Eron yadroshunos-fizik olimga suiqasd tashkilotchilarini aniqladi

© AP Photo / Fars News AgencyMesto ubiystva uchenogo-yadershika Moxsena Faxrizade v Irane
Mesto ubiystva uchenogo-yadershika Moxsena Faxrizade  v Irane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eron milliy xavfsizlik kengashi kotibi yadroshunos-fizik olimi Muhsin Faxrizodaga suiqasd tashkilotchilari aniqlanganligini ma’lum qildi.

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Eron Oliy milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Shamxani yadroshunos-fizik olimi Muhsin Faxrizodaga suiqasd tashkilotchilari aniqlanganini ma’lum qildi.

Amerikanskiy bombardirovshik B-52  - Sputnik O‘zbekiston
Tramp janjal bilan ketmoqda. AQSh Eronga zarba beradimi?

"Bu murakkab operatsiya bo‘ldi, voqea joyida hech kim bo‘lmagan (suiqasd uyushtirgan joy). Shu bilan birga, bizga buni kim tomonidan rejalashtirganini ma’lum, uning tarixini bilamiz", - dedi Shamxani, Tasnim agentligi tomonidan e’lon qilingan videoda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, suiqasdda Isroil va “Mossad” o‘z rollarini o‘ynashdi.

Eronning yetakchi yadroshunos-fizik olimi Muhsin Faxrizoda 27-noyabr kuni Tehron viloyatida uyushtirilgan suiqasdda og‘ir jarohat olib, kasalxonada vafot etdi.

Eron mudofaa vazirligi olim mamlakat mudofaa vazirligi huzuridagi tadqiqot va innovatsiyalar tashkiloti rahbari bo‘lganligini tasdiqladi.

Fars agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, masofadan turib boshqarilgan, 150 metr masofadan Nissan mashinasiga o‘rnatilgan quroldan unga o‘q otilgan. Voqea joyida Faxrizoda va uning tan soqchilaridan boshqa hech kim bo‘lmagan.

Vid na telebashnyu Bordj-e Milad v Tegerane - Sputnik O‘zbekiston
Eronda yuqori martabali yadroshunos-fizik olim o‘ldirildi. Hukumat AQSh va Isroilni ayblamoqda

Eron vitse-prezidenti va mamlakat atom energiyasi tashkiloti rahbari Ali Akbar Solihiyga ko‘ra, Faxrizoda asosan mamlakatga yadroviy zarbadan mudofaa masalalari bilan shug‘ullangan.

Eron hukumati bu hodisa terakt bo‘lganligini, AQSh va Isroil bunga aloqador ekanligini e’lon qildi.

"Amerikaning jinoiy qo‘li, sionistik rejimi... ko‘rinmoqda" - ISNA agentligi, Eron armiyasi qo‘mondoni Abdulrahim Musaviyning so‘zlaridan iqtibos keltiradi, u olimning o‘limi uchun qasos olish niyatini e’lon qildi.

Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif xalqaro hamjamiyatni, xususan Yevropa Ittifoqini ikki tomonlama standartlar siyosatiga barham berishga va "davlat terrorizmi" aktini qoralashga chaqirdi.

Eron hukumati BMTga xat yubordi, unda AQSh va Isroilni har qanday avanturalardan ogohlantirdi va o‘z manfaatlari va xalqlarini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish huquqini o‘zida saqlab qolishlarini bildirdilar. Vashington va Quddus hozircha vaziyatga izoh berishmadi.

BMT mintaqadagi vaziyatni keskinlashtirishi mumkin bo‘lgan qadamlardan qochishga va vazminlikka chaqirdi.

Yangiliklar lentasi
0