Qiyomat kunini yaqinlashtirdi: AQShning SNV-3 kelishuvidan chiqishi dunyoga qanday xavf soladi?

© AP Photo / Charlie RiedelObyekt upravleniya zapuskom mejkontinentalnix ballisticheskix raket v shtate Severnaya Dakota
Obyekt upravleniya zapuskom mejkontinentalnix ballisticheskix raket v shtate Severnaya Dakota - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu ikkita yadroviy derjava harbiy qudratini cheklab turuvchi so‘nggi hujjat edi. Xalqaro xavfsizlik tizimining barbod bo‘lishi dunyoga qanday xavf soladi - RIA Novosti materialida o‘qing.

TOShKENT, 14-iyul — Sputnik, Andrey Kos. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Oq uy SNV-3, strategik hujum qurollarini qisqartirish to‘g‘risidagi shartnomani uzaytirmaslikka uzil-kechil qaror qildi. Bu ikkita yadroviy derjava harbiy qudratini cheklab turuvchi oxirgi hujjat edi. Xalqaro xavfsizlik tizimining barbod bo‘lishi dunyoga qanday xavf soladi - RIA Novosti materialida o‘qing.

AQSh Rossiyaga SNV-3 shartnomasini uzaytirish bo‘yicha yangi shart qo‘ydi - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Rossiyaga SNV-3 shartnomasini uzaytirish bo‘yicha yangi shart qo‘ydi

Xitoyni qo‘shish

Jurnalistlar bilan suhbatda TIV rahbar SNV-3 uzaytirilmagani tufayli vahimaga tushishning hojati yo‘q — Rossiya hatto usiz ham o‘ziga xavfsizlikni kafolatli ta’minlashga qodir. Ammo shunday bo‘lsada, bu shartnoma juda muhim edi. SNV-3 bitimi Rossiya va AQSh prezidentlari Dmitriy Medvedev va Barak Obama tomonidan 2010-yilning 8-aprelida tuzilgan. Hujjat 2011-yilning fevral oyida kuchga kirgan, uning muddati 2021-yilda o‘z nihoyasiga yetadi.

Bitim Rossiya va AQSh arsenallaridagi yadroviy boyezaradlarni 1550 donaga, mintaqalararoaro ballistik raketalar, suv osti kemalari ballistik raketalari va og‘ir bombardimonchilar sonini 700 donagacha qisqartirishni ko‘zda tutardi.

Ispitanie novoy ballisticheskoy raketi «Sarmat” - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning yangi qurollari SNV-3 shartnomasiga kiritilmaydi

SNV-3 SNV-1 muddati tugaganidan so‘ng roppa-rosa bir yil o‘tgach imzolangan. Agar, 2010-yilning birinchi yarmida bitim uzaytirilishiga shubha qilganlar oz bo‘lgan bo‘lsa, Oq uyga Donald Tramp kelishi bilan holat keskin o‘zgardi.

Amerika yetakchisi SNV-3ning kelgusida barham topmasligi shartlaridan biri sifatida undagi Xitoyning ishtirokini aytib o‘tdi. XXR TIV qurol-aslahalar ustidan nazorat departamenti direktori Fu Sun bu ikkita holatda ro‘y berishi mumkinligini aytdi: Xitoy yadroviy arsenalini AQSh darajasiga qadar oshirganida yoxud Vashington o‘z yadroviy arsenalini qisqartirganida.

Pekin boshqa variantlarga rozi bo‘lmaydi, sababi bu yerda strategik salohiyatlardagi ulkan tafovut hisobga olinmayapti.

Vashington tomonidan ilgari surilgan yana bir shart  esa Moskvaga ma’qul emas. Iyul oyi boshida AQSh prezidentining qurol-aslahalar ustidan nazorat bo‘yicha maxsus vakili Marshal Billingsli "Burevestnik" raketalari hamda "Poseydon" dronlari loyihalarini "dahshatli" deb atagan va ular SNV-3 cheklovlariga tushmayotgani bois, ularni yopishga chaqirgan edi.

Ofitsialnaya rezidensiya prezidenta SShA - Beliy dom v Vashingtone (okrug Kolumbiya) - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Rossiya bilan SNV-3ni uzaytirishni yopiq eshiklar ortida muhokama qilmoqchi

Amerikaliklar bundan oldin ham Rossiyaning eng so‘nggi qurol-aslahalari, jumladan, kemalarga qarshi noyadroviy gipertovushli "Sirkon" raketalariga ham cheklov qo‘yishni talab qilishgan.

"Bu AQShda jahon yetakchiligini saqlab qolishda yadroviy shantajdan boshqa richaglari qolmayotganidan dalolat beradi, — deya tushuntiradi RIA Novostiga harbiy fanlar doktori Konstantin Sivkov. — Iqtisodiy tomondan ular bir qancha yo‘nalishlar bo‘icha Xitoydan, qator harbiy texnologiyalar bo‘yicha esa (masalan, gipertovushdan) - Rossiyadan ortda qolmoqda. Shu bois ham ular bizni eng so‘nggi ishlanmalardan voz kechishga undashga harakat qilishmoqda. Biz bunday hiylalarga berilmasligimiz kerak".

