TOShKENT, 21-iyun – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat harbiy kuchlariga tegishli uchuvchisiz uchish qurilmaning urib tushirilganiga munosabat bildirdi.
“Eron juda katta xato qildi”, - deb yozdi Tramp tvitterdagi sahifasida.
Kuni kecha Eron islom inqilobi korpusi soqchilari AQShga tegishli razvedka uchuvchisiz uchish qurilmani urib tushirganini ma’lum qilgandi.
Keyinroq AQSh bu ma’lumotni tasdiqladi. Eron tomoni urib tushirilgan qurilmaning modeli RQ-4 Global Hawk ekanini aniqladi.
Eron AQShga tegishli bo‘lgan bu razvedka droni mamlakatning Ho‘rmuzgoh viloyati havo sarhadlarini buzib o‘tgani bois urib tushirilganini ma’lum qildi. AQSh tomon esa dron xalqaro havo hududida bo‘lganini aytmoqda.