Rossiya va AQSh DSNV shartnomasini bir yilga uzaytirishga yaqinlashdi - Nebenzya

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishVasiliy Nebenzya
Vasiliy Nebenzya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
SNV-3 - Rossiya va AQSh o‘rtasida qurollarni cheklash to‘g‘risidagi amaldagi yagona bitim hisoblanadi. Hujjat muddati 2021-yilning 5-fevralida tugaydi. Agar shartnoma uzaytirilmasa, dunyoda yirik yadroviy derjavalar arsenallarini cheklovchi boshqa bironta hujjat qolmaydi.

TOShKENT, 13 noya – Sputnik. Rossiya va AQSh amalda strategik hujum qurollarini qisqartirish to‘g‘risidagi shartnomani bir yilga uzaytirishga yaqinlashdi, Rossiya Federatsiyasi Vashingtonning yangi qo‘shimcha shartlarini qabul qilmasligini va amerikaliklarning javobini kutayotganini ta’kidladi, dedi Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya RIA Novostiga bergan intervyusida.

Akademik RAN, bivshiy sekretar Soveta Bezopasnosti RF Andrey Kokoshin - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va AQSh SNV-3 bitimini uzaytira oladimi — Kokoshin fikri

Moskva avvaliga SNV-3ni shartnomada nazarda tutilgani kabi 5-yil muddatga uzaytirish tarafdori edi. AQSh esa muzokaralar boshida eski shartnomani uzaytirish o‘rniga, yangisini tuzish haqida so‘z qotdi. Natijada, Vashington bir qator shartlarni ilgari surgan holda SNV-3ni bir yil muddatga uzaytirish istagini bildirdi. AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Stiven Bigan Moskva va Vashington DSNV-3 muzokaralarida ma’lum baryerga yetishganini aytgan edi. Shu bilan birga, u, AQSh va Rossiya qurol-aslahalar ustidan nazorat tarafdori ekanliklarini, SNV bo‘yicha shartnomani uzaytirishni istashlarini, ammo gap shartlarda ekanligini ma’lum qilgan edi.

"Biz (Donald Tramp - tahr.) ma’muriyati bilan bu uzaytirishga yaqin kelgan edik. Ammo besh yil emas, bir yil muddatga. Bu mavzu yakun topgani yo‘q. Ammo biz uzoqdan boshlaganmiz. Ularning shartnomani uzaytirmaslik borasidagi xohishidan boshlangan edi hammasi. Ammo biz bir yilga bo‘lsa ham uzaytirishga juda yaqin qolgan edik, bu bizga vaqt zaxirasini berardi", - dedi Nebenzya.

Pusk mejkontinentalnoy ballisticheskoy raketi “Topol” - Sputnik O‘zbekiston
"Hech bo‘lmasa urinib ko‘rish kerak" – mutaxassis “SNV-3” haqida

U AQSh turli shartlarni ilgari surayotganini eslatib o‘tdi. "Biz ularga bitimni bir yilga uzaytirishga tayyor ekanligimizni aytdik. Biz ular taklif qilgan narsalarga qisman rozi bo‘lgan edik, shu bilan birga boshqa qo‘shimcha shartlarni qabul qilmasligimizni aytgandik. Biz bu taklifga amerikaliklarning javobini kutayapmiz", deb ta’kidladi Rossiya doimiy vakili.

Nebenzaning so‘zlariga ko‘ra, DSNV-3ning 5-yil emas, bir yilga uzaytirilishi AQSh tomonidan ilgari surilgan yagona shart bo‘lmagan. "Biz ayrim narsalarga rozi bo‘ldik, ammo bu oxirgi yon bosishimiz ekanligini aytdik. Koptok hozir ularda. Ular buni hanuzga qadar qayerdadir muhokama qilishmoqda, javob haligacha yo‘q", - dedi u.

Pusk ballisticheskoy raketi operativno-takticheskogo raketnogo kompleksa Iskander-M s poligona Kapustin Yar v Astraxanskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Putin SNV-3 shartnomasini hech qanday shartlarsiz 1-yilga uzaytirishni taklif qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 16 oktabr kuni amaldagi DSNV shartnomasini hech qanday shartlarsiz bir yilga uzaytirishni taklif qilgan edi. RF TIV 20-oktabr kuni Moskva DSNVni bir yilga uzaytirishni taklif etayotganini, shu bilan birga AQSh bilan birgalikda tomonlarda mavjud yadroviy boyezaradlarni o‘zaro muzlatish bo‘yicha siyosiy majburiyatni o‘z zimmasiga olishga tayyorligini bildirgan edi. Shu bilan birga agar o‘zaro muzlatish qarori qabul qilingan taqdirda, bu qaror bo‘yicha AQSh tomonidan hech qanday qo‘shimcha talablar bildirilmasligi lozim edi.

Obyekt upravleniya zapuskom mejkontinentalnix ballisticheskix raket v shtate Severnaya Dakota - Sputnik O‘zbekiston
Qiyomat kunini yaqinlashtirdi: AQShning SNV-3 kelishuvidan chiqishi dunyoga qanday xavf soladi?

Rossiya va AQSh o‘rtasidagi SNV-3 shartnomasi 2011-yilning 5-fevralida kuchga kirgan. Hujjatda nazarda tutilishicha, har bir tomonning yadroviy arsenallari shunday kamaytirilishi kerakki, yetti yil ichida va undan keyin ham qurollarning umumiy soni 700 mintaqalararo ballistik raketalar, suv osti kemalari va og‘ir bombardimonchi samolyotlarda joylashgan ballistik raketalar, shuningdek, 1550 boyegolovkalar va 800 ta joylashtirilgan va joylashtirilmaydigan raketalardan oshmasligi kerak.

Bugungi kunda SNV-3 - Rossiya va AQSh o‘rtasida qurollarni cheklash to‘g‘risidagi amaldagi yagona bitim hisoblanadi. Hujjat muddati 2021-yilning 5-fevralida tugaydi. Agar shartnoma uzaytirilmasa, dunyoda yirik yadroviy derjavalar arsenallarini cheklovchi boshqa bironta hujjat qolmaydi.

Yangiliklar lentasi
0