O‘zbekistonda koronavirus: 10-noyabr asosiy xabarlari

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishMeditsinskiy rabotnik v otdelenii dezinfeksii gospitalya COVID-19
Meditsinskiy rabotnik v otdelenii dezinfeksii gospitalya COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sutka davomida 150 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 69 095 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Shavkat Mirziyoyev ozvuchil glavnie zadachi, stoyashie pered ShOS v period pandemii i obostreniya konfliktov - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev ShHT sammitida nutq so‘zladi: asosiy fikrlar va takliflar

Bir sutka davomida 150 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 69 095 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 66 nafari Toshkent shahrida, 2 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 141 nafar bemor tuzaldi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 66 335 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foiz.

Ayni paytda 2 172 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi.

O‘zbekistonda jami 588 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

ShHTga takliflar

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-noyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining videoanjuman shaklida o‘tadigan majlisida ishtirok etdi. 

Med - Sputnik O‘zbekiston
COVID-19’ni yengishga yordam beradigan 2ta samarali mahsulot ma’lum qilindi

Unda Shavkat Mirziyoyev pandemiya sharoitida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarini rivojlantirishga yangi, shu jumladan “nostandart” yondashuvlarni birgalikda ishlab chiqishni taklif etdi. Shuningdek, o‘zaro kelishilgan o‘quv dasturlari asosida aholini o‘qitish, soha mutaxassislarini tayyorlashga qaratilgan ShHTning raqamli savodxonlikni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish taklif etildi.

O‘zbekiston tajribasi

Germaniyada “COVID-19 davrida mehnat migrantlarini himoya qilish: O‘zbekiston tajribasi” nomli maqola chop etildi. "BUSINESS & DIPLOMACY" nashri tomonidan chop etilgan maqolada O‘zbekiston prezidenti rahbarligida ish o‘rinlarini saqlab qolish va O‘zbekiston mehnat bozoriga koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan amalga oshirilgan keng miqyosdagi ishlar xususida so‘z yuritiladi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 50,9 milliondan oshdi, 1,2 million ortiq kishi vafot etdi, 33,3 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (10,1 mln), Hindistonda (8,6 mln), Braziliyada (5,7 mln).

Yangiliklar lentasi
0