Murosasiz pozitsiya

Sergey Lavrovga ko‘ra, Rossiya AQShni kelishuvni uzaytirishga ko‘ndirishga harakat qilmaydi. Garchi Moskva hamisha muayan yon berishlarga borishga tayyor bo‘lgan bo‘lsada.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, amerikaliklar bilan SNV-3 doirasida Rossiyaning eng yangi ikkita strategik tizimlari sonini ular to‘liq o‘rnatilgandan so‘ng cheklash imkoniyatlari muhokama qilingan.

Lavrov zayavil ob oderjimosti SShA ideyey sderjivaniya Rossii i Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Lavrov yadroviy ziddiyat xatarlari oshgani haqida gapirdi

Gap gipertovushli rejalashtiruvchi "Avangard" jangovar kallaklari va "Sarmat" - og‘ir mintaqalararo ballistik raketalari haqida bormoqda. 

"Qolgan uchta tizimga keladigan bo‘lsak ("Burevestnik" qanotli raketasi, "Poseydon" suvosti droni va gipertovushli "Sirkonlar") - tahr.), ular yangi bo‘lib, SNV-3 ta’sir qiladigan kategoriyalarga kirmaydi, — deb qayd etdi Lavrov. — Ammo biz amaldagi bitim nuqtayi-nazaridan klassik qurol-aslaha sanalmagan qurol-aslahalar munozara predmetiga aylanishi haqida muloqotni boshlashga tayyormiz".

Umuman olganda, Qo‘shma Shtatlar javoban yon bosishlari ehtimoli kam. Vashington ko‘plab marotaba murosasiz bayonotlar bilan chiqish qilgan: "Yoki sizlar so‘zsiz bizning shartlarimizga ko‘nasiz, yoki biz shartnomadan chiqamiz".

Yaderniy vzriv - Sputnik O‘zbekiston
Buyuk derjavalar o‘rtasida yadroviy urush kelib chiqishi mumkinmi — ekspert fikri

Ko‘rinib turibdiki, na Rossiya, na Xitoy o‘z milliy manfaatlarini chetga surgan holda amerikaliklar e’tirozlariga rozi bo‘lishni istamayapti. Mutaxassislar fikricha, SNV-3 shartnomasi uzaytirilishi imkoni deyarli yo‘q. Bu esa, xalqaro xavfsizlik tizimi to‘laligicha o‘zgaradi, deganidir.

Son o‘rniga sifat

"Agar harbiy sohadagi xalqaro xavfsizlik tizimi haqida gapiradigan bo‘lsak, tan olish joizki, u allaqachon yo‘q hisob, - deya fikr bildiradi "Arsenal Otechestva" jurnali bosh redaktori Viktor Muraxovskiy. — Bu tizim SSSR va AQSh, so‘ngra Rossiya va AQSh o‘rtasidagi bitim tufayli mavjud edi. Bu amerikaliklar ratifikatsiya qilmagan raketalarga qarshi mudofaa, RSMD, yadroviy sinovlarni o‘tkazishga bo‘lgan umumiy ta’qiq shartnomalaridir. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik shartnomasi, shuningdek, uni bir qismi bo‘lgan - Yevropadagi odatiy qurolli kuchlar haqidagi shartnoma ham AQSh tufayli yakun topdi. Sovuq urushning ziddiyatli mojaroli holatlarida puxtalik bilan qurilgan tizim Vashington tashabbusi bilan barbod qilindi".

Atomniy vzriv - Sputnik O‘zbekiston
AQSh mashg‘ulotlarda Rossiyaga yadroviy zarba berishni mashq qildi

Ekspert hozirda amalda bo‘lgan SNV-3dan tashqari, raketa texnologiyalari ustidan nazorat rejimi to‘g‘risidagi shartnoma qolganini aytib o‘tdi. Ammo bu hujjatni ham amerikaliklar o‘ziga qulay qilib bo‘ysundirtirmoqchi. Iyun oyida Reyter agentligi harbiy-sanoat kompleksi va mamlakat rahbariyatidagi manbalariga tayangan holda, Oq uy turli davlatlarga ko‘proq harbiy dronlarni sotish maqsadida kelishuv nizomlarini qayta ko‘rib chiqishga taraddudlanayotgani haqida xabar bergan edi.  Bu bitimning boshqa ishtirokchilariga ma’qul kelishi amrimahol.

"Taassuf bilan aytish mumkinki, endilikda hammasini boshidan loyihalashtirishga to‘g‘ri keladi, — deydi Muraxovskiy. — Bizning prezident ushbu masalani muhokama qilish uchun BMT Xavfsizlik kengashining doimiy besh a’zosi uchrashuvini o‘tkazish tashabbusini ilgari surdi. Ehtimol, yadroviy qurol-aslahalarni cheklash bo‘lmasada, ular ustidan nazorat o‘rnatish haqida xalqaro kelishuvga kelish kerakdir. Ammo Vashington va London siyosati va pozitsiyasiga qaraganda, bu tashabbus istiqboli minimaldir".

Ekspertning ta’kidlashicha, u Rossiya va AQSh yana yadroviy kallaklar va ularni yetkazib berish vositalarini ko‘paytira boshlagach, qurollanishning yangi "miqdoriy" poygasi yuzaga keladi, deya hisoblamaydi. Ammo strategik qurollanish sohasidagi texnologik ustuvorlik uchun kurash juda qizg‘in kechishi hozirdan ayon.

Yangiliklar lentasi
0