Tramp: AQSh Iroqda urush boshlab, Yaqin Sharqdagi ahvolni zaiflashtirdi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishAmerikalik milliarder Donald Tramp.
Amerikalik milliarder Donald Tramp. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidentligiga nomzod amerikalik milliarder Donald Tramp, Yaqin Sharqdagi ahvolning zaiflashishida kichik-Jorj Bushni aybladi. Milliarder, Iroqdagi urush yo‘l qo‘yilgan eng katta xatolardan biri bo‘lganligini ta’kidlamoqda.

TOShKENT, 16 fev — Sputnik, Dmitriy Zlodorev. AQSh Iroqda urush boshlab, Yaqin Sharqdagi ahvolni zaiflashtirdi, deb ta’kidladi o‘tgan haftada amerikalik milliarder, Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp, RIA Novosti xabariga ko‘ra.

Amerikalik milliarder Donald Tramp. - Sputnik O‘zbekiston
Tramp: AQShga “bolalar” kerak emas

"Shak-shubhasiz, Iroq urushi — yo‘l qo‘yilgan eng katta xatolardan biri bo‘ldi", — dedi u Janubiy Karolinada o‘tgan telemunozaralar davomida.Shuni ta’kidlash joizki, yaqinda o‘tkazilgan so‘rovnoma xulosalari Trampning prezident “poygasida” g‘olib chiqishi ehtimoli yuqoriligini ko‘rsatmoqda.

 

Milliarderning so‘zlariga qaraganda, “AQSh Iroq urushiga 2 trillion dollar sarflab, minglab insonlarni yo‘qotgan”. Milliarderning ta’kidlashicha, “ushbu xato Jorj Bush tomonidan sodir etilgan”. Ya’ni, hozirda AQSh prezidentligiga nomzod Jeb Bushning akasi tomonidan.

"To‘g‘ri, hammamiz ham xatoga yo‘l qo‘yamiz. Ammo bu boshqacha xato bo‘ldi. Biz hech qachon Iroqqa kirmasligimiz lozim edi. Biz Yaqin Sharqdagi vaziyatni tinchsizlantirdik", — dedi u.

Tramp kichik-Jorj Bushni yolg‘onchilikda aybladi. “Iroq urushi – mamlakatda ommaviy qirg‘in quroli borligi bahonasida boshlangan edi. Ammo biz u yoqda bu qurolni ko‘rmadik”, — dedi milliarder.

Jeb Bush esa akasining tarafini olishga o‘tdi. "Prezidentlik poygasi Tramp uchun — qonli sportdir. U bundan behad baxtliligidan xursandman. Ammo uning oilamga qilayotgan hamlalaridan charchadim. Mening otam (AQSh prezidenti katta Jorj Bush, tahr.) — men bilgan insonlar ichida eng buyuk insondir. Tramp o‘zining tele-shoularini tashkillashtirib yurgan vaqtda, u kishi mamlakat xavfsizligini kuchaytirish bilan shug‘ullangan. Va men otam amalga oshirgan ishlar bilan faxrlanaman”, — dedi siyosatchilar sulolasining kichik vakili.

 

Yangiliklar lentasi
0