O‘zbekistonda elektr energiyasidan qarzdorligi eng katta bo‘lgan viloyatlar reytingi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bo‘ylab 7,4 milliondan ortiq iste’molchilarning barchasi elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanishi rejalashtirilgan.

TOShKENT, 24 noya - Sputnik. Samarqand viloyati - elektr energiyasidan qarzdorlik bo‘yicha respublikada yetakchi, deb ma’lum qilindi bugun "Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni joriy etish masalalariga bag‘ishlangan matbuot-anjumanida.

Lampi nakalivaniya - Sputnik O‘zbekiston
"Pul bor, svet yo‘q": Samarqand viloyatida oilalar 3 kundirki svetsiz o‘tirishibdi

Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabari asosida.

Ta’kidlanishicha, Samarqand viloyatining elektr energiyasidan qarzdorligi 646 milliard so‘mni tashkil qilmoqda. Shundan 553 millard so‘mi bu aholi qarzdorligi.

Shuningdek, 2 va uchinchi o‘rindarda Navoiy viloyati (qarz summasi 410 milliard) va Andijon viloyati (qarz 273 milliard so‘mni tashkil etmoqda, shundan 247 millardi aholining qarzdorligi) kelmoqda.

Elektricheskaya podstansiya - Sputnik O‘zbekiston
Surxondaryoda svet o‘chish muammosi qachon hal bo‘lishi aytildi

Shuningdek, matbuot-anjumanida O‘zbekistonda elektr energiyasi uchun hatto 3-yildan buyon to‘lovni amalga oshirmagan iste’molchilar borligi ham aytildi. 283 ming 489 nafar iste’molchi 3-yildan buyon umuman elektr energiyasi uchun to‘lovni amalga oshirmagan. Shulardan Samarqand viloyatida 46 158 nafarni, Toshkent viloyatida 45 685 nafarni, Farg‘ona viloyatida 28 770 nafarni, Andijon viloyatida 26 867 nafarni tashkil qilgan.

Iste’molchilarning qarzdorligi bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, bugungi kunda:

1 million so‘mdan 3 million so‘mgacha bo‘lgan qarzdorlar soni Respublikada - 157 839 nafarni tashkil qiladi;

3 mln dan -5 mln.gacha bo‘lgan qarzdolar - 14 890 nafarni;

10 million so‘mdan yuqori bo‘lgan qarzdorlar 5499 nafarni tashkil etmoqda.

Bugungi kunda Respublikada aholining elektr energiyasidan qarzdorligi 2,4 trilliondan oshgan.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda O‘zbekistonda "Hududiy elektr tarmoqlar" AJ tomonidan raqamlashtirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri - "Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni joriy etish ishlari izchillik bilan olib borilmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ va "KT Corporation" kompaniyasi o‘rtasida elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazini tashqil etish bo‘yicha 2019-yilda bitim imzolangan.

Markaz Koreya, Xitoy, Singapur va AQSh kabi davlatlarning yetakchi kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan server uskunalar bilan jihozlangan.

Linii elektroperedachi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda nega elektr energiyasida uzilishlar kuzatilmoqda

Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazi ishga tushirilishidan asosiy maqsad - respublika miqyosida elektr energiyasi iste’molchilarining soatlik, sutkalik, oylik va yillik balanslarini shakllantirish, ko‘p tariflik tizimida hisob-kitoblarni amalga oshirish, ya’ni qarzdorlarni avtomatik ravishda ta’minotdan o‘chirish va foydalanilgan elektr energiyasi uchun to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng qayta ulash belgilangan.

O‘zbekiston bo‘ylab 7,4 milliondan ortiq iste’molchilarning barchasi elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanishi rejalashtirilgan.

Ayni kungacha Jamiyatning o‘z mablag‘lari hamda qator xalqaro tashkilotlar investitsiyalari hisobidan 4,6 milliondan ortiq zamonaviy hisoblagich o‘rnatib bo‘lingan.

Yangiliklar lentasi
0