TOShKENT, 14 avg - Sputnik. Islom sivilizatsiyasi markazi italyan oynalari va billur buyumlari bilan bezatiladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" axborot agentligi.
Xabarga ko‘ra, Markazni yaratish jarayonida O‘zbekistonning Rimdagi elchixonasi ushbu sohaga yetakchi italyan kompaniyalarini loyihada ishtirok etishga jalb qilish bo‘yicha ish olib borgan.
Xususan, Italiya va Yevropaning "iDogi" (venetsiya shisha va billurlaridan yirik mahsulotlarni ishlab chiqarish), "Margraf" (tabiiy marmar ishlab chiqarish va o‘rnatish), "Lasvit" (shisha va yoritish buyumlari), GTArchitects (arxitektura va interyer dizayni) va Novello Giardini (landshaft dizayni) kabi kompaniyalari bilan hamkorlikda ish olib boriladi. Ularning vakillari bir necha marotaba O‘zbekistonga tashrif buyurgan va dunyoda o‘xshashi bo‘lmagan ISM kompleksini yaratishga qaratilgan eksklyuziv takliflarni taqdim etishgan.
Karantin cheklovlari tufayli ushbu loyiha bo‘yicha muloqotni davom ettirish uchun mamlakatimizning Rimdagi diplomatik vakolatxonasi Iatliyaning "iDogi" kompaniyasi bilan O‘zbekiston qurilish vazirligi, Toshkent shahar ma’muriyati, ISM direksiyasi va "Trest 12" qurilish kompaniyasi rahbarlari va mutaxassislari ishtirokida videokonferensiya o‘tkazildi.
Konferensiya davomida "iDogi" bosh direktori Domeniko Kaminiti va maxsus loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha menejer Silviya Formentin kompaniyaning batafsil taqdimotini tayyor mahsulotlarning eng yaxshi namunalari galereyasida virtual tashrif buyurish bilan bir qatorda kompaniyaning ISM bo‘yicha takliflarini taqdim etdilar.
Xususan, "iDogi" asl Usmon Qur’onini, shuningdek, markaziy zallardagi avizolarni joylashtirish uchun ISM da billur pavilon yaratishni taklif qilmoqda. Pavilon va avizalar eksklyuziv dizayni bo‘yicha xuddi shu uslubda billurdan, sharqona naqshli venetsiya oynasidan, malaxit va lapis lazuli bilan bezatiladi.
Onlayn uchrashuv ishtirokchilari Toshkentda barpo etilayotgan ISM uchun "iDogi" mahsulotlarining badiiy uslubi, ranglari va parametrlarini birgalikda ko‘rib chiqish va kelishish uchun ma’lumot va materiallar almashishni kelishib oldilar. O‘zbekiston va Italiyada karantin cheklovlari olib tashlanganidan so‘ng respublikaga jalb qilingan tashkilotlar va italiya kompaniyasi vakillari delegatsiyalarining tashriflari almashinuvi bo‘lib o‘tadi