O‘zbekistonda OIV infeksiyasi bo‘yicha epidemik vaziyatda barqarorlashish kuzatilmoqda

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishEmblemi Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya i Obyedinyonnoy programmi OON po VICh/SPID (YuNEYDS)
Emblemi Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya i Obyedinyonnoy programmi OON po VICh/SPID (YuNEYDS) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika OISTga qarshi kurash markazi direktori Qahramon Yuldashevning SSV matbuot-xizmatiga ma’lumot berishicha, O‘zbekistonda 2020-yilning 1-noyabr holatiga OIV infeksiyasi bilan yashovchilar soni 43 581 nafarni tashkil etmoqda.

TOShKENT, 1 dek - Sputnik. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda BMT bosh Assambleyasining 1988-yilidagi qaroriga asosan, 1-dekabr Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi.

Dobrovolnoe testirovanie na VICh na trex krupnix rinkax stolisi — Oshskom, Orto-Sayskom i Alamedinskom - Sputnik O‘zbekiston
“Men shokda”: Bishkek bozorlarida 4 soat ichida 5 ta OIV virusini yuqtirganlar aniqlandi

Butunjaxon OITSga qarshi kurash kuni "Xalqaro birdamlik, umumiy javobgarlik" ostida o‘tmoqda.

Respublika OISTga qarshi kurash markazi direktori Qahramon Yuldashevning SSV matbuot-xizmatiga ma’lumot berishicha, O‘zbekistonda 2020-yilning 1-noyabr holatiga OIV infeksiyasi bilan yashovchilar soni 43 581 nafarni tashkil etmoqda.

"OIV infeksiyasi hozirgi kunda barcha mamlakatlar uchun global muammoga aylangan. OIV epidemiyasi boshlangandan buyon 75 milliondan ortiq kishi u bilan bilan kasallangan. Bu esa o‘z navbatida inson salomatligiga, mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hamda xavfsizligiga rahna solayotir. Mamlakatimizda OITSga qarshi kurash tizimi oxirgi yillarda o‘z faoliyatining barcha yo‘nalishlarida qator yutuqlarga erishib kelmoqda. Yurtimizda OIV infeksiyasi bo‘yicha epidemik vaziyatda barqarorlashish kuzatilmoqda. Bu esa BMTning OIV va OITS bo‘yicha qo‘shma dasturining dunyo miqyosida tan olingan “90-90-90” strategik maqsadlariga erishishida katta ahamiyat kasb etadi", - degan Yuldashev.

Respublikanskiy sentr po profilaktike i borbe so SPIDom - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat migrantlari OIV infeksiyasini aniqlash bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi

Mamlakatda 78 ta OIV diagnostika laboratoriyalari faoliyat olib bormoqda, ulardan 15 tasi OITSga qarshi kurash markazlaridagi laboratoriya komplekslari va 63 ta tumanlararo laboratoriyalardir. Ushbu laboratoriyalarda IFA, immunoblot, PSR, immunologik, klinik, biokimoviy va bakteriologik tekshiruvlar o‘tkaziladi.

O‘zbekiston hukumati tomonidan laboratoriyalarni test-sistema va reagentlar bilan ta’minlash uchun har yili 8 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilmoqda.

Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni, yuqorida ta’kidlanganidek, har yili 1-dekabrda nishonlanadi.

Pandemiya bizga yana bir bor sog‘liqni saqlash inson huquqlari, gender tengligi, ijtimoiy himoya va iqtisodiy o‘sish kabi boshqa muhim masalalar bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatdi. Shuning uchun, bu yil Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni shiori “Xalqaro birdamlik, umumiy javobgarlik” deb belgilandi.

Yangiliklar lentasi
0