O‘zbekistonda yana qanday obyektlar qurilishi kutilmoqda - taqdimot tafsilotlari

Obuna bo‘lish
Prezident ishtirok etgan taqdimotda Toshkent shahrida amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari haqida ham ma’lumot berildi.

TOShKENT, 20 noya - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-noyabr kuni qurilish sohasiga oid loyihalar taqdimoti bilan tanishdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot-xizmati.

Stroitelstvo avtomobilnogo mosta - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston temir yo‘llari ko‘prik quruvchilar yonini oldi

Xabarda aytilishicha, Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini rekonstruksiya qilish va kengaytirish rejalashtirilgan. Katta masjid, to‘rtta minora va keng ayvonlar qurish, xiyobon, uning atrofida mehmonxonalar hamda boshqa infratuzilma obyektlari barpo etish ko‘zda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyev bugungi taqdimot chog‘ida majmuani jahon andozalari darajasida sifatli qurish, ziyoratchilarga qulayliklarni oshirish bo‘yicha qator ko‘rsatmalar bergan.

Tadbirda O‘zbekiston davlat san’at muzeyining yangi binosi loyihasi ham muhokama qilingan.

Maket stroyashegosya v Tashkente Sentra islamskoy sivilizatsii - Sputnik O‘zbekiston
O‘xshashi bo‘lmaydi: Islom sivilizatsiyasi markazi italyan billurlari bilan bezatiladi

Dunyoga mashhur yapon me’mori Tadao Ando tomonidan ishlab chiqilgan loyihaga muvofiq, muzeyning mavjud binosi yonida aylana shaklida 3 qavatli yangi inshoot qad ko‘tarishi ko‘zda tutilgan.

Davlat rahbari 16-oktabr kuni Toshkent arxitektura-qurilish institutining yangi binosini borib ko‘rganida bu yerda soha klasteri tashkil etish, hududni quruvchilar massiviga aylantirish lozimligi yuzasidan topshiriqlar berilgan edi. Shu maqsadda institut atrofidagi maydonlar ham qo‘shilib, yangi loyiha ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, oliy ta’lim muassasasi yonida qurilish kolleji, qurilish materiallari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot markazi, laboratoriya, yotoqxonalar, sport majmuasi va boshqa obyektlar barpo etilishi mo‘ljallangan.

Surxondaryo viloyati Termiz shahrining Beruniy ko‘chasida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, masjid, mehmonxona, turar joylar, mahalla guzari va ko‘plab tadbirkorlik subyektlari joylashgan. Mazkur markaziy ko‘chaning yangi loyihasiga ko‘ra, rekonstruksiya va qurilish ishlari amalga oshiriladi. Denov tumanining Nurli manzil va Lochin mahallalarida energiya tejamkor ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy muassasalar barpo etilishi ko‘zda tutilgan.

Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Sirdarinskuyu oblast  - Sputnik O‘zbekiston
Suv toshqinidan keyingi hayot: Sirdaryo viloyati qanday tiklanmoqda

Taqdimotda Toshkent shahrida amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari haqida ham ma’lumot berildi.

Ma’lumki, Mirziyoyev shu yil 12-iyun kuni poytaxtning Olmazor tumanida bo‘lib, uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni belgilab bergan edi. Xususan, Toshkent tumanining bir qismini Olmazor tumaniga o‘tkazib, yangi turar joylar va korxonalar barpo etish taklif qilingandi.

Bugun taqdim etilgan loyihaga binoan, 200 gektardan ziyod ushbu hududda 150 ming aholiga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uylar, maktab, bolalar bog‘chasi, istirohat bog‘i, tijorat zonasi qurilishi ko‘zda tutilgan.

Yana bir loyiha poytaxtdagi "Navro‘z" qabullar uyidan samarali foydalanishga oid. Ushbu majmuani kapital ta’mirlab, Davlat ishtirokidagi korxonalarni sog‘lomlashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirish markazi tashkil etish rejalashtirilgan. Bu yerda tadbirkorlarga ma’lumotlar ochiq va shaffof tarzda taqdim etiladi.

Yangiliklar lentasi
0