Koronavirus G20 sammitini shikastladi. Biroq G‘arb Rossiya vaksinasiga toqat qilmaydi

© AFP / YVES HERMANSammit G20
Sammit G20 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
G20 virtual sammiti ishtirokchilarning barcha harakatlariga qaramay, postkovid dunyoda degloballashuv allaqachon sodir bo‘lganligini ta’kidlab, globallashuvning o‘limini ko‘rsatdi.

Bu yerda gap odatdagi "Amerika bir qutbli dunyosi"ga qarshi fitna (Pax Americana ko‘rinishida) yoki XX asrning ikkinchi yarmi "blok qarama-qarshiligini" qayta tiklashga qaratilgan boshqa harakatlar emas.

COVID-19: Yevropu zaxlestnula volna protestov protiv izolyatsii i ogranicheniy - Sputnik O‘zbekiston
Yevropa karantin cheklovlariga qarshi - video

Vashington yoki Brussel “aql markaz”larida bu haqda qanday fikrda bo‘lishlaridan qat’i nazar, degloballashuv va ko‘p kutblilik – bu reallik.

Muammo shundaki, uni muhokama qilish uchun yagona jahon siyosiy kun tartibi ham, siyosiy til ham mavjud emas. Bundan tashqari, dunyo hamjamiyati rahbarlik qiladigan "geosiyosiy kamerton" ham yo‘q.

Koronavirus pandemiyasidan tortib, global iqtisodiy inqirozgacha bo‘lgan umumiy muammolar mavjud, biroq umumiy yechimlar shunchaki mavjud emas, va umuman bo‘lmaydi.

Jahon miqyosida davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir sxemasi nol summali o‘yin rejimiga o‘tganligi sababli, ya’ni ma’lum bir mamlakatning har qanday muvaffaqiyati raqobatchilar uchun mag‘lubiyat sifatida qabul qilinadi, shuning uchun geosiyosiy raqobatchilardan biri qandaydir imidj, siyosiy yoki iqtisodiy g‘alabani aktiv sifatida o‘ziga yozib olmasligi uchun ba’zi bir umumiy manfaatlarni qurbon qilishga to‘liq tayyorlik namoyon qilinmoqda.

Bir nechta aniq misollar o‘z-o‘zidan kelib chiqadi.

“Yigirmatalik” sammitida XXR rahbari dunyo iqtisodiyoti, xalqaro savdo va turizmni tiklash uchun katta yordam beradigan (bu ko‘pchilik, juda kambag‘al davlatlar uchun ham) davlatlar o‘rtasida harakatlarni ochishga imkon beradigan o‘ziga xos raqamli mexanizmni yaratishni taklif qildi.

Xitoy test natijalariga asoslangan "salomatlik QR-kodini" o‘zaro tan olishning xalqaro mexanizmini yaratishni taklif qildi. "Umid qilamanki, dunyoning iloji boricha ko‘proq mamlakatlari va mintaqalari unga qo‘shilishadi", - dedi Si Szinpin.

Otrajenie mujchini na fone flaga YeS - Sputnik O‘zbekiston
Demokratiya Yevropani ado qilmoqda. Yevropa demokratiyani birinchi bo‘lib o‘ldiradimi?

Obyektiv darajada ma’lum bir turist, diplomat yoki biznesmenning sog‘lom ekanligi va karantinsiz yoki koronavirus tufayli yopilgan chegaralarni chetlab o‘tmasdan, mamlakatlar chegaralarini kesib o‘tishi (shuningdek, vataniga qaytishi) mumkinligi to‘g‘risida xalqaro va umuman tan olingan "raqamli tasdiqlash"ni yaratish – bu yaxshi fikr.

Ammo yaqin kelajakda uni global miqyosda amalga oshirish ehtimoli juda oz, garchi bu chora hozir zarur va amalda nisbatan osonlikcha amalga oshirsa bo‘ladi.

Ehtimol, bu chora umuman amalga oshmaydi, chunki uni rais Si taklif qildi va G‘arb rahbarlari imidji nuqtayi nazaridan rasmiy Pekinning takliflariga (ayniqsa, Xitoy axborot texnologiyalarining yuqori darajada rivojlanishi ko‘rsatadigan taklif) rozi bo‘lish mumkin emas, bu  prinsipial darajada mumkin emas.

Keyingi misol dunyoning nochor davlatlari uchun koronavirusga qarshi vaksinalarning yetishmasligi muammosi bilan bog‘liq bo‘lib, ular vaksina bilan ta’minlanmagan taqdirda, sayyorada "koronavirus o‘choqlari" bo‘lib qolishi mumkin. Vladimir Putin o‘z nutqida emlash uchun global imkoniyatni ta’minlash zarurligini ta’kidladi:

Sputnik V: Izrail planiruyet zakupat rossiyskuyu vaksinu ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya vaksinasi: Osiyo olishga tayyor, Yevropa esa mutlaq qarshi - sabab ?

