‘tdi.
Rossiya amaliyoti
Rossiya Federatsiyasining tajribasidan ham foydalanish mumkin, bu yerda Naximov maktabining va bir qator Suvorov maktablarining pozitsiyalari an’anaviy ravishda kuchli. Naximovchilar va suvorovchilar Mudofaa vazirligining talabalari (darslarni amaldagi harbiy xizmatchilar o‘tadi), ammo Rossiya Federatsiyasining barcha subyektlarida "fuqarolik" harbiy-vatanparvarlik ta’lim markazlari tashkil etilgan va o‘nlab yillar davomida o‘rta maktablarda minglab harbiy-vatanparvarlik sinflari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
Qoida tariqasida ular Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining eng yaqin harbiy qismlari yoki harbiy maktablari bilan tashkiliy va uslubiy jihatdan bog‘langan, aniq ixtisoslarga (fizika, matematika va jismoniy tarbiya) e’tibor qaratilgan holda, qat’iy ixtisoslikka ega (yosh dengizchilar, chegarachilar, uchuvchilar va boshqalar).
Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan Rossiyada 700 mingdan ortiq bolalar va o‘spirinlarni birlashtiruvchi "Yunarmiya" (Yosh armiya- tahr.) harbiy-vatanparvarlik harakati tashkil etilgan bo‘lib, ularning har biriga qiziqarli voqealarning keng ufqi, texnikalarni va sportni o‘rganishi uchun keng imkoniyatlar ochib berilgan.
Ko‘pchilik bolalar uchun harbiy-vatanparvarlik harakati muhim qo‘llanma bo‘lib qoladi. Chaqiriluvchilarga qurolli kuchlar turini tanlashda yordam berish va harbiy-vatanparvarlik tarbiya to‘g‘risidagi qonun 2018-yilda Rossiya Davlat dumasi tomonidan qabul qilingan. Yangi avlodni tarbiyalash va o‘qitishning davlat tizimi shu tarzda alohida qismlardan tashkil topmoqda.