TOShKENT, 11 noya — Sputnik. O‘zbekiston Energetika vazirligi monitoring ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda elektr energiyasidagi uzilishlar soni va davomiyligi 2019-yilga nisbatan ikki baravar kamayganini ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, elektr ta’minoti barqarorligiga ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biri bu mavjud elektr stansiyalari va elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilishdir.
Vazirlik mamlakatda mavjud elektr stansiyalarining joriy quvvati aholi va iqtisodiyotga, jumladan, kuz-qish davrida elektr energiyasiga bo‘lgan talabni to‘liq qondirish imkonini berishini ta’kidlagan.
“Xususan, iste’molning eng yuqori yuklama (pik) paytida, ayniqsa sovuq va issiq mavsumda sodir bo‘ladigan elektr energiyasidagi uzilishlarga kelsak, bu, odatda, eskirgan elektr stansiyalari bilan bog‘liq holat bo‘lib, bunda mamlakat elektr energiyasi katta miqdordagi ixtisoslashtirilgan uskunalar bilan ta’minlanadi, modernizatsiya qilinadi va agar kerak bo‘lsa, ularni almashtirishda kerak bo‘lgan moliyaviy va boshqa zarur resurslarni ajratish bilan bosqichma-bosqich amalga oshiriladi”, - deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda foydalanilayotgan energoqurilmalarning 50 foizigacha 30-40 yil davomida faoliyat ko‘rsatadi. Ularning jismonan va ma’nan eskirishi ushbu energobloklarning ishdan chiqishiga olib keladi. bu esa elektr stansiyalarining ayrim energobloklarida uzilishlar yuz berishiga olib keladi. Odatda ularni ta’mirlash uchun 3-5 soat vaqt ketadi. Ushbu holatlar qisqa muddatli elektr uzilishlarining sabablari hisoblanadi.
Vazirlik elektr stansiyalari va elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlar har kuni davom ettirilayotganini ma’lum qilgan. Eelektr ta’minotidagi uzilishlar soni va davomiyligi bo‘yicha alohida monitoring o‘rnatilgan, bu esa elektr ta’minotidagi muammoli joylarni topishga va ularni bartaraf qilishga imkon beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev 2021–2022 yillarda elektr energiyasi tarifini oshirmaslik bo‘yicha topshiriq bergani xabar qilingan edi.