"Rossiya hozirgi sammitning samarali va xavfsiz vaksinalarni barchaga taqdim etishiga qaratilgan asosiy qaror loyihasini qo‘llab-quvvatlaydi. Shubhasiz, emlash uchun preparatlar umumiy jamoat mulki bo‘lishi kerak. Mamlakatimiz, Rossiya, albatta, muhtoj mamlakatlarga olimlarimiz yaratgan vaksinalarni taqdim etishga tayyor: bu odam adenovirus vektorlari platformasida bo‘lgan dunyoda birinchi ro‘yxatga olingan "Sputnik V" vaksinasi, ikkinchi Rossiya vaksinasi - Novosibirsk ilmiy markazining "EpiVakkorona" vaksinasi ham tayyor, uchinchi vaksina tayyorlanmoqda.

Pandemiya ko‘lami bizni barcha mavjud resurs va ishlanmalardan foydalanishga majbur qilmoqda. Bizning umumiy maqsadimiz – vaksina preparatlari portfelini yaratish va sayyoramizning barcha aholisini ishonchli himoya bilan ta’minlashdir. Bu shuni anglatadiki, hurmatli hamkasblar, hamma uchun yetarlicha ish bor va menimcha, bu raqobat, ehtimol muqarrar bo‘lsa kerak, ammo biz avvalambor insonparvarlik masalalaridan kelib chiqib, buni birinchi o‘ringa qo‘yishimiz kerak".

Deklarativ darajada hamma narsa joyida bo‘ladi, ammo “G20” umuman olganda (elementar mantiqqan) nochor davlatlar aholisini arzon va samarali vaksinalardan foydalanishi uchun moliyalashtirish uchun umumiy fond yaratishni nazarda tutadigan, aniq harakatlarga, amerikalik va yevropalik hamkasblariga qaraganda, arzonroq bo‘lgan va Pfizer vaksinasidan farqli o‘laroq, minus 70 daraja haroratda saqlashni talab qilmaydigan Rossiya "Sputnik V" vaksinasidan foydalanishga rozi bo‘lmaydi.

Aleksey Navalniy - Sputnik O‘zbekiston
Navalniy ishi: Rossiya Yevropa Ittifoqiga qarshi sanksiya qo‘lladi
Buning ikkinchisi hatto Amerikaning tibbiyot infratuzilmasida ham katta muammo bo‘lib, Janubiy Amerika, Afrika yoki Sharqiy Yevropadagi tegishli "infratuzilma" haqida gapirmasa ham bo‘ladi.

Agar Vashington va Brussel nuqtayi nazaridan qaralsa, muammo bu  vaksina - Rossiyaniki (biroq ularni Xitoy vaksinasi ham qoniqtirmaydi).

Vladimir Putin "muqarrar raqobatni" qoldirib, mamlakat rahbarlarini insonparvarlikka chaqirdi, ammo uning chaqiruviga quloq solish ehtimoli, ayniqsa, G‘arb OAVlarining Rossiya va Xitoy vaksinalarini obro‘sizlantirishga qaratilgan tashviqot kampaniyasini hisobga olganda, juda past.

G20 sammitida mazmunli muloqot bo‘lmagan mavzular ro‘yxatini (dunyo rahbarlarining bir qator monologlari) davom ettirish mumkin: bu yerda JSTni isloh qilish, rivojlanayotgan davlatlarning valyuta qarzlari muammolari va proteksionizmga qaratilgan global trend.

G‘arb yetakchilari juda aniq pozitsiyaga ega: ular ko‘p gapirishadi, hech kimga quloq solishmaydi va ularning takliflari oddiy formulada mujassam: "hamma biz aytganday qilishi kerak, shunda hammasi yaxshi bo‘ladi", va shu ma’noda prezident almashgandan keyin Vashington pozitsiyasi deyarli o‘zgarmaydi. G20 sammiti mohiyatning yo‘qligi - dunyo "geosiyosiy bloklar" raqobatiga, hatto "Amerika dunyosini" tiklashga (Vashington bunga umid qilgandek) qaratilgan emas, balki faqat aniq mamlakatlar o‘rtasida ikki tomonlama muzokaralar darajasida biron bir narsada kelishib oladigan dunyoga intilayotgani ko‘rish mumkin.

Rasmiy ravishda, “Yigirmalik” guruhi deb ataladigan G20 hali mavjud, ammo amalda biz taniqli amerikalik, siyosiy-texnolog Yan Bremer "G-nol dunyo" deb atagan narsaga yaqinlashmoqdamiz: umuman olganda, hamma o‘zi uchun bo‘lgan dunyo va bu o‘zgarishni tezlashishi, ehtimol, koronavirusning asosiy tarixiy merosi bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0