Rossiya vaksinasi: Osiyo olishga tayyor, Yevropa esa mutlaq qarshi - sabab ?

Obuna bo‘lish
Yevrokomissiya rahbari Yevropa kompaniyasi ishlab chiqargan vaksina sotib olinishini alohida urg‘u berib aytdi. Rossiya vaksinasi sotib olishga qaror qilgan Vengriyaga esa qattiq sanksiyalar bilan po‘pisa qilinmoqda.

Janubiy Koreya, Hindiston, Qozog‘iston, Belarus, Xitoy, Vengriya, Isroil va yana bir necha davlatlar Rossiyada ishlab chiqarilgan "Sputnik V" vaksinasini sotib olishga va o‘z mamlakatida ishlab chiqarishga ham tayyor. Yevropa Ittifoqi bo‘lsa - bunga mutlaq qarshi. Bunga sabab nima?

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayn aytishiga qaraganda Yevropa davlatlari birinchi navbatda yevropalik vaksina ishlab chiqariuvchilari tomon qarashi kerak. Xususan YeI Pfizer va BionTech kompaniyalari bilan shartnoma imzolagan.

Yevrokommissiya rahbari CureVac kompaniyasi bilan 405 million doza vaksina yetkazib berishga shartnoma tuzilganini aytib o‘tdi. Ursula fon der Lyayn bu Yevropa kompaniyasi ekaniga alohida urg‘u berdi.

Rossiya vaksinasi sotib olishga qaror qilgan Vengriyaga esa YeI qattiq sanksiyalar bilan po‘pisa qilmoqda. Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyartoning fikriga ko‘ra, vaksina masalasi haddan ortiq siyosiylashